Investitsiyalarning mazmuni va ularni hisobga olishning vazifalari. Investitsiyalarning turkumlanishi va baxolanishi
Download 30.85 Kb.
|
4-mavzu
uzoq muddatli investitsiyalar;
qiska muddatli investitsiyalarga bo’linadi. Bir yildan ortiq muddatda daromad olishni maqsad qilib turli ob’ekt-larga yo’altirilgan moliyaviy qo’yilmalar uzoq muddatli investitsiyalar deb ataladi. Qisqa muddatli investitsiyalar esa bir yildan kam bo’lgan muddatda daromad olishni ko’zda tutgan aktivlarga yo’naltirilgan qo’yilmalardan iborat bo’ladi. Buxgalteriya hisobining standartlari talablariga binoan o’zlarining hisob siyosatida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni ajratib ko’rsatishni lozim deb topgan korxonalar uzoq muddatli investitsiyalarni balansning «uzoq muddatli aktivlar»i tarkibida, qisqa muddatli investitsiyalarni esa «joriy aktivlar»i tarkibida ko’rsatishlari lozim. Investitsiyalar hisobini yuritishning maqsadi quyidagilardan iborat: investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq xo’jalik muomalalarini o’z vaqtida, to’liq va to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash; investitsiyalarni toifalari bo’yicha to’g’ri turkumlanishini ta’minlash; investitsiyalarni baholash va qayta baholash muomalalarini to’g’ri amalga oshirish; investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga o’tkazilishi muomalalarini to’g’ri amalga oshirilishini ta’minlash; investitsiyalardan olingan daromadlarni to’g’ri hisobga olinishi, so-liqqa tortilishi va moliyaviy hisobotlarda to’g’ri ko’rsatilishini ta’minlash; turli toifadagi investitsiyalarni chiqib ketishi muomalalarini to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash; investitsiyalar bilan bog’liq xo’jalik muomalalarni milliy standartlari talabi asosida yoritilishini taьminlash 2. Investitsiyalar hisobini tashkil qilish.Aktsiya, obligatsiyalarni sotib olish va sotishning o’ziga xos xususiyatlari. Investitsiyalarni baholash 12-sonli «Moliyaviy qo’yilmalar hisobi» deb nomlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida amalga oshiriladi. Bunga ko’ra qisqa muddatli investitsiyalar sotib olingan paytda buxgalteriya hisobida xarid bahosida aks ettiriladi. Investitsiyalarning xarid bahosi esa, investitsiyaning o’z qiymati, brokerlarga to’langan to’lovlar, boj to’lovlari, bank xizmati uchun to’langan mablag’ va boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Agar investitsiyalar to’liq yoki qisman aktsiyalar yoki boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasini amalga oshirish orqali sotib olinsa, unda sotib olingan investitsiyalarning qiymati ularning nominal qiymati emas, balki bozor bahosiga teng bo’ladi. Agar investitsiyalarni sotib olish to’liq yoki qisman boshqa aktivlarga almashtirish orqali amalga oshirilsa, investitsiyaning xarid qiymati almashtirish uchun tavsiya etilgan aktivning joriy qiymati bo’yicha belgilanadi. Ammo bu holatda investitsiyalarning bozor qiymati aniqroq bo’lsa, ushbu bahoni qo’llash ma’qul bo’ladi. Agar investitsiyalar sotib olingunga qadar hisoblangan foizlar yoki dividendlar qiymati bilan sotib olinsa, bunday investitsiyalar sotuvchiga to’langan foizlar yoki dividendlar summasi chiqarib tashlangan xarid qiymatida aks ettiriladi. Hisobot tuzish sanasida investitsiyalar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablariga ko’ra korxona balansida bozor qiymatida yoki sotib olish va bozor qiymatidan eng kami bo’yicha ko’rsatilishi lozim. Agar qisqa muddatli investitsiyalar korxonaning hisob siyosatiga ko’ra sotib olish va bozor qiymatidan eng kami bo’yicha hisobga olinadigan bo’lsa, uning balans qiymati alohida olingan investitsiyalar bo’yicha; investitsiyalarning toifalari bo’yicha; investitsiyalar portfeli asosida aniqlanishi mumkin. Uzoq muddatli investitsiyalar esa hisobot sanasiga buxgalteriya balansida sotib olish qiymati, qayta baholashni hisobga olgan qiymat yoki sotib olish va bozor bahosidan eng kami bo’yicha aks ettiriladi. Uzoq muddatli investitsiyalarning balans bahosini aniqlash investitsiyalar portfeli asosida amalga oshiriladi. Download 30.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling