Ip-tarmoqlarida xizmat ko’rsatish sifatini ta’minlash masalalari


IP paketlar tutilishi variatsiyasi


Download 112.28 Kb.
bet3/4
Sana21.10.2023
Hajmi112.28 Kb.
#1714387
1   2   3   4
Bog'liq
IP-tarmoqlarida xizmat ko’rsatish sifatini ta’minlash masalalari.docx

IP paketlar tutilishi variatsiyasi (IP paket delay variation, IPDV). Vk parametr IPDV tutilish variatsiyasini tavsiflaydi. Bu parametr k indeksli IP paket uchun, shu paketning tarmoq kirish va chiqish nuqtalari orasidagi tutilishning absolyut qiymati Xk va tutilishning belgilangan etalon qiymati, d1, 2, orasidagi farq orqali aniqlanadi, ya’ni:
Vk = Xk — d1,2
Manba va qabul qiluvchi o‘rtasida IP paket yetkazilishidagi etalon tutilish vaqti, d1, 2 mazkur tarmoq nuqtalari orasida birinchi IP paket yetkazilishidagi tutilishning absolyut qiymati orqali aniqlanadi. IP paketlar tutilish variatsiyasi, ya’ni djitter, ketma-ket jo‘natilgan paketlar qabul qiluvchiga betartib vaqtda yetib borishida namoyon bo‘ladi. IP telefoniya tizimida bu holat tovushda buzilish paydo bo‘lishiga va nutqni farqlash imkoniyatining yomonlashishiga olib keladi.
IP paketlar yo‘qolish koeffitsiyenti (IP packet loss ratio, IPLR). IPLR koeffitsiyenti yo‘qolgan paketlar umumiy sonining uzatilgan va qabul qilingan paketlar umumiy soniga nisbati orqali aniqlanadi. IP tarmoqlarda paketlar yo‘qolishi ularning uzatilishidagi tutilish qiymatining me’yoriy qiymat ya’ni, Tmax dan oshib ketgan holda yuzaga kelishi mumkin. Agar paketlar yo‘qolsa, qabul qilayotgan tomon talabi bo‘yicha ular qayta jo‘natilishi mumkin. VoIP tizimlarida qabul qiluvchiga Tmax’dan katta tutilish vaqti bilan yetib kelgan paketlar tashlab yuboriladi. Bu esa o‘z navbatida qabul qilinayotgan nutqda buzilishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunga asosiy sabablardan biri, tarmoq tugunlarida navbatning oshib ketishidir [А.В.Розляков, «IP-telefoniya», M.: EKO- TRENDZ, 2003].
IP paketlar xatoligi koeffitsiyenti (IP packet error ratio, IPER). IPER koeffitsiyenti xatolik bilan qabul qilingan paketlar sonining barcha qabul qilingan paketlar soniga nisbati orqali aniqlanadi.
Y.1541 tavsiyasida kuzatish mobaynidagi tarmoq tavsiflarining haqiqiy qiymatlarini o‘lchash bilan bog‘liq parametrlar tizimi keltirilgan. Ko‘pincha, IP telefoniyada uzatish tezligi 50 paket/s bo‘lgan holda kuzatish intervali 1 — 20 s tartibda olinadi. Tutilish, djitter va yo‘qolishlarni o‘lchash uchun olinadigan interval esa 60 s dan kam bo‘lmasligi kerak.
Y.1541 tavsiyasi xizmat ko‘rsatish sifati sinflari va ilovalar o‘rtasida moslik o‘rnatadi. Ular quyidagilar:
• Sinf 0 — yuqori darajali interaktivlik bilan xarakterlanadigan, djitterga sezgir bo‘lgan real vaqt ilovalari. Masalan, VoIP va videokonferensiya;
• Sinf 1 — interaktiv, djittergasezgirreal vaqt ilovalari (VoIP, videokonferensiya);
• Sinf 2 — yuqori darajali interaktiv ma’lumotlar tranzaksiyasi. Masalan, signalizatsiya;
• Sinf 3 — interaktiv ma’lumotlar tranzaksiyasi;
• Sinf 4 — past darajali yo‘qotishli ilova. Masalan, qisqa tranzaksiya, ma’lumotlar massivi;
• Sinf 5 — IP tarmoqlardan an’anaviy foydalanish.
Tarmoqning asosiy xususiyatlaridan biri turli ilovalar talab qilayotgan xizmat ko‘rsatish sifati darajasini ta’minlashdir. Bu darajalar tarmoq unumdorligi tavsiflari — o‘tkazish polosasi, tutilishlar, paketlar yo‘qolishiga ko‘ra quyidagi uchta sinfga bo‘linadi [Ш.Вегешна, «Качество обслуживания в сетях IP»//«Вестник связи», №1, 2008, M.: Издательский дом «Вильямс», 2003].

Download 112.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling