Ip- tаrmоqlаrаrо o’zаrо аlоqа prоtоkоli


TCP/IP tarmog'idagi har bir kompyuter adresi uch sathdan iborat


Download 39.81 Kb.
bet2/13
Sana04.01.2023
Hajmi39.81 Kb.
#1078817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
IP v4 protokoli

TCP/IP tarmog'idagi har bir kompyuter adresi uch sathdan iborat:

TCP/IP tarmog'idagi har bir kompyuter adresi uch sathdan iborat:

Elementning lokal adresi. Lokal tarmog'iga kiruvchi elementlar uchun - bu tarmoq adapteri yoki marshrutizator portining MAC adresi. misol ushun 11-AO-17-3D-BC-01. Bu adres qurilmaning ishlab chiqaruvchisini belgilaydi va juda noyob hisoblanadi. Barcha mavjud lokal tarmoqli texnologiyalar uchun MAC adres 6 baytli formatdan iborat: katta 3 baytlisi ish­lab chiqaruvchi firmasining identifikatori. kichik 3 baytlisi ishlab chiqaruvchining o'zini bildiradi. Global tarmoqqa kiruvchi elementlar uchun huddi X.25 yoki frame relay kabi lokal adres global tarmoq administratori tomonidan belgilanadi.

IP adres. 4 baytdan iborat misol uchun 109.26.17.100. Bu adres tarmoq sathi sifatida foydalaniladi. U kompyuter va marshrutizatorlami konfiguratsiyalash jarayonida administrator tomonidan belgilanadi. IP adres ikki qismdan iborat bo'ladi: tar­moq nomeri va element nomeri. Tarmoq nomeri administrator tomonidan ixtiyoriy ravishda yoki agarda tarmoq Internetning bir qismi sifatida ishlashi kerak bo'lsa. Internet (Network Information Center. NIC) maxsus qismining tavsiyasi orqali o'matiladi. Odatda provayderlar Internet xizmatini NIC qis- midagi adres chegarasidan oladi va o'zining abonentlariga tarqatadi.

IP protokolida element nomeri uning lokal adresidan mustaqil ravishda belgilanadi. IP adresning tarmoq nomeri va element nomeri maydonlarga ajratilishi va bu maydonlar o'rtasida chegaralar ixtiyoriy ravishda o'rnatilishi mumkin. Element bir nechta IP tarmoqqa kirishi mumkin. Bunday hollarda element tarmoqdagi aloqalar soniga qarab bir nechta IP adresga ega bo'ladi. Bunday hollarda IP adres alohida kompyuterlar yoki manshrutizatorlami emas balki bitta tarmoq bog'lanishini bildiradi.

Belgili identifikator — nom. misol uchun SERV1.IBM. COM. Bu adres administrator tomonidan belgilanadi va bir necha qismdan iborat bo'ladi. misol uchun mashina nomi. korxona nomi, domen nomi, DNS nomi bilan ham ataluvchi. bunday adres amaliy sathda misol uchun FTP yoki telnet protokollarida ishlatiladi.


Download 39.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling