Iqlim o'zgarishining hayvonlarga tasiri
Parij kelishuvi o‘zi nima?
Download 301 Kb.
|
iqlim o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik toza energiya iqtisodiyotga zarar keltiradimi
Parij kelishuvi o‘zi nima?Ko‘plab davlatlar kelajakda gaz chiqindilarini cheklashga kelishib olishdi. 2015 yil dekabr oyida Parij yaqinida muhim kelishuvga erishildi. Kelishuvga ko‘ra, chiqindilarni kamaytirish majburiy emas, va jiddiy oqibatlarning oldini olish uchun va’dalarning o‘zigina yetarli emas. Mamlakatlar umumiy e’lon qilingan maqsadga erishishda o‘z hissalarini oshirishlari uchun shartnoma bir necha yilda bir marta ko‘rib chiqilishi kerak. Donald Tramp 2017 yilda AQSh Parij kelishuvidagi ishtirokini to‘xtatayotganini e’lon qildi. Boshqa davlatlar, AQSh niyatidan qat’i nazar, o‘z maqsadlariga erishish uchun oldinga siljishlarini aytishdi. Ekologik toza energiya iqtisodiyotga zarar keltiradimi?Qayta tiklanadigan energetika sohasida aholi bandligi yuqori sur’atlarda o‘sib bormoqda. Qayta tiklanadigan eng kam energiya manbalariga shamol turbinalari, quyosh panellari, gidroelektrostansiyalar va atom elektr stansiyalari kiradi. Tabiiy gazda ishlaydigan elektr stansiyalari ham ko‘mir yoqadiganlarga qaraganda kamroq gaz chiqindilarini chiqaradi. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish qisqa muddatda qimmatga tushishi mumkin, ammo uzoq muddatda barcha investitsiyalar iqlimga yetkazilgan zararni qoplash va havo ifloslanishi bilan bog‘liq kasalliklarni kamaytirish orqali oqlanadi. Qayta tiklanadigan energiya bozorining kengayishi ularning tannarxini pasaytiradi va natijada toza energiya dunyoning bir qancha mamlakatlarida ishlab chiqarilgan «iflos» energiyadan arzonroq bo‘ladi. Toza energiyaga o‘tish ko‘mir kompaniyalari kabi ayrim sanoat tarmoqlariga zarar yetkazadi, ammo, yangi ish o‘rinlarini ham yaratadi. Misol uchun, AQSh quyosh energetikasi sanoatida hozirda ko‘mir qazib olish sanoatiga nisbatan ikki baravar ko‘proq odam ishlaydi. Download 301 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling