Ipoteka Bank Bank missiyasi va tarixi


Xorijdan tashrif buyuruvchi mehmonlarning kutib olish xarajatlar


Download 11.62 Kb.
bet2/2
Sana04.01.2023
Hajmi11.62 Kb.
#1078175
1   2
Bog'liq
ipoteka bank

Xorijdan tashrif buyuruvchi mehmonlarning kutib olish xarajatlari
№ Sana Summa
(so'mda) Yoʼnalish
1 07.02.2022 4 798 940 Xorijiy mehmonlarni kutib olish xarajatlari
2 24-25.03.2022 156 825 674 Xorijiy mehmonlarni kutib olish xarajatlari
3 31.03.2022 14 053 759 Xorijiy mehmonlarni kutib olish xarajatlari
4 30.04.2022 1 758 000 Xorijiy mehmonlarni kutib olish xarajatlari
5 22.06.2022 8 092 110 Xorijiy mehmonlarni kutib olish xarajatlari
6 14.07.2022 802 800 Xorijiy mehmonlarni kutib olish xarajatlari
Moliyaviy natijalar sharhi
Bank aktivlari sifati, barqaror daromadlar va xarajatlarni optimallashtirish bankka salmoqli foydaga erishish imkonini berdi. Bank sof foydasi oʼtgan yilga nisbatan 119 foizga oshib, 886,8 mlrd, soʼmni tashkil qildi. Bank sof foydasi sof foizli daromadlar va komission daromadlarning oʼsishi hisobiga oshgan.
2021 moliya yilida Ipoteka-bankning operatsion daromadi 47,1 foizga oshib,
2 617,8 milliard soʼmni tashkil etdi. Bank operatsion daromadlari oʼsishi yuqori darajada boʼlishi sof foizli daromadlar, barqaror kredit hajmining oʼsishini va yuqori boʼlmagan xarajatlar hisobiga shakllandi. Xarajatlarning effektivlik (CIR) koʼrsatkichi esa anʼanaviy barqaror operatsion samaradorlik tufayli 34,2% gacha yaxshilandi.

Sof foizli daromad oʼtgan yilga nisbatan 50,5 foizga oshib, 2 121,7 mlrd, soʼmga yetgan. Xususan, foizli daromadlar oʼtgan yil shu sanasiga nisbatan 1 176,8 mlrd. soʼm, yoki 46,8 foizga oʼsgan. Ushbu ijobiy oʼzgarish drayverlari sifatida kreditlashdan olingan daromadlarning (+45,8 foiz, yoki


1 065,0 mlrd. soʼmga) kredit portfel oshishi hisobiga koʼpayganligini keltirib oʼtish lozim. Shu bilan birga, foizli daromadlar koʼpayishiga davlat qimmatli qogʼozlariga investitsiya va boshqa banklarga mablagʼlar joylashtirish hajmining oshishi ham ijobiy taʼsir qilgan.
Shu davrda, bankning foizli xarajatlari ham 41,1 foizga koʼpayib, 1 600,7 mlrd. soʼmga yetgan. Ushbu oʼzgarish, asosan, ikki faktor: Moliya vazirligidan ipoteka kreditlash dasturi doirasida jalb qilingan mablagʼlar hamda 2020 yil oxiri va 2021 yil boshida Yevroobligatsiyalar chiqarilishi hisobiga yuz bergan.
Bank tomonidan jalb qilingan resurslar qiymatining pasaytirilishi va samarali boshqarilishi, Sof foizli marja (NIM)ning tarixiy maksimum (7,0 foiz)gacha oshishiga ijobiy taʼsir koʼrsatdi.
Operatsion xarajatlar 2021 yilda oʼtgan yilga nisbatan 34,4 foizga oshgan va
894,1 mlrd. soʼmni tashkil qilgan. Operatsion xarajatlar asosan personal, dasturiy taʼminot va amortizatsiya xarajatlarlarining oshishi hisobiga koʼpaygan boʼlib, Bank iqtisodiy samaradorlikni oshirish choralari sifatida raqamli transformatsiya va kadrlar salohiyatini oshirishga investitsiyalarni davom ettirdi.
Bank kreditlari boʼyicha shakllantirilgan zaxira xarajatlari 2021 yil davomida oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 3,0 foizga kam boʼlib, 591,3 mlrd. soʼmni tashkil qildi, va natijada bank riski qiymati (COR) 0,6 foiz bazis punktga kamayib, 2,1 foizga tushgan.
Shuningdek, 2021 yil yakuni boʼyicha bank faoliyatining rentabelligi va samaradorligini ifodalovchi sifat koʼrsatkichlari yuqori darajada saqlanib qoldi. Xususan, hisobot davrida bank aktivlari rentabelligi (ROA) 2,4 foizni va bank kapitali rentabelligi (ROE) 19,8 foizni tashkil qildi.
Bank barqaror, likvidli va yaxshi divertsifikatsiyalangan balansga ega
Jami aktivlar 2021 yilda 23 foiz yoki 7 560,2 mlrd. soʼmga oshib, jami 40 164,3 mlrd. soʼmni tashkil qildi.
Bank aktivlari, davlat va Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan uzoq muddatli resurslar bilan teng miqdorda moliyalashtirilishi hisobiga, yaxshi diversifikatsiya qilingan va bank maxalliy depozit va qarz bozorida yuqori mavqeiga ega.Boshqa banklar joylashtirilgan mablagʼlar 2021 yilda 12,2 foiz yoki 221,0 mlrd. soʼmga oshib, jami 2 031,5 mlrd. soʼmni tashkil qildi. Bank aktivlari tarkibida qarz qimmatli qogʼozlar bank tomonidan davlat obligatsiyalari sotib olinishi hisobiga 41,0 foizga keskin oshib, 1 095,1 mlrd. soʼmni tashkil qilgan.
Jami kredit portfeli 2021 yil davomida 20,2 foizga oshdi va 29 263,2 mlrd. soʼmga yetdi. Bank kredit portfeli yaxshi diversifikatsiyalangan boʼlib, portfelda ipoteka kreditlarning ulushi 35,8 foiz, kichik biznes kreditlarining ulushi 28,5 foiz, korporativ kreditlarning ulushi 25,9 foiz va chakana kreditlar 9,8 foizdan iborat boʼlgan.
Korporativ (jumladan, kichik biznesga berilgan) kreditlar qoldigʼi sifatli korporativ mijozlarning kreditga boʼlgan talabining oshishi va xorijiy valyutadagi kreditlar qiymatining devalvatsiya hisobiga 10,8 foizga oshib, 16 866,2 mlrd. soʼmga yetgan. Chakana kreditlar esa
36,8 foizga oshib, 14 124,5 mlrd. soʼmga yetishi kredit portfeli kengayishiga koʼproq taʼsir koʼrsatdi, yaʼni bu oʼsish asosan bank tomonidan ipoteka kreditlarining davlat dasturi asosida bozor foiz stavkalarida berilishi bilan qoʼllab-quvvatlandi.
Bankda 90 kundan oshiq muddati oʼtgan kreditlar (NPL) ulushining 4,4 foizgacha koʼtarilishi oxirgi ikki yilda COVID-19 pandemiya sababli kiritilgan lokdaun va uning oqibatida mijozlarning moliyaviy holati yomonlashishi sababi bilan ifodalanadi.
Bank majburiyatlariga kelsak, bankning moliyalashtirish strategiyasi, bank biznesining oʼsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun oʼz kapitali, ichki va xalqaro resurslar jalb qilishda optimal muvozanatni taʼminlagan holda moliyalashtirish bazasini rivojlantirish hamda davlat resurslariga boʼlgan ehtiyojni bosqichma-bosqich kamaytirib borishdaniborat.
Bank resurs bazasi, asosan 38,7 foiz ulush bilan mijozlar depozitlarlari, 34,1 foiz ulush bilan davlat (Moliya vazirligi va OʼTTJ)dan jalb qilingan mablagʼlar hamda 26,7 foiz ulush bilan xorijiy va maxalliy moliya institutlaridan jalb qilingan qarz mablagʼlari hisobiga shakllangan.
Davlatdan va qimmatli qogʼozlar chiqarish orqali qarz mablagʼlari jalb qilish hajmi yil boshiga nisbatan mos ravishda 25,7 va 28,9 foizga oshgan boʼlib, bu ijobiy oʼzgarish bank tomonidan maxalliy ipoteka bozorini kreditlash uchun Moliya vazirligidan uzoq muddatli resurs jalb qilinishi hamda xalqaro kapital bozoriga milliy valyutada 75,0 mln. dollar ekvivalentida Yevrobond chiqarilishi bilan izohlanadi.
Umumiy kapital joriy yil boshidan buyon, asosan, bank foydasi oshishi hisobiga,21,9 foizga oshgan holda 4 927,0 mlrd. soʼmga yetdi. Bankning 1-darajali kapitali yetarliligi koʼrsatkichi 11,1 foizni, regulyativ kapital yetarliligi koʼrsatkichi esa 14,4 foizni tashkil qilib, Markaziy bank meʼyorlariga javob beradi.
Download 11.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling