Iqlim shakllanishining asosiy omillari


IQLIMGA GEOGRAFIK KENGLIKLARNING TA’SIRI


Download 32.36 Kb.
bet2/5
Sana22.03.2023
Hajmi32.36 Kb.
#1286922
1   2   3   4   5
Bog'liq
iqlim antro

IQLIMGA GEOGRAFIK KENGLIKLARNING TA’SIRI.
Iqlim elementlarining tarqalish zonalligi geografik kengliklarga bog’liqdir. Quyosh radiatsiyasining geografik kengliklarga bog’liq holda atmosferaning yuqori chegaralariga kirib kelishi, quyoshning kun yarmidagi balandligi va nurlanishning davomiyligi belgilab beradi. Radiatsiyaning yutilishi murakkab jarayon bo’lib, u o’z navbatida havoning o’zgarib turishiga, ya’ni yer yuza qismining albedosi va havoning tiniqligi darajasiga bog’liq. Zonallik havo harorati taqsimlanishi asoslangan holda, unda nafaqat radiatsiyasini yutilishiga, balki tsirkulyatsion sharoitlarga ham bog’liq. Harorat taqsimotining zonalligi boshqa metereologik iqlim ko’rsatkichlarini ham zonallashuviga olib keladi. Havo haroratining yillik amplitudasi o’lchami geografik kenglikka bog’liq. Quyi kengliklarda darajaning yillik amlitudasi yuqori kengliklarga nisbatan kamroqdir. Yer yuziga iqlimning boshqa omillari ta’siri kamayganda balandlikka bog’liq holda metereologik ko’rsatgichlarning ta’siri sezilib boradi. Balandlikka ko’tarilganimiz sari atmosfera bosimi tushadi, quyosh radiatsiyasi va nurlanish samarasi ortadi, harorat, solishtirma namlik kamayadi. Shamol muayyan darajada tezlashadi va yo’nalishi bo’yicha o’zgaradi. Bunday o’zgarishlar erkin atmosferada joyning tekislik sohasida, shuningdek, katta va kichik ta’sirlar (yer yuza bilan bog’liq) tog’larda ham yuz beradi. Tog’larda bulut va yog’ingarchiliklar ko’proq yuqoriligi kuzatiladi. Yog’ingarchiliklar, qoidaga binoan, avvalam bor Rel’ef va iqlimiy mintaqalar balandliklarda kuchli qayd etiladi, lekin, balandligi ortgan sari kamayadi. Natijada tog’larda balandlik iqlim poyaslari vujudga keladi. Iqlim sharoiti joy balandlikga bog’liq ravishda farqlanadi. Bunda gorizontal yo’nalishdagi kenglikdagi o’zgarishdan ko’ra balandlikdagi o’zgarish birmuncha ko’proqdir. Iqlim poyaslari tog’larda meteorologik ko’rsatkichlarning o’zgarishi barcha iqlim sharoitlari majmuining tez o’zgarishiga olib keladi. Bir iqlim poyasi boshqa iqlim poyasi bilan almashinishi o’simliklar dunyosida aks etadi. Yuqori iqlim zonalarining almashinuvi kengliklar yo’nalishidagi iqlim zonalari almashinuvini eslatadi. Farqi shundaki, iqlim o’zgarishi gorizontal yo’nalishda minglab kilometrda aks etsa tog’larda hech qancha bo’lmagan masofada yaqqol ko’rinishi mumkin.



Download 32.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling