Yolg‘iz keksalarga yordam
Temboo kompaniyasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda keksa
yoshli
odamlar
farzandlari bilan emas, balki ko‘proq mustaqil yashashni istashmoqda.
Ammo, ular doimiy ko‘makka muhtoj. Yolg‘iz
yashayotgan ota-onalari,
yaqinlaridan xavotirlanayotgan odamlar uchun ushbu kompaniya
maxsus qurilma
ishlab chiqdi. Qurilma krovatga o‘rnatiladigan harakat datchigi va
mikrofondan
iborat. Datchik qariyaning harakatlari haqida ma’lumot to‘playdi va odatiy
namunalarini ajratadi – agar nimadir birdan o‘zgarsa, uning farzandi yoki
qarindoshi smartfoniga bu haqda xabar yuboradi. Mikrofon esa qariyaning yordam
chaqirishi uchun kerak.
Shunday qilib, tibbiyotda narsalar interneti kabi innovatsion texnologiyalar asta-
sekin bizning real hayotimizga kirib bormoqda va sog‘liqni saqlashdagi ko‘plab
muammolarni hal qilyapti. Bularning bari nafaqat hayotimizni saqlab qolish, balki
yaqin kelajakda insonning o‘rtacha umr kechirish ko‘rsatkichini oshirish imkonini
beradi.