Ipak tolalarini tarash. Ipak tolalarini piltalash Klаssik tizimdа tаrаsh tехnоlоgiyasi vа tехnikаsi


Download 87.4 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi87.4 Kb.
#1542098
1   2   3   4
Bog'liq
13-Ipak tolalarini tarash

Ipak tolalarini piltalash
Labazdan olingan aralashma kardli tarash va piltalash dastgohiga beriladi. Bu dastgoh Yaponiyada ishlab chiqarilgan markasi “Toyota’s Loom Works Limited”. Ipak tolalari bu dastgohda taralib, paralellashib pilta holatda chiqadi. Kardli tarashda toladagi chang va iflosliklar chiqarib tashlanadi. Ish unumdorligi 5 kg/soat.
Ipak tolalari pilta holatga keltirilib olingandan so‘ng piltalash dastgohlariga beriladi. Piltalash hamda taroqli tarash bo‘limida 2 marta piltalash va 1 marta taroqli tarashdan o‘tadi. I-o‘tim piltalash dastgohida 8 ta pilta qo‘shilib, 8 marta cho‘ziladi va 6.5 kilotexli bitta pilta olinadi. Dastgoh tezligi 72-100 sm/min. Ish unumdorligi 130 kg/sm.
Bu dastgohdan chiqqan pilta II-o‘tim piltalash dastgohiga beriladi. Bu yerda 5/5 pilta qo‘shilib bitta tozda 2 ta pilta olinadi. Chiqayotgan pilta chiziqli zichligi 3 metri 17.3-18.7 gr tezligi 32 m/min.
II piltalash dastgohidan chiqqan piltalar “PB-28 LF” markalitaroqli tarash dastgohiga beriladi. Bu yerda 24 ta pilta qo‘shilib 48 % taram 52 % tarandi chiqadi. Bu dastgohda pilta tarkibidagi kalta tolalar va begona aralashmalar tarab chiqarib tashlanadi. Chiqayotgan pilta chiziqli zichligi 3 metri 18.8-20.2 gr. Dastgoh ish unumdorligi 1.6 kg/soat.
Taralgan piltalar yana III- o‘tim piltalash dastgohiga beriladi. Bu yerda 8 ta pilta qo‘shilib 1 ta pilta olinadi. Chiqayotgan pilta chiziqli zichligi 3 metri 20.4-21.7 gr.
IV-o‘tim piltalashda ham 8 ta pilta birlashtirilib 1 ta pilta olinadi. Chiqayotgan pilta chiziqiy zichligi 20.4-21.6 gr. Piltalash dastgohlarining markasi “NSC GN-5”. Piltalash dastgohlari piltalarni cho‘zib, aralashtirib va paralellashtiradi. Piltalashdan chiqqan piltalar salafan qopli tazlarga joylanadi. Yarim tayyor mahsulot keyingi jarayonlarga yani yigirish va pardozlash bo‘limiga beriladi.
Taroqli tarash “PB 28 LF” dastgohining tavsifnomasi.

  1. Chiqarish soni M=14;

  2. 1 metr piltaning og’irligi - 7gr;

  3. Davrlar soni n=135;

  4. Piltadan taram chiqish koeffitsienti k- 0.48 %.

Piltalash dastgohi
I. Dastgohning tavsifnomasi.
1. Chiqarish soni M-1;
2. Chiqarish silindrining chiziqli tezligi, V=58 m/min;
II. Berilgan ma’lumotnoma.

  1. Chiqayotgan 1 metr piltani og’irligi 9 7 gr

  2. Bitta idishdan chiqayotgan pilta og’irligi, Q= 7 kg.

III. Tashkiliy sharoitlar tavsifnomasi.

  1. Bir smenadagi ish vaqti min,



4.7-rasm. L-1-2-3-4-ShL rusumli 1-o‘tim piltalash dastgohi. 1-ta’minlash stoli; 2-ta’minlash silindrlari; 3-chegaralangan jamlagich; 4-yuqorigi va patki taroqli maydon taroqlari; 5,6-cho‘zish silindrlari; 7-cho‘zish valigi; 8- piltani nazoratlovchi telektr to‘xtatgich ilgagi; 9-yo‘naltiruvchi nov; 10-jamlagich; 11-chiqaruvchi silindrlar; 12-jamlovchi varonka; 13-plyush valiklari; 14-toz; 15-tozalash valigi; 16-ezuvchi po‘lat valik.



Download 87.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling