Investitsiyani baholash usullari


Investitsiyaning rentabelligini hisoblash metodi (Profitability Index, PI)


Download 61.25 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi61.25 Kb.
#1444341
1   2   3
Bog'liq
Taqdimot

Investitsiyaning rentabelligini hisoblash metodi (Profitability Index, PI)

Diskontlashtirilgan daromadlarning diskontlashtirilgan investitsiya harajatlariga nisbatini hisoblab topishga asoslangan. Bu qanday holatda investor boyligi o’sishi mumkinligini ko’rsatib beradi va quyidagicha aniqlanadi:

  • Investitsiya rentabelligi ko’rsatkichi firma (yoki investor) mablag’lari 1 so’m hisobida qanday hollarda o’sishini aniqlash imkonini beradi. Investitsiyalarning rentabelligi va sof joriy qiymat ko’rsatkichlari taqqoslama baholash shuni ko’rsatadiki, sof joriy qiymati o’sishi bilan investitsiyalar rentabelligi ham o’sadi va aksincha. Agar rentabellik ko’rsatkichi “1”ga teng yoki undan kichik bo’lsa, loyiha rad etilishi kerak, chunki u qo’shimcha foyda keltirmaydi. NPV=0 da investitsiyalarning rentabelligi hamisha 1 ga teng bo’ladi

Qoplanish davrini hisoblash metodi (Payback Period, PP)

  • Investitsion qo’yilmalarni to’liq qoplanish muddatini anglatadi. Ushbu metod asosida investitsiyalarni baholash investorning asosiy maqsadiga investitsion loyihaning daromadliligi emas, balki boshqa sabablar (ijtimoiy, ekologik va boshqa), shuningdek loyihaning likvidliligi asosiy qiziqish uyg’otganda qo’llash o’rinlidir. Chunki ushbu metodda pul oqimlarining davriy qiymati hisobga olinmaydi. Ushbu metodda pul oqimlarining qaysi davrgacha boshlang’ich investitsiyani qoplashi asosiy kasb etadi. Misol uchun ma’lum X-loyihaga 100 mln. So’m investitsiya qilindi. Pul oqimlari 1-yilda 15 mln. So’m, 2-yilda 22 mln. So’m, 3-yilda 33 mln.so’m, 4-yilda 41 mln.so’m, 5-yilda 50 mln.so’mni tashkil qildi. Umumiy pul oqimlari 161 mln. So’mni tashkil etadi. Demak, loyiha 4-yil ichida o’zini to’liq qoplaydi.

Investitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlashning qoplash muddati usulini an’anaviy (oddiy) baholash usullarida ko’rib o’tdik. Lekin mazkur usulning kelgusi davrlardagi pul tushumlarining qiymatini hisobga olmasligi uni diskontlashtirilgan usullar yordamida ham hisoblash zarurligini taqozo qiladi.


Download 61.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling