Investitsiyalarni
2.1-chizma: Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini
1. 2.1-chizma: Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonida
loyihalar tashabbuskorlari va davlat organlarining o’zaro hamkorlik qilish sxemasi 12 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi bergan kafolatlar bo`yicha majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash ustidan tizimli monitoring o’rnatib, qarorlar qabul qilish uchun har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborotlarni taqdim etmoqda. Vazirlar Mahkamasi tarmoq komplekslarining rahbarlari 12 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o’zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. 24. 07. 2008 y Lоyiha tashabbuskоri Iqtisоdiyot vazirligi Tashqi iqtisоdiy alоqalar, invеstitsiyalar va savdо vazirligi Davlat mulk qo’mitasi Хalqarо mоliya va iqtisоdiy institutlar Chеt el hukumatlari mоliyaviy tashkilоti O’zinfоinvеst Muayyan chеt el sarmоyadоri Vazirlar Mahkamasi (muvofiqlashtiruvchi) Moliya vazirligi 22 O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan xolda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoqda jadvallarini ijro etish, loyihaoldi hujjatlarini o’z vaqtida tayyorlash va ekspertiza qilish ustidan qattiq nazorat o’rnatgan. Tashqi iqtisodiy aloqalarni keng rivojlantirish va chuqurlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish va xorijiy sarmoyadorlarga ishonchli kafolatlarni ta’minlash, tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari bilan xorijiy firmalar o‘rtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilab berildi: - tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash sohasida yagona davlat siyosati o'tkazilishini ta’minlash; - qulay investitsiya muhitini shakllantirishga va respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga ko‘maklashish, investitsiya loyihalari ro'yobga chiqarilishi monitoringini amalga oshirish, xorijiy investorlarga zarur axborot yordamini ko‘rsatish - jahon tovarlar (kapitallar, xizmatlar) bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, ichki va tashqi bozorlar istiqbollarini hamda samaradorligini hisobga olgan holda ularning ahvolini chuqur tahlil etish va rivojlanishini prognoz qilish, xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo- iqtisodiy munosabatlarni o‘matishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish; - iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ro‘yobga chiqarishga ko'maklashish, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat 23 subyektlarining huquq va manfaatlarini ta’minlash; - O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan o‘zaro manfaatli asosda iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash. 13 Respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish salohiyatiga ega bo’lgan xorijiy investorlarga O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalash uchun mavjud bo’lgan katta imkoniyatlar, shuningdek, investorlar uchun yaratilgan har tomonlama keng, qulay shart- sharoit va kafolatlar bo`yicha zarur, kerakli axborot va ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida 2007-yilda Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko’maklashish agentligi “O’zinfoinvest” O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2007-yil 6-fevraldaga PQ-578-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etildi. Mazkur agentlik xorijiy ishbilarmon doiralarni respublikamizdagi mavjud investitsiya muhiti haqida atroflicha axborot bilan ta’minlab qolmasdan, ularga loyihalarni amalga oshirish borasida ham har tomonlama ko’maklashadi . Agentlik Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoshidagi yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan mustaqil muassasadir . Agentlikning asosiy maqsadlari: — to’g’ridan-to’g’ri xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb etish jarayonini yanada yaxshilash; — O’zbekistonda mavjud investitsiya imkoniyatlarini xorijda keng yoritish — respublikada yaratilgan investitsiya muhitining afzalliklari haqida xorijiy ishbilarmon doiralariga yetkazish. Agentlikning asosiy vazifalari: — xorijiy ishbilarmon doiralar o’rtasida va ommaviy axborot vositalarida O’zbekistonning iqtisodiy hamda resurs salohiyati va hamda investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida ma’lumotlarni keng yoritish; — xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlash, ularga istiqbolli loyihalar va 13 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni 24 investitsiya faoliyatining me’yoriy- huquqiy asoslari haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilish; — xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar o’rtasida uchrashuv va muzoqaralarni tashkil etish; — xorijiy mamlakatlarda reklama tadbirlari va aksiyalari o’tkazish orqali respublikaning yuqori darajadagi xalqaro imidjini shakllantirish va qo’llab- quvvatlash. Investitsiyalarni jalb etish: «O’zinfoinvest» agentligi 3 ta yo’nalish bo`yicha xorijiy investitsiyalarni jalb etadi: 1. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar; 2. Korxonalarning aksiyalar paketini istiqbolli xorijiy investorlarga taklif etish; 3. Kim oshdi savdolariga mulkiy majmua sifatida qo’yilgan korxonalarni istiqbolli xorijiy investorlarga taklif etish. Agentlikning faoliyati: — xorijiy investitsiyalarni jalb etish va investorlarni O’zbekiston Respublikasidagi faoliyati sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo`yicha amaliy takliflarni ishlab chiqishda qatnashish; — tashkil etilayotgan reklama tadbirlari orqali strategik ahamiyatga ega bo’lgan dasturlar va ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun TTXI, tashqi kreditlarni jalb etish; — potensial investorlarga ma’lum bir iqtisodiyotning tarmog’i yoki respublika hududiga qo’yilmalarni amalga oshirish jozibadorligi to’g’risidagi axborotni yetkazish; — ustuvor investitsion loyihalar portfelini shakllantirishda ishtirok etadi; — TTXIni jalb etish uchun iqtisodiyotning ustuvor sohalari va eng muhim ishlab chiqarishlarni ro’yxatini tuzish bo`yicha takliflarni tayyorlaydi; — investitsion takliflar ma’lumotlar bazasini yaratib, muntazam yangilab boradi; — xorijiy mamlakatlar investitsion muhitining taqqoslama tahlilini amalga oshiradi va O’zbekiston Respublikasi investitsion muhitini yaxshilash bo`yicha takliflarni ishlab chiqadi; 25 — xorijiy mamlakatlardagi xuddi shunday agentliklar va tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; — O’zbekiston Respublikasi investitsion imkoniyatlari va milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlari bo`yicha axborot-reklama ma’lumotlarini chet eldagi ommaviy-axborot vositalarida joylashtirishni tashkil etadi — maxsus veb-saytni yaratadi va uning axborot bilan ta’minlanish va muntazam yangilanishini amalga oshiradi — investitsion va biznes-forumlar, mahalliy eksport mahsulotlari ko’rgazmasi, «davra suxbatlari», O’zbekiston Respublikasi hududi va xorijda seminarlar va konferensiyalar tashkil etadi; — xorijiy investorlarni O’zbekiston Respublikasiga va mahalliy sheriklarni xorijiy mamlakatlarga o’zaro almashuv tashriflariga ko’maklashadi; Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishdan manfaatdorlik har qanday davlatning o’z investitsiya siyosatini ishlab chiqishini talab etadi. Bu siyosat xorijiy investitsiyalarni jalb etishning o’ziga xos yo’nalishini, shuningdek, ularni jalb etishni rag’batlantirish tizimini aniqlab beradi va investitsiya faoliyatining huquqiy tartibini belgilaydi . Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chet el investitsiyalarini jalb qilishning kengayib borishi darajasiga qarab investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, bevosita chet el investitsiyalarini yangi loyihalarga, shuningdek, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining katta qismini investitsiya faoliyatiga jalb qilishni ham nazarda tutadi. Bunda chet el investitsiyalar oqimini rag’batlantirish, shu bilan birga milliy iqtisodiyot subyektlarining bu faoliyatda ishtirok etishini taqdirlash muhim o`rinda turadi. Shunday qilib, davlat tomonidan investitsiya munosabatlarini tartibga solishning vazifasi, bir tomondan, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari oqimini oshirishdan, ikkinchi tomondan, milliy iqtisodiyotdagi xususiy mulkchilik subyektlarining qo`yilmalarini kengaytirishdan iborat bo`ladi. Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi: 26 1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug`urtalash va kafolatlash; 2) nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infratuzilma ob'ektlari bilan ta'minlash; texnik yordam ko`rsatish. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling