Ion almashinish adsorbtsiyasi


ADSORBTSIYAVIY XROMATOGRAFIYA


Download 64.5 Kb.
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi64.5 Kb.
#216100
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ION SELEKTIV ELEKTRODLAR

2. ADSORBTSIYAVIY XROMATOGRAFIYA

Bu usulda aralashma moddalarni ajratish va tozalash ularni adsor­bent yuzasida adsorbtsiyalanish va erituvchi bilan desorbtsiyalanish jarayoni turlicha bo’lishiga asoslangan.

Adsorbtsiyaviy xromatografiya maxsus xromatografik kolonkalarda
olib boriladi. Xromatografikaviy kolonka o’rnida turli o’lchamdagi
shisha naylar ishlatiladi. Nay tubiga ozgina paxta joylashtirilib, vertikal holatda shtativga o’rnatiladi. So’ngra kolonkani 2/3 yoki 3/4 qismi bir xil o’lchamdagi ma‘lum adsorbent bilan to’ldiriladi. Xromatografiyada ad­sorbent sifatida asosan alyuminiy oksid, silikagel, gilmoya kukuki, tsellyuloza, poliamid va boshqalar ishlatiladi.

Adsorbent va xromatografiya uchun tanlangan erituvchi kolbaga solinib, yaxshilab chayqatiladi.

So’ngra hosil qilingan alyuminiy oksidning suspenziyasi kolonkaga oz-ozdan qo’yiladi va adsorbentni yaxshi joylashtirish uchun kolonka vaqti-vaqti bilan qalin vakuum kauchugi bilan urib turiladi. Kolonka devoriga yopishgan adsorbent esa erituvchi bilan yuvib tushiriladi, adsor­bent sirtiga ozroq shisha paxta joylashtiriladi. Shu tarzda kolonka adsorbent bilan tuldirilgandan so’ng tozalanishi lozim bo’lgan aralashma eritma holida yoki alyuminiy oksid bilan aralashtirilgan holatida kolonkaga asta-sekin solinadi, kolonka erituvchi bilan yuviladi. Kolonkadan erituvchining oqib o’tish tezligi sumrak yordamida boshqarib turiladi. Bunda kolonkadan oqayotgan erituvchining tezligi minutiga 30-40 tomchidan oshmasligi kerak. Yuvilish natijasida.moddalar absor­bent ustuni-xromatografikaviy kolonkaning yuqori qismmdan pastga surilib, moddalar aralashmasi bir-biridan ajralib, xalqalar hosil qila boshlaydi. Shu tarzda moddalar oldinma-keyin erituvchi bilan birga yuvilib tushadi. Yuvib tushiradigan erituvchi - elyuat deyilad. Agar xromatografiya uchun ishlatilayotgan elyuat - erituvchi kolonkada qolgan moddani yuvib chiqara olmay qolsa, u xolda elyuotrop qatorida bu erituvchidan keyin kelgan erituvchi qo’llaniladi, 2-jadvalda - adsorbentga adsorbilangan moddalarni yuvib chiqarish xususiyatiga ko’ra erituvchilar oldinma-keyin bir qatorga joylashtirilgan. Bu qator erituvchilarning elyuotrop qatori deyiladi. Eng kuchli adsorbilangan moddalar ko’pincha etil yoki metil spirt bilan yuviladi.
2-jadval


Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling