Iqlim ilishi sharoitida Farg‘ona viloyatida o‘rtacha yillik harorat 1976 yildan ko‘tarilib kelmoqda


Download 24.49 Kb.
bet2/2
Sana25.12.2022
Hajmi24.49 Kb.
#1065804
1   2
Bog'liq
fargona v malumot

Fargʻona vodiysi, Fargʻona soyligi — Oʻrta Osiyodagi togʻlar orasida joylashgan vodiy, Oʻrta Osiyoning yirik togʻ oraligi (soylik) botiklaridan biri. Shimolida Tyanshan va janubida HisorOlay tog tizmalari bilan oʻralgan. Asosan, Oʻzbekiston, qisman Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalari hududida. Keng qismi Turkiston va Olay tizmalarining shimoliy yon bagʻirlariga borib taqaladigan uchburchak shaklida boʻlib, shimoli-gʻarbdan Qurama va Chatqol tizmalari, shimoli-sharqdan Fargʻona tizmasi bilan oʻralgan. Gʻarbda tor yoʻlak (eni 8–10 km) "Xoʻjand darvozasi" orqali Toshkent—Mirzachoʻl botigʻi bilan tutashgan. Uz. 300 km, eni 60–120 km, eng keng joyi 170 km, maydoni 22 ming km². Balandligi, gʻarbida 330 m, sharqdda 1000 m. Uning umumiy tuzilishi ellips (bodom)simon koʻrinishda. Gʻarbdan sharqqa kengayib boradi. Fargʻona vodiysi yer yuzasi toʻrtlamchi davrning allyuvial va prolyuvialallyuvial choʻkindilari bilan toʻlgan. Soylik toshkoʻmir davrida egilma shaklida boʻlgan, oʻrta toshkoʻmir davrida k,alin qumtosh — loyli choʻkindilar bilan qoplangan. Boʻr davrida sayoz dengiz boʻlgan. Paleogen davrining oxiriga kelib batamom quruklikka aylangan. Soylik atrofidagi tog tizmalari alp burmalanishida keskin koʻtarila boshlagan, lekin, denudatsiya jarayonida qaytadan yemirilgan. Vodiy tubidagi dengiz yotqiziklari ustini kontinental yotqiziqlar qoplagan (qalinligi 300–400 m).
Fargʻona vodiysida turli geologik davrlarda neft, kumir, tabiiy gaz, gips, temir, mis rudalari, simob, ohaktosh, pyx, oltingugurt, mum, tuz, polimetall rudalar, surma, mineral suv kabi foydali kazilmalar hosil bulgan.
Fargʻona vodiysi yer yuzasi tuzilishini bir necha pogʻona (zona)ga boʻlish mumkin. Relyefining birinchi pogʻonasi soylikning markaziy qismini va Sirdaryoning hozirgi oʻzanigacha boʻlgan 300–400 m balandlikdagi yerlarni egallagan. Bu hududda 200 km masofadagi nishablik sharq, janubi-sharq va janubidan gʻarbga tomon 80 m ga teng. Dengiz yotqiziqlari ustida akkumulyativ jinslar, keyingi davrlarning koʻl yotqiziqlari, shamol olib kelgan jinslar keng tarqalgan. Bu pogʻonada shoʻrxoklar, koʻllarning oʻrni, qumli tepaliklar uchraydi.
Soylikning ikkinchi pogʻonasi daryo va soylarning keng yoyilmalarini egallagan toshshagʻalli maydonlardan iborat (400–600 m). Toʻrtlamchi davr allyuvial yotqiziqlari keng tarqalgan boʻlib, ular soylik atrofini halqa kabi oʻrab olgan.
Relyefning uchinchi pogʻonasini balandligi 600–1200 m boʻlgan adirlar zonasi tashkil qiladi. Fargʻona vodiysi yuzasi janubdan oʻrab turgan Konibodom, Shoʻrsuv, Rishton, Chimyon, Avval, Muyan adirlari toshshagʻallardan iborat yotqiziklardan, Navkat va sharqiy adirlari lyoss va lyosslashgan gil jinslardan tuzilgan; kattakatta qoyasimon jarliklar, qulamalar bu yer relyefi uchun xosdir. Shimoliy Fargʻonadagi Namangan, Chuyet, Pop adirlarining janubiy yon bagʻirlari Sirdaryo vodiysi tomon zinapoyasimon pasaygan. Adirlar ortidagi tekisliklar allyuvial jinslar bilan qoplangan. Vodiyni oʻrab turgan togʻlar ana shu akkumulyativ tekisliklardan boshlanadi.
Fargʻona vodiysining iklimi kontinental iqlim. Yilning oʻrtacha tempaturasi gʻarbdan sharqqa pasayib boradi. Soylik iqlimining shakllanishida gʻarbiy shamollarning roli katta. Gʻarbiy shamollar bahor faslida teztez esib, baʼzan nam, baʼzan quruq havo keltiradi. Yanvarda oʻrtacha temperatura Qoʻqonda —2,3°, Kampirravotda —4,8°. Eng past temperatura Qoʻqonda —27,9°, Kampirravotda —32°. Yozda (iyulda) oʻrtacha temperatura Fargʻona, Andijonda °, Namanganda 26,3°, Qoʻqonda 27,5°. Eng yuqori temperatura shu hududlarda 40—44° gacha koʻtariladi. Vegetatsiya davri 270 kun. Yogʻin miqdori gʻarbida 80–100 mm, sharqida 150–200 mm, janubi-gʻarbida 74 mm va shimolida 200– 300 mm. Yogʻinning koʻp qismi bahor oylarida yogʻadi, yozda yogʻin deyarli yogʻmaydi. Kuchli shamollar ("Qoʻqon" va "Bekobod" shamollari) boʻlib turadi.
Fargʻona vodiysida oqar suv koʻp. Togʻlardan daryo va soylar oqib tushadi (Norin, Qoradaryo, Soʻx, Isfara, Shohimardonsoy, Oqbura, Gʻovasoy, Chodaksoy). Daryolar, asosan, qor, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Fargʻona vodiysi yer osti suvlariga ham boy. Soylik atrofidagi tosh shagʻalli yoyilmalarda yer osti suvining sathi oktabr—noyabr oylarida koʻtariladi, may — iyunda pasayadi; suv yuzasining yillik tebranishi 1–3 m. Tekislik qismida yer osti suvi 2 m chuqurlikda, baʼzan, yer yuzasiga chiqib qoladi. Grunt suvidan tashqari 400 m chuqurlikda uchta suvli qatlam joylashgan. Bu qatlamlardagi suvlar artezian quduqlar orqali olinadi. Fargʻona vodiysida Katta Fargʻona, Jan. Fargʻona, Katta Andijon kanallari, Sirdaryoda Qayroqqum suv ombori qurilgan. 100 dan ortiq koʻl bor. Bulardan yiriklari: Sarichelak, Qurbonkoʻl, Qorasuvkoʻl va boshqa
Fargʻona vodiysining tuprogʻi turlicha. Sirdaryo sohili qayir usti terrasalarida (koʻhna qayir) va 400 m balandlikkacha oʻtloqi, oʻtloqibotqoq, turli darajada shoʻrlangan shoʻrxok tuproqlar tarqalgan. 400 m dan 800 m gacha boʻlgan balandlikdagi tekisliklar, soy, yoyilmalarda boʻz va surqoʻngʻir tuproqlar, 800–1200 m balandlikda och boʻz tuproq, toʻq va tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Ularning tarkibida 4% gacha chirindi bor. Soylikning sernam va botqoklashgan past joylarida tol, yovvoyi jiyda, turangʻil, qamish, qiyoq, kumliklarda cherkez, qandim, quyonsuyak, saksovul, jiyda, adirlarda izen, shuvoq, efemer va efemeroidlardan qorabosh, qoʻngʻirbosh, boychechak, chuchmomalar, vodiylarda kichikkichik toʻqayzorlar uchraydi; Fargʻona va Chatqol togʻ tizmalari yon bagʻirlarida yongʻoq, olma, olcha oʻrmonlari tarqalgan. Yovvoyi hayvonlardan qoplon, boʻri, tulki, quyon; qushlardan qirgʻovul, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, loyxoʻrak, tustovuq; yumronqoziq, sichqon kabi kemiruvchilar, turli zaharli ilonlar uchraydi. Suv omborlari, sunʼiy koʻl va daryolarda baliq turi koʻp. Keyingi vaqtlarda sugoriladigan yerlardagi kollektorzovurlarda ondatra koʻpaytirilmoqda.
Fargʻona vodiysi yirik paxtachilik, ipakchilik, uzumchilik rni. Vohada paxta, baʼzi joylarda sholi ekiladi, bogʻlar, uzumzorlar, polizlar bor. Fargʻona vodiysi markazidagi qoʻriq choʻl yerlar oʻzlashtirilmoqda. Choʻl yerlar yil davomida, adirlar bahorda yaylov xizmatini oʻtaydi. Fargʻona vodiysi Oʻrta Osiyoda aholi eng zich joylashgan yerlardan, bu yerda Xoʻjand, Qoʻqon, Fargʻona, Andijon, Namangan, Oʻsh, Jalolobod shaharlari joylashgan.
Download 24.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling