korporativ buyurtmachilar —
davlat korxonalari;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar;
ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar;
ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu bandning to‘qqizinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar;
tender — davlat xaridini amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili vositasida davlat xaridlarining ijrochisini aniqlash tartib-taomilini nazarda tutuvchi tanlov bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlarini taklif etgan xarid qilish tartib-taomillarining ishtirokchisi g‘olib deb topiladi;
davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari (tender hujjatlari) — tenderni tashkil etish shartlari va o‘tkazish tartibi, shuningdek, tenderga qo‘yilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) malakaviy, texnik, narx va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plami;
texnik topshiriq — davlat buyurtmachisi tomonidan tovarning (ishning, xizmatning) asosiy maqsadiga, uning tavsifiga qo‘yiladigan talablar, davlat xaridining birlamchi ma’lumotlari, maqsadlari va vazifalari, tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish muddatlari, sifat kafolatlari, texnik tavsifi va hajmi, hisobot shakllari (zarur hollarda), tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) qo‘yiladigan talablarning asoslantirilishi, ekvivalent ko‘rsatkichlar, iqtisodiy, boshqa maxsus talablarni o‘z ichiga olgan hujjat;
davlat xaridlari elektron tizimining operatori (operator) — davlat xaridlarining subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadigan, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli yuridik shaxsdir;
Do'stlaringiz bilan baham: |