Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish jarayonidagi mamlakatlar ittifoqi Kirish


Tabiiy ofatlarga javob choralari tizimini kuchaytirish orqali iqlimga chidamlilikni oshirish


Download 41.83 Kb.
bet3/4
Sana21.11.2023
Hajmi41.83 Kb.
#1790684
1   2   3   4
Bog'liq
Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish jarayonidagi mamlakatlar ittifoq

2.Tabiiy ofatlarga javob choralari tizimini kuchaytirish orqali iqlimga chidamlilikni oshirish
O’zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotlariga ko’ra, instrumental kuzatishlar davrida mamlakatda havo harorati 1.5oC ga ko’tarildi va uning yanada sezilarli o’sishi kutilmoqda. O’zbekistonning suv resurslari isish ta’siriga sezgir bo’lib, sellarga, suvga talab yuqori bo’lgan davrda suv tanqisligining kuchayishiga, qurg’oqchiliklarga olib keladi. “Yashil” iqlim jamg’armasi (YIJ) va BMTTD suv resurslarini boshqarish, qishloq xo’jaligi, aholining zaif guruhlari, Orolbo’yi, ekotizim va infratuzilma kabi mavzularga alohida e’tibor qaratgan xolda iqlim o’zgarishiga moslashish bo’yicha milliy rejani ishlab chiqishda O’zbekistonga yordam bermoqdalar. O’zbekistonning kontseptsiyalari va dasturlari, tarmoqlar strategiyalari doirasida muayyan moslashuv choralari allaqachon amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston sel, toshqinlar, qor ko’chkisi, qurg’oqchilik va chang bo’roni kabi ekstremal ob-havo hodisalariga, shuningdek, zilzilalar, ko’chkilar va tosh qulashi kabi geologik xavf-xatarlarga moyil. O’zbekiston aholisi va iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi tabiiy ofatlar: O’zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O’zGidromet) ob-havo va iqlim xatarlaridan erta ogohlantirish va iqlim o’zgarishi ta’sirini baholash uchun mas’uldir. Jahon banki kadrlar tayyorlash, salohiyatni rivojlantirish, zamonaviy asbob-uskunalar yetkazib berish va yangi prognozlash va erta ogohlantirish vositalarini tadbiq etish bo’yicha joriy milliy va mintaqaviy loyihalarni hisobga olgan holda, O’zGidrometni modernizatsiya qilish jarayonini rejalashtirishni qo’llab-quvvatlaydi.
Orolbo’yida cho’llanish va yerlarning degradatsiyasi 2 million gektar yerga ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekistonda keyingi yillarda o’rmonlarni tiklash salohiyati va rejalari sezilarli darajada oshirilib, yiliga 50 ming gektardan 500 ming gektarga yetkazildi (O’zGidromet ma’lumotlariga ko’ra). Orol dengizi atrofidagi o’rmon plantatsiyalari maydoni 1.6 million gektarga yetdi (O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi maʼlumotlariga ko’ra). Mahalliy aholini ichimlik va sug’orish suvi bilan ta’minlash maqsadida Orolbo’yining turli hududlarida 100 dan ortiq quduqlar qazildi (Unesco, 2020). Mamlakat hukumati tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo’yicha profilaktika va javob choralarini ko’rmoqda, jumladan, aholining zaif qatlamlarini suv toshqini va ko’chkiga moyil bo’lgan hududlardan, xavfsiz hududlarga ko’chirish, daryolar qirg’oqlarini mustahkamlash, sel va ko’chki xavfi bo’lgan joylarda o’rmonlar ekish, aholini o’qitish va xabardorligini oshirish. Tabiiy ofat xavfini kamaytirish bo’yicha ba’zi chora-tadbirlar: BMTTD va O’zGidromet Moslashuv jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilgan Orolbo’yi mintaqasida iqlim xavfxatarlariga, ayniqsa, qurg’oqchilikka moslashish bo’yicha keng ko’lamli chora-tadbirlarni sinab ko’rish va joriy qilishga qaratilgan qo’shma loyihani amalga oshirdilar. Bularga suv va tuproqni asrash texnologiyalari, yem-xashak yetishtirish, yaylovlar yukini boshqarish, yerlarni lazer bilan tekislash va qurg’oqchilikdan erta ogohlantirish tizimi kiradi. O’zbekistondagi CAMP4ASB loyihasining milliy komponenti kreditlar va texnologiyalarni taqdim etish orqali qishloq xo’jaligida iqlim o’zgarishiga moslashish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish tajribasi O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligiga va qishloq xo’jaligi korxonalariga muvaffaqiyatli amaliyotlarni qo’llash va ularning ko’lamini kengaytirish imkonini bermoqda. Muvaffaqiyatlarni rivojlantirishda bozor islohotlari, iqlim sohasidagi moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyati va fermerlarning iqlim o’zgarishi bo’yicha xabardorligini oshirish muhim ahamiyatga ega.


Download 41.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling