Ipoteka krediti


Download 252.77 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi252.77 Kb.
#248909
Bog'liq
credits



 

 

Ipoteka krediti 

 

«Asaka» bank tizimida ipoteka kreditlari, doimiy ish joyiga, yashash joyidan ro’yhatdan o’tgan 



va o’z faoliyati natijasida olingan daromadga va boshqa daromadlarga ega bo’lgan, O’zbekiston 

Respublikasi fuqarolariga beriladi. 

Kredit olish shartlari: 

1. Kredit miqdori: 

 

yakka tartibda qurilgan uy-joyni rekonstruksiya qilish, ko’p qavatli uylardan honadon sotib olish uchun 



qonun-hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2 500 baravarigacha; 

 



yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va sotib olish uchun-qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish 

haqining 3 000 baravarigacha; 

2. Kredit muddati 15 yilgacha; 

3. Kredit ustama foizi; 

 

Umumiy tartibda — yillik 12 % dan 18% gacha  



 

Yosh oilalarga — 3 yillik imtiyozli davri bilan O'zR Markaziy banki qayta moliyalash stavkasidan 



oshmagan miqdorda; 

4. Kredit ta’minoti — sotib olinayotgan uy-joy va /yoki boshqa likvid ta’minot turlari; 

5. Mijozning loyihadagi ishtiroki qurilayotgan, sotib olinayotgan yoki ta’mirlanayotgan turar joyining 

25% idan kam bo’lmagan qismni tashkil qilishi lozim; 

6. Yakka tartibdagi uy-joy yoki ko’p qavatli uylardan xonadon sotib olish uchun ipoteka krediti 

ajratishda bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: 

 

So’ralayotgan kredit summasini ko’rsatgan holda kredit olish uchun ariza



 

Sotuvchining uy joyga bo’lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tasdiqlangan 



nusxalarini ilova qilgan holda sotiladigan yakka tartibdagi uy-joy yoki xonadonning kelishilgan qiymati 

ko’rsatilgan oldi-sotdisi to’g’risida dastlabki shartnoma

 

Sotuvchi, qarz oluvchi va shu bitim bilan bog’liq bo’lgan boshqa shaxslarning passport nushalari; 



 

Qarz oluvchining daromadlari to’g’risidagi ohirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan ma’lumotnoma; 



 

Qarz oluvchining nomiga ochilgan jamg’arma omonatiga joylashtirilgan mablag’ni tasdiqlovchi 



bankning ma’lumotnomasi (bankning tegishli xisob raqamidan ko’chirimasi); 

 



Qarz oluvchining oilasi tarkibi to’g’risida yashash joyidan ma’lumot; 

 



Sotib olinayotgan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko’p qavatli uydagi xonadonning qiymati bo’yicha 

mustaqil baholovchining baxolash hisoboti; 



 

Zarur holatlarda bank qarz oluvchidan qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega. 



Download 252.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling