Iqlimshunoslik


Download 7.8 Mb.
Pdf просмотр
bet6/17
Sana15.12.2019
Hajmi7.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

57

150 
130 
# 0  
0 0  
3 0  
0  
3 0   «0 
»0 
120  160 
190
16-rasm .  Y er  shari  b o 'y ic h a   m usson  sohalarining  taqsim lanishi.
Oxirgi  ikkita zonalar faqat shim oliy yarimsharda  mos ravishda  50o—60° va 
70°  sh.k  larda  kuzatiladi.
M usson  m intaqalarining  tuzilishi  atmosfera  ta ’sir  m arkazlarining  in- 
tensivligi  va joyining  o'zgarishlari bilan  bóg‘liq.
T ropik  musson  qishda  S ibirantisikloni  va ekvatorial botiqlikning, yoz- 
da  —  Janubiy  H ind antisikloni  va  Osiyo depressiyasi  o ‘zaro  ta ’siri  natijas- 
ida  hosil  bo'ladi.  Subtropik  musson  yozda  Osiyo  depressiyasi  va  Tinch 
okean  antisiklonining o ‘rkachi,  qishda —  Sibir antisikloni va Aleut depres­
siyasi  botiqligining janubi-g‘arbiy  qismi ta ’sirida  shakllanadi.
Qishki va yozgi Osiyo mussonining ayrim xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Qishki  Osiyo  mussoni  T ibetni  chetlab  o‘tib,  Xitoy va  Yaponiya  orqali 
janub va jan ubi-g‘arbga Sibir antisikloni  mintaqalaridan sovuq quruq havoni 
olib  keladi.  Janubiy Xitoy dengizi ustida  15—20°  shimoliy  kengliklar oras- 
ida  bu havo shim oli-sharqiy passatga yaqinlashib,  u bilan  Hindixitoy,  M a- 
layziya,  Filippin  orollari va  hatto  Avstraliyaning shimoliy qismigacha yetib 
boradi.  Iliq  Atlantika  okeanining  ustida u  isiydi  va  nam ga  boyiydi.  N ati- 
jada  H indixitoy  yarimoroli  hududlariga  bulutli,  yog‘in-sochinli  ob-havo 
olib  keladigan  iliq  dengiz  massasi  kirib  keladi.  Ekvator tom on   harakatlan- 
gan  sari  qishki  Osiyo  m ussonining  havosi  ekvatorial  havo  xususiyatlarini 
o rttirib  boradi.
Y ozda  ekvatorial  botiqlik  bilan  qo'shilgan  keng  Osiyo  depressiyasining 
va  kuchayayotib,  shimolga  siljiyotgan  janubiy  yarim sharning  okean  an - 
tisiklonlarining  o'zaro  ta ’siri  natijasida  suv  sirtidan  quruqlikka  yo'nalgan 
havo  oqim lari  -  yozgi musson  yuzaca  keladi.  Bu  mussonni  faollashtirishda
58

isigan qit’a va nisbatan salqin okean orasidagi haroratlar farqining aham iyati 
katta.  Yozgi  m ussonning  subtropik  va  o ‘rta  kengliklardagi  qism lari  T in c h  
okeani antisikloni mintaqasidan X itoyning janubi-sharqiy qismiga,  K oreya, 
Yaponiya  va  Prim orega  yo‘nalgan  n am   havoning  janubi-sharqiy  o qim i 
ko‘rinishda ifodalanadi.
Yozgi  m usson tropik qismining rivojlanishi  ekvatorial botiqlikning  Osi- 
yo q it’asining janubiga siljishi bilan b o g ‘liq.  Dastlab janu bi-g‘arbiy m usson 
oqim i  X itoyning  janubiy  qism ini,  keyin  H indixitoy,  B irm a  va  H in d is- 
tonni egallab oladi.  Quruqlikka yetib kelgan yozgi Osiyo m ussonining havosi 
nihoyatda  n am   bo'ladi  va  shu  sababli  Janubiy  va  Janubi-sharqiy  O siyoda 
kuchli yog‘inlaryog‘adi.  Shuni  nazarda tutish kerakki, yog'inlar hosil boMishi 
uchun  havoning  katta  namligi  yetarli  em as  -  atm osferada  suv  b u g 'in in g  
kondensasiyasi  kuzatilishi  uchun  qulay  sharoitlar bo'lishi  kerak.  B u ja ra y - 
on  yuzaga  kelishi  uchun  termik  konveksiya  va  Janubiy  Osiyodagi  k o ‘p 
sonli  tog‘  tizm alarining janubiy  yonbag'irlari  bo'ylab  nam   havo  m assala- 
rining ko‘tarilishida paydo bo‘ladigan  m ajburiy konveksiya yordam   beradi.
Yozgi  m ussonlar  davrida  o ‘rta  kengliklardagi  jarayonlar  bilan  b o g ‘liq 
bo'lgan  yozgi  Osiyo  depressiyasi  intensivligining  tebranishlari  va  u  bilan 
bog‘liq m ussonlarning kuchayishi va  kuchsizlanishi kuzatiladi.  Bu — bosim  
m aydonining  m eridional o'zgarishlariga olib  keladigan siklonal faoliyatdir.
M a’lum  sharoitlarda tropik frontda past bosimli, siklonal  sirkulyasiyaga 
ega  bo'lgan  atm osfera  g'alayonlari  —  tropik siklonlar yuzaga  keladi.  T urli 
geografik  hududlarda  ular  har  xil  ataladi:  Janubi-sharqiy  O siyoda  —  tay- 
funlar,  A tlantika  okeanida  —  dovullar,  H in d   okeanida  —  siklonlar.
N otropik  siklonlarga  nisbatan  tropik  siklonlar  kichikroq,  biroq,  ulkan 
energiyaga  ega  bo ‘ladilar.  U larning  diam etri  bir  necha  yuz  kilom etrdan  
oshmaydi,  lekin  bosim va  shamol  tezligining  gorizontal  gradiyentlari  yax- 
shi  rivojlangan  notropik  siklonlardagilardan  ancha  katta  b o ‘ladi.  T rop ik  
siklon  m arkazida  havo bosimi  885  gP a  gacha  pasayishi,  sham ol  tezligi  esa 
70—90  m /sek,  hatto  100  m /sek  gacha  yetishi  mum kin.
Tropik  siklonlar  ikkala  yarim sharlarning  10°—20°  kengliklar  zonasida 
suvning  harorati  28°C  gacha  yetadigan  okeanlarning  iliq  qism lari  ustid a 
yuzaga  keladi  (17-rasm ).
Shimoliy yarim sharda tropik siklonlar Sariq dengiz,  Filippin orollari va 
Tinch  okeanning  170°  sharqiy  u zunlikkacha  cho'zilgan  qism ida  eng  k o ‘p 
hosil  b o ‘ladi.  Bu  siklonlar  g 'a rb iy   y o ‘n alish d a  h a ra k a tla n ib ,  O siyo 
qirg'oqlariga yetib  keladi va q it’aga  o ‘tib,  tez  toMishadi yoki  T in ch   o keani 
antisiklonining  g ‘arbiy  chekkasidagi  m eridional  oqim  ta ’sirida  S h im o li- 
sharqqa  chetlanib  Yapon  orollariga  siljiydi.
A tlantika  okeanida  —  Karib  dengizi,  K ichik Antil  orollari  va  M eksika 
ko'rfazi  hududlarida  yuzaga  keladigan  tropik  siklonlar  odatda  S him oliy
59

A m erika  q it’asining  janubig a  chiqadi  yoki  shimolga  burilib,  asta-sekin 
to'lishadi.
M eteorologik yo'ldoshlarning m a ’lumotlariga qaraganda tropik siklon- 
lar yetarlicha tez-tez,  bir yilda  o ‘rtacha  120  ta  siklonlar hosil  bo'ladi.  Shi- 
m oliy yarim sharda tropik siklonlarning takrorlanuvchanligi janubiy yarim - 
shardagidan  uch  barobar  ko ‘p.
Aksariyat  hududlarda  tro p ik   siklonlar  ko'pincha  süv sirtining  harorati 
eng  baland  bo'lganida,  yoz  oxirida  va  kuzda  yuzaga  keladi.  Kuzda  ular 
yozdagiga  qaraganda  taxm inan   ikki barobar ko'proq  hosil  bo ‘ladi.
Tropik siklonlarning m avjud bo'lishi davomiyligi o 'rta c h a  6 sutkagacha 
yetadi.  Bu  vaqt  siklonning  paydo  bo'lishidan  to  uning  quruqlikka  chiqib 
o 'r ta   kengliklarga  o ‘tishigacha  b o ‘lgan  vaqt  hisoblanadi.
Tropik siklonning  evolyusiyasi  to ‘rtta  bosqichga  bo ‘linadi:
1.  Shakllanish  bosqichi.  Bu  bosqichda  sinoptik  masshtabga  (xarakterli 
o ‘lcham  3000 km yaqin, egallagan maydoni 3  •  105 km 2) ega bo'lgan sharqiy 
oqim da to'lqinli g'alayonlar yuzaga keladi. Ularning chuqurlashuvi bir necha 
sutka  davom  etadi,  ba’zi  hollarda jarayon nihoyatda  tez  o'tishi  mumkin.
2.  Yosh  siklon  bosqichi.  T ropik  siklonning  rivojlanishi  ikkita  yo'nalish 
b o'yicha davom etishi m um kin.  U  ch u q u rb o ‘lmagan depressiya ko‘rinishda 
katta masofaga harakatlanib to ‘lishadi yoki faollashadi.  Bunda uning marka- 
zida havo bosimi keskin,  1000 gPa va undan pastroqgacha kamayadi, markaz 
atrofida  esa  radiusi  30—50  km   ga  teng  bo‘lgan  dovul  kuchiga  yetadigan 
sham ollarning  aylanmasi  hosil  bo'ladi.
3.  Maksimal rivojlanish  bosqichi.  Siklon  m arkazida  bosim ning  pasayi- 
shi va shamolning kuchayishi to'xtaydi, tropik siklonning diametri bir necha 
yuz  kilom etrgacha  kattalashadi.  Bu  bosqich  bir  necha  sutka  davom  etishi 
m um kin.
60

4. 
So'nish  bosqichi.  Tropik  siklon  quruqlikka  yoki  sovuq  okean  oqim i 
ustiga chiqqanida so'nish bosqichi boshlanadi.  Shim oliy yarimsharda ayrim  
hollarda sharq yoki shim oli-sharqqa harakatlanib tro p ik  siklon o ‘rta  keng- 
liklar frontida  regenerasiya b o ‘lib,  intensiv  n o tro p ik  siklonga  aylanadi.
Tropik siklonning bulutliligi uzluksiz ulkan m om alqaldiroqli bulut b o ‘lib, 
undan  kuchli  jala  yog‘inlari  yog'adi,  chaqm oq  hodisalarining  intensivligi 
nihoyatda  katta  b o ‘ladi.  Tropik  siklonning  m arkazid a  diam etri  bir  necha 
o ‘n  kilometrli  bulutsiz va  kuchsiz shamollarga  ega  b o ‘lgan  zona  —  „dovul 
k o ‘z¡“  mavjud  bo ‘ladi.
Tropik siklon dengizda kuchli to ‘lqinlanishlam i yuzaga keltiradi.  Yassi 
qirg‘oqlar  10— 15  m  gacha  yetadigan  ulkan  to 'lq in la r  ostida  qolib,  ularni 
suv bosadi.  H indistonda bunday hodisa katta talofat va odam  qurbonlariga 
olib  kelgan  (1976 y.  1  yanvarda  250  ming  kishi  q u rb o n   bo'lgan).
Tropik  siklonlar  o 'tishi  bilan  bog‘liq  boMgan  dovul  shamollari  va  suv 
toshqinlari  ko‘plab  shahar va  qishloqlarning vayron  b o ‘lishiga  olib  keladi.
4 .3.  Notropik sirkulyasiya
Yer  sirti  yaqinidagi  havo  bosim ining  geografik  taqsim oti  kartalaridan 
ko'rinadiki, yanvar va iyul oylarida  ikkala qutblarning ustida 60°—70° keng- 
liklar ostidagiga  nisbatan bosim  yuqoriroq b o ‘ladi  (18,  19-riasmlar).  Bu  — 
qutbiy  hududlarda  antisiklonlar  siklonlarga  q arag an d a  k o ‘proq  rivojlan- 
ishini bildiradi.  Mos ravishda yer sirti yaqinida u yerda sharqiy yo‘nalishdagi 
sham ollar  ustivor  b o ‘ladi.  Shimoliy  qutb  h u d u d id a  antisiklondan  hosil 
b o ‘lgan  yuqori  bosimli  o'rkach  G renlandiyaga  c h o ‘ziladi.  Kattaroq  va 
muzlagan A ntarktidaning ustida bundan ham  kuchliroq va turg‘un antisik- 
lon  kuzatiladi.
Yer sirtiga yaqin joylashgan  sovuq antisiklonlarda  havo bosimi yuqori- 
ga  ko'tarilgan  sari  tez  kamayganligi  uchun  o ‘rta  troposferada  (3  km  dan 
balandroqda)  yuqori bosimli  hududlar o'rnini  past bosim li  hududlar,  y a’ni 
qutbiy kengliklarga yaqin  hududlarni o ‘z sirkulyasiyasi bilan qamrab oigan 
siklonlar egallaydi.  0 ‘rta va yuqori  troposferada,  h am d a quyi stratosferada 
kuzatiladigan bu  siklonlar sirkumpolyar siklonal uyurmalar deb  ataladi.  Iy- 
ulda shimoliy qutb ustida quyi stratosferada sirkulyasiya o ‘z ishorasini teska- 
risiga  o‘zgartiradi,  bu  yerda  past  bosimli  hudud  o ‘rniga  sirkumpolyar  an- 
tisiklonal uyurma  yuzaga  keladi.
Q utblar ustidagi  past  bosim li  hududlarning  tro p ik   kengliklardagi  y u ­
qori bosimli zonalar bilan  o‘zaro ta ’siri  natijasida  ikkala yarim sharlarning 
20°—25°  dan  80°  kengliklar  zonasigacha  o ‘rta  va  yuqori  troposferada, 
ham da  quyi  stratosferada  g‘arbdan  sharqqa  y o ‘n alg an   havoning  zonal 
ko'chishi  yuzaga  keladi  (20,  21-rasm lar).  R asm lard an   k o 'rin ib   turibdiki,
61

1 8 -rasm .  Y an v ard a  dengiz  sathida  havoning  o 'rta c h a   bosimi  (gPa).
too 
«30 
0 0  
4 0  
О 
40 
8 0  
150 
l«0
1 9 -ra s m .  Iyulda  dengiz  sathida  havoning  o 'rta c h a   bosimi  (gPa).
62

2 0 -rasm .  300  gPA  izobarik  sirtning  dekabr-fevraldagi  o ‘rtac h a   m u tla q   balandligi. 
Balandlik g e o p o te n sia l  dekam etrlarda.
Balandlik  g e o p o te n sia l  dekam etrlarda.

shim oliy  yarim sharning  okean  va  q it’alari  ustida  izogipsalarning  defor- 
masiyasi  kuzatilad i,  ayniqsa  qishda  b u   deformasiya sezilarli.  Q ishda  Shi­
m oliy A m erik a va Osiyo q it’alari ustid a sovuq o'choqlarga m os keladigan 
botiqliklar,  A tlan tik a  va  T inch  okeanlarining  shimoliy qism larida  G olf- 
strim   va  K u ro sio   iliq  okean  o q im lari  ustiga  mos  keladigan  o 'rk ach lar 
yaqqol  ifodalangan.
N o tro p ik  kengliklarda sirkulyasiyaning zonal va meridional turlari ajra- 
tiladi.
Sirkulyasiyaning zonal turida yarim sharning  katta qismi,  ba’zida butun 
yarim shar b o 'y ich a yaqqol ifodalangan havoning g'arbiy ko'chishi ustunlik 
qiladi.  H u d d i  shu yo'nalishda  harakatchan  siklon  va  antisiklonlar yetarli- 
cha tez harakatlanadi.  Barik topografiya kartalarida izogipsalar ham  zonal 
yo‘nalishga ega b o ia d i.  Izogipsalar yer sirti yaqinida harakatchan siklon va 
antisiklonlar  harakatiga  mos  holda  t o ‘lqinsimon  tebranishlarga  ega.  Sikl- 
onning orqa qismidagi sovuq havoning bostirib kelishi qisqa muddatli b o ‘lib, 
quyi  kengliklarga  uzoqqa  yetib  borm aydi,  shuning  uchun  ham   kenglik- 
lararo  issiqlik  almashinuvi  kuchsiz.
Sirkulyasiyaning meridional turida subtropik  antisiklonlar bilan genetik 
bog‘liq  b o 'lg an   iliq  to ‘suvchi  antisiklonlar  paydo  bo'lishi  natijasida  barik 
m aydonning  kuchli  m eridional  o ‘zgarishlari  yuzaga  keladi  (22-rasm ). 
T o'suvchi  antisiklonlardan g'arbda va  sharqda sovuq  markaziy siklonlarga 
aylanishi  m um kin  bo‘ladigan  ch u q u r  barik  botiqliklar  hosil  b o ‘ladi.  Bu 
barik  tizim   katta  balandliklargacha  cho'zilib,  butun  troposferada  g'arbiy 
ko‘chishni  buzadi.  Siklonlarning  old  qismlarida,  antisiklonlarning  orqa 
qism larida  quyi  kengliklardan  yuqori  kengliklarga  iliq  havo  massalarini 
olib keluvchi kuchli  havo oqimlari yuzaga keladi.  Siklonlarning orqa qism ­
larida va antisiklonlarning old qism larida esa,  aksincha,  sovuq arktik  havo 
massalari  yuqori  kengliklardan quyi  kengliklarga olib kelinadi.  Shu sababli 
Yer sharining  yuqori  va quyi  kengliklari orasida  yetarlicha jadal  issiqlik va 
nam lik  alm ashinuvi  o ‘rnatiladi.
Y uqorida  tavsiflangan  sirkulyasiya  turlarining  har  biri  yarim sharning 
birm u ncha  katta  qismida,  b a’zida  butun  yarimsharda  hukm ronlik  qiladi. 
Siklonal  faoliyat  m exanizmining  xususiyatlari  tufayli  sirkulyasiya  turlari 
bir-biriga  o ‘tib,  y a’ni  yil  m obaynida  k o ‘p  almashinib  turadi.
Janubiy yarim sharda shimoliy yarimshardagiga nisbatan sirkulyasiyaning 
zonal turi  m eridional turdan  ko‘proq kuzatiladi.  Bu janubiy yarim sharning 
birjinsliroq  b o ‘lgan  okeandan  iborat  to ‘shalgan  sirti bilan  izohlanadi.
Sirkulyasiyaning zonalligi yoki meridionalligini miqdoriy ifodalash uchun 
sirkulyasiya  indekslari deb ataladigan  son  ko‘rsatkichlari qo'llaniladi.  U l- 
ardan  eng  oddiysi  —  bu  kengliklararo  bosim  farqidir (kengliklar aylanasi 
b o 'y ich a  o 'rta c h a la n g a n ).  Bu  ayirm a  qancha  katta  b o ‘lsa,  k o ‘rilayotgan
64

2 2 -rasm .  P rim er  m erid io n ain o g o   tip a   sirkulyasii  n a   k arte  ab so ly u tn o y  
topografii  p o v e rx n o sti  500  gPa.
kengliklar  orasidagi  o ‘rta  m eridional  bafik  gradiyenti  va  havo ning   zonal 
ko'chishining  intensivligi  sh uncha  k a tta   bo'ladi.  Z o n al  in d ek s  sifatida 
geostrofik sham ol  zonal tashkil  etuvchisining o ‘rtach a  q iy m atin i q o ‘llash 
m um kin.
Siklonik faoliyat  notropik  kengliklardagi  atm osfera  sirkulyasiyasining 
asosiy xususiyati  hisoblanadi.  Siklonik  faoliyat deganda,  atm osferada yirik 
masshtabli  past  va  yuqori  bosimli  atm osfera  g‘alayonlari  -  siklon  va  an- 
tisiklonlarning  doimiy ravishda  shakllanishi,  rivojlanishi  va  harakatlanijhi 
tushuniladi.
4.4.  Yanvar va iyulda dengiz sathida 
bosimning  geografik taqsimoti
Y anvar va iyul oylari uchun  dengiz sathidagi ko‘p yillik o ‘rtach a bosim 
taqsim oti  kartalaridan  ko'rinadiki,  geografik  nuqtai  n azard an   bosim  taqsi­
m oti  zonal  xarakterga  ega  (18,  19-rasm ).  Bu  kartalarda  k o ‘rsatkich  bilan 
sham olning  natijalovchi yo‘nalishi  ko'rsatilgan.  Q uruqlik va  suv  havzalar- 
ining  notekis taqsimlanganligi  u c h u n   barik  m aydon  berk  izobarali  past va 
yuqori bosimli alohida sohalarga b o 'lin ad i.  Bu sohalar atm osferaning  ta ’sir 
markazlari  deb  ataladi.  Agar  b u   m arkazlar  yilning  b arch a  oylari  uchun 
tuzilgan  iqlimiy  kartalarda  mavjud  b o ‘lsa,  ular  permanent  m arkazlar  deb
65

ataladi.  Agar ular faqat yozgi yoki  qishki kartalarda ko'rinsa,  ta’sir m arka- 
zlari  m avsum iy  m arkazlar deb  nom lanadi.
Yanvar. Yanvar oyi  kartasida past bosimli soha — bosimi  1010 gPa dan 
past  b o 'lg an   ekvatorial botiqlik yaqqol  ko‘rinib  turibdi.  Ekvatorial  botiqli- 
kning o ‘qi q a t’iy ekvator b o ‘ylab joylashmagan.  Ekvatorial botiqlik o ‘qi yil 
m obaynida  o 'rta ch a  5°  sh.k.  da  joylashadi.  Bu  meteorologik  ekvatordir. 
Y anvarda  o 'rta ch a u 5° j.k.  atrofida yotadi.  Quruqlik va dengizlar orasidagi 
harorat  rejimidagi  farqlar  shunga  olib  keladiki,  quruqliklarda  ekvatorial 
botiqlikning  o ‘qi  janubiy  yarim sharda  15°—17°  j.k.  gacha  yetib  boradi. 
O keanlar ustida botiqlik  o ‘qi shim oliy yarimsharda Tinch okeani ustida  8° 
sh.k.  da  kuzatiladi.
Ekvatorial  botiqlikdan  shim ol  va janub  tom onda  bosim  ortayotganligi 
u ch u n   uning  o'qida  shimoliy  va janubiy  yarimsharlar  havo  oqim larining 
yaqinlashishi  (konvergensiya)  kuzatilishi  kerak  (8-rasm ).  Lekin  ekvatorial 
botiqlik  sohasida  konvergensiya  b ir  xil  ifodalanmagan.  Ekvatorial  botiqli­
kning  havo  oqim lari  konvergensiyasi  yaxshi  rivojlangan  qismi,  yuqorida 
aytib  o ‘tganim izdek,  ichki  tropik  konvergensiya  zonasi deb  ataladi.  Odatda 
b ir  n ech ta  zonalar hosil  boMadi,  aksariyat  hollarda  —  ikkita.
Ekvatorial  botiqlikning  ikki  tom onida yuqori  bosimli subtropik zonalar 
aniqlanadi.  U lar berk  izobarali  alohida joylashgan subtropik antisiklonlarga 
ajraladi.  Ayniqsa,  bu  antisiklonlar janubiy yarimsharning  uchta  okeanlari 
ustida  yaxshi  ifodalangan  (m arkazi  30°—35°  j.k.  da,  markazdagi  bosim 
1020  gP a  dan  yuqori).  Shim oliy  yarim sharda  subtropik  antisiklonlarning 
m arkazlari  30°—35°  sh.k.  da  A tlantika  va  Tinch  okeanlarida  aniqlanadi 
(1020 gP a teng boMgan berk izobaralar). Atlantika okeanidagi antisiklon  — 
Azor,  T inch  okeanidagi  esa  —  Gonolulu  antisikloni  deb  ataladi.
Afrika  q it’asi  shimolida  va  Osiyo  janubida  yuqori  bosimli  soha  past 
bosimli  soha  bilan  almashadi.  U   termik  depressiya  deb  ataladi.
Jan u b iy   yarim sharning  o ‘rta  va  qutboldi  kengliklarida,  subtropik  an - 
tisiklo nlardan  janubroqda  uzluksiz  past  bosimli  zona  joylashgan.  Shi­
m oliy yarim sharning  mos  kengliklarida  past  bosimli  zona  faqat  okeanlar 
ustida  aniqlanadi.  U  okean depressiyalari deb ataladi.  A tlantika okeanin- 
ing  shim olida  —  Islandiya,  T in c h   okeanining  shim olida  —  Aleut depres­
siyalari  kuzatiladi.  Okean  depressiyalarining  m arkazlarida  havo  bosimi 
1000  g P a  dan  past  boMadi.
Shim oliy Amerika va Osiyo  q it’alari  ustida yanvarda qishki  antisiklon­
lar vujudga  keladi,  ular  Osiyo  va  Kanada  antisiklonlari  deb  ataladi.  Osiyo 
antisiklonining  m arkazida  havo  bosimi  1035  gPa,  K anada  antisiklonida 
esa  — 1020 gPa  dan  yuqori  boMadi.
Osiyo  antisikloni  butun  Janubi-sharqiy Osiyoni  egallaydi.
Q utbiy  hududlar ustida bosim   yana  ko'tarila  boshlaydi.
66

Iyul.  Iyulda ekvatorial botiqlik shim ol tom on siljiydi.  U ning o ‘qi o 'rta ch a 
15°  sh.k.  atrofida  joylashgan  b o ‘ladi,  ekvatorial  botiqlikning  o ‘rni  esa  2° 
sh.k.  dan  27°  sh.k. gacha o ‘zgaradi.
Ikkala yarim sharlarda subtropik antisiklonlar shimol to m o n  siljiydi,  shi- 
moliy yarim sharda  siljish  katta  boMadi.  Antisiklonlam ing  m arkaziy  qism - 
larida  o ‘rtacha bosim janubiy yarim sharda  —  o ‘rtacha  2—7  g P a,  shim oliy 
yarim sharda esa - 3-4 gPa ga ortadi.  Shim oliy yarim sharda q it’alar ustidagi 
antisiklonlar  o'rn ig a  past  bosimli  soh alar  hukm ronlik  qiladi.  B ular  S hi­
moliy  Afrika  va  Osiyoda  —  Janubiy  Osiyo  termik  depressiyasi,  Shim oliy 
A m erikada  —  Meksika  depressiyasidir.
Shim oliy yarimsharda qutboldi va qutbiy kengliklarda past bosim li  zona 
saqlanadi,  lekin  qishdagiga  qaragand a  uning  intensivligi  kam roq  b o ‘ladi. 
Janubiy yarim sharda  qutboldi  kengliklarida  yanvar va  iyulda  past  bosim li 
zona  saqlanib  qoladi.
Iqlim iy  kartalarda  atmosfera  t a ’sir  m arkazlarning  mavjudligi,  u lar  yil 
yoki  m avsum  davomida  Yerning  m a ’lum  joyida  doim iy  holda joylashadi 
degani  emas.
U lar  tez-tez  bir-birini  alm ashtiradi.  Faqat  bir joyda  siklonal  faoliyat 
antisiklonal  faoliyatdan  faolroq,  boshqa joylarda  esa  aksincha.
4.5.  Atmosferada namning aylanishi
1. 
Y ern in g   b arch a  suv  re su rslari  —  y er  yuzidagi,  yer  o s tid a g i,  tu p - 
roqdagi  suv va  atm osferadagi  n a m lik   —  ta b ia td a   suv  aylan ishi ja ra y o n i 
dav o m id a  b ir-b iri  bilan  c h a m b a rc h a s   bogMiqdir.
Dunyo  suv  balansi  deb  Y erd a  suvning  aylanish  ja ra y o n id a g i  tu rli 
k o 'rin ish la ri  orasidagi  nisbatlari  tu sh u n ila d i.  Suv  ay lan ish i ja ra y o n id a  
xususiy  suv  balanslari  ko‘rilishi  m u m k in :  okean  u c h u n   —  bugM anish, 
yogMnlar va  d aryolar ham da  y er o sti  suvlari  oqib  kelishi  o ra sid a ;  q u ru - 
qlik  u c h u n   —  bugManish,  yogM nlar,  in filtrasiya  va  d ary o   su vlari  o ra s- 
ida;  atm o sfera  u ch u n   —  bugM anish,  yogM nlar va  nam   k elish i  o ra sid a .
S irtn in g   tu rli  qism lari u c h u n   suv  balan si  quyidagi tenglam alar bilan 
ifodalanishi  mumkin:  q u ru q lik n in g   c h e k k a   qism lari  u c h u n :
Eq  =   rq - f q , 
(4.1)
D aryo  suvlari  okeanlarga  chiqm aydigan  hududlar uchun:
Eq  =   rq , 
(4.2)
D unyo  okeani  uchun:
E0  =   r0 + f q) 
(4.3)
67

B utun Yer shari uchun:
Eq + E 0  =  r 
(4 -4)
bu  yerda  E ,  rq,  f q  —  quruqlikdagi  bug'lanish,  yog'inlar va  daryo  suvlari- 
ning  oqishi  (stok),  E0,  r0  —  okeanlardagi  bug‘lanish  va  yog‘inlar,  r  — 
b u tu n   Yer sharidagi  yog‘inlar.
4.1-jadvalda  suv  balansining  asosiy  tashkil  etuvchilari  keltirilgan.H ar 
yili Y er shari yuzidan  577  m ing  km 3 suv bug'lanadi,  shu jum ladan,  okean- 
lar yuzidan  505  ming km 3,  quruqliklardan — 72 ming km 3.  Bug‘langan suv 
atm osferada kondensasiyalanib, yog'inlar ko'rinishda Yerga tushadi.  Okean- 
lard a  yo qqan  yog‘in larn in g   yillik  m iqdori  bug‘langan  suv  m iqdoridan 
47  m ing  km 3  ga  kam.  Bu  ortiq ch a  namlik  havo  oqim lari  bilan  q it’alarga 
kelib,  daryolar,  ko‘llar,  m uzliklar va yer osti suvlarini  shakllantiradi.  H ud- 
di  shunday  suv  hajmi  yil  m obaynida  daryolar  suvlari  va  yer  osti  suvlari 
ko 'rinishida  okeanlarga  qaytadi.
4 .1-jadval
B utun  Yer  shari,  quruqlik  va  Dunyo  okeani  uchun  yillik  suv  balansi
Suv  balansining 
tashkil  etuvchilari
H ajm , 
m ing  km 3/yil
Q atlam ,
m m /yil
%
D unyo  okeani  (S = 361  106  km2)
Y o g 'in la r
458
1270
90,7
O q ish
46,8
’ 
130
9,3
B u g 'la n ish
504,8
1400
100
Q uruqlik (S = 1 4 9   106 km2)
Y o g 'in la r
119,1
800
100
O q ish
46,8
315
39,3
B u g 'la n ish
72.3
485
60.7
Y er  sh a ri  (S = 5 1 0   106  km2)
Y o g 'in la r
577,1
1130
100
B u g 'la n ish
577,1
1130
100
N am lik aylanishining eng faol bo‘g‘ini — bu okeanlar sirtidan bug‘lanish, 
bug‘ning havo oqimlari bilan q it’alarga kelishi va yog‘inlardir.  Shunga  mos 
ravishda  tashqi  va  ichki  nam lik  aylanishi ajratiladi.
A gar yog‘inlar tashqaridan kelgan namlik hisobiga shakllansa, bu nam ­
lik  aylanishi  tashqi namlik  aylanishi deb  ataladi.
A gar suvning bug'lanishi va yog'inlam ing yog'ishi o ‘sha quruqlik hudu- 
dida sodir b o ‘lsa, bu namlik aylanishi  ichki namlik aylanishi deyiladi. Tashqi 
va  ichki  suv  aylanishlari  um um iy  nam lik  aylanishini  tashkil  qiladi.
Yillik yog'inlar um um iy  m iqdori,  atmosferaning  0—7  km  li  qatlam i  va 
suv  b u g ‘i  ko'chishining  o 'rta c h a   zonal  tezliklari  m a’lum otlari  asosida 
hisoblangan Yer shari atmosferasidagi  namlik aylanishining xarakteristikalari
4.2-jadvalda  keltirilgan.
Каталог: storage -> web -> source
source -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi t. S. Xudoyberdiyev, B. P. Shaymardanov
source -> O’zbekiston respubikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi barayev f. A
source -> O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy va o‘rtа mахsus tа’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
source -> S. gazinazarova. I. Aхmedov. B. Muхamedgaliyev. A. Хojiyev
source -> Referat mavzulari «Irrigatsiya va melioratsiya»
source -> O'zbekiston respubukasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
source -> Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
source -> В. tojiboyev, D. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va saqlash jarayonlarini
source -> Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling