Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja
Investitsiyalarni korxona miqyosida quyidagicha tasniflash
Download 27.62 Kb.
|
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qo’yilmalarning roli
Investitsiyalarni korxona miqyosida quyidagicha tasniflash
mumkin: Korxona investitsiyalari Real investitsiyalar Moliyaviy investitsiyalar Ishlab chiqarishni rivojlantirish Noishlab chiqarish sohasini rivojlantirish Qimmatli qog’ozlarni sotib olish Boshqa korxonalar aktivlariga qo’yilmalar Ta’mirlash va texnik qayta qurollantirish Ishlab chiqarishni kengaytirish Yangi mahsulot ishlab chiqarish Mahsulotni yangilash, modernizatsiyalash va yangi resurslarni o’zlashtirish Uy-joy qurilishiga Sport va sog’liqni mustahkamlash ob’ektlari qurilishiga Mehnat qilish sharoitlarini yaxshilash va texnika xavfsizligi darajasini oshirish Boshqa tijorat tashkilotlari-ning aktsiyalarini sotib olish Obligatsiyalarni sotib olish
qog’ozlarni sotib olish Ishlab chiqaruvchi – korxona aktivlariga qo’yilmalar Moliya-kredit tashkilotlari aktivlariga qo’yilmalar Boshqa tijorat tashkilotlari aktivlariga qo’yilmalar Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qo’yilmalarning roli Nazariya va amaliyotda bir yildan ortiq xizmat qiluvchi vositalar asosiy fondlar, bir yilgacha xizmat qiluvchi vositalar aylanma mablag’lar sifatida tan olinadi. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati shundaki, moddiy-mulkiy qiymatlik ko’rinishidagi asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish jarayonida mehnat vositasi sifatida ko’p marotaba ishlatiladi (foydalaniladi) va ularning qiymati asta-sekin qismlarga bo’lingan holda tovar (mahsulot) bahosiga o’tib boradi. Asosiy fondlarning muhim xususiyati mehnat vositasi sifatida amal qilishi, ishlab chiqarish tsiklida ko’p marotaba ishlatilishi va ular qiymatining mahsulot bahosiga ko’chib o’tishi bilan tavsiflanadi.
qo’yilmalar muhim o’rin egallab, bu muhimlik kapital qo’yilmalarning tarkibiy tuzilishidan kelib chiqadi. Kapital qo’yilmalarning tarkibiy tuzilishi quyidagilarni qamrab oladi: kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishi; kapital qo’yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi; kapital qo’yilmalarning tarmoq va hududiy tuzilishi. Kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishi Kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishi deganda kapital qo’yilmalarning xarajat turlari bo’yicha qandaydir ob’ekt qurilishiga ketgan xarajatlar tarkibi va uning jami smeta qiymatidagi ulushi tushuniladi. Mohiyat jihatdan, kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishi kelgusida barpo etilayotgan korxona ishlab chiqarish asosiy fondlarining aktiv va passiv elementlariga sarflangan xarajatlar nisbatini anglatadi
bevosita mahsulot yoki xizmatlar tannarxiga o’tkazuvchi, bevosita amortizatsiyalanuvchi elementlar va ob’ektlar tushuniladi, bularga texnologik uskunalar, mashina va qurilmalar qiymati misol bo’ladi. Passiv elementlar o’z qiymatini tannarx tarkibiga bilvosita kiritib boruvchi ob’ektlar va vositalar qiymatini anglatadi, ularga bino va imoratlar, mebel, ofis jihozlari, kompyuter texnikasi, moddiy va nomoddiy ob’ektlar misol bo’la oladi. Kapital qo’yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi Kapital qo’yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi deganda asosiy ishlab chiqarish fondlarining takror ishlab chiqarish shakllari bo’yicha umumiy smeta qiymatiga nisbati va taqsimlanishi tushuniladi. Bu holatda kapital qo’yilmalarning qancha qismi yangi qurilishga,
ta’mirlashga yana qanchasi amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda modernizatsiya qilishga yo’naltirilayotganligini aniqlash mumkin.
amaldagi ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish va ta’mirlashga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarning hajmini oshirish bilan bog’liq bo’ladi. Nazariya va amaliyot tasdiqlashicha, yangi qurilishni amalga oshirishga nisbatan ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish va ta’mirlash foydaliroqdir Kapital qo’yilmalarning tarmoq tuzilishi Kapital qo’yilmalarning tarmoq tuzilishi (tarkibi) deganda kapital qo’yilmalarning butunlay iqtisodiyot va sanoat tarmoqlariga nisbati va taqsimlanishi tushuniladi. Uni takomillashtirish, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini proportsional ravishda rivojlantirish bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotda kapital qo’yilmalarning roli: kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni barpo etish, amaldagi korxonalarni ta’mirlash va kengaytirish, korxonalarni texnik qayta qurollantirishning muhim va bosh omilidir; kapital qo’yilmalar yordamida iqtisodiyot tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning rivojlanish sur’atlarini tartibga solish amalga oshiriladi; kapital qo’yilmalar yordamida ijtimoiy xarakterdagi muammolar (uy-joy, ta’lim muassasalari, sog’liqni saqlash, madaniyat ob’ektlari qurilishi) bartaraf etiladi; kapital qo’yilmalar yordamida mamlakatning barcha iqtisodiy hududlarining rivojlanishi tartibga solinadi va boshq. Iqtisodiyotda kapital qo’yilmalarning roli: kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni barpo etish, amaldagi korxonalarni ta’mirlash va kengaytirish, korxonalarni texnik qayta qurollantirishning muhim va bosh omilidir; kapital qo’yilmalar yordamida iqtisodiyot tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning rivojlanish sur’atlarini tartibga solish amalga oshiriladi; kapital qo’yilmalar yordamida ijtimoiy xarakterdagi muammolar (uy- joy, ta’lim muassasalari, sog’liqni saqlash, madaniyat ob’ektlari qurilishi) bartaraf etiladi; kapital qo’yilmalar yordamida mamlakatning barcha iqtisodiy hududlarining rivojlanishi tartibga solinadi va boshq. |
ma'muriyatiga murojaat qiling