Iqlimshunoslik


Download 7.8 Mb.
Pdf просмотр
bet7/17
Sana15.12.2019
Hajmi7.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17

68

»
N am   havo  zarrachasining  o ‘rta  kenglik  doirasi  bo'yicha  b ir m a rta   ay- 
lanib chiqishini  ko'raylik.
4.2-jadvaldan  ko'rinib  turibdiki,  suv  bugMning  butunlay  yangilanishi 
8,1  sutkada  kuzatiladi.  Bir  yilda,  dem ak,  havodagi  nam lik  45  m a rta   al- 
mashadi.
Yer shari  u chun  havoning  o 'rta c h a  zo nal  tezligi  2,9  m /s yoki  220  k m / 
sutka  ga  teng.  Suv  bugMning  o‘rta  kengliklar  doirasi  b o ‘yicha  b itta  to 'liq  
aylanishi  109  sutkada amalga oshadi.  60°  sh.k.  da siklonal  faoliyat  u stun lik  
qilgan joyda suv bug‘i o'rtacha 4,1  m /s (345  km /sutka) tezlik bilan ko‘chadi. 
K o'rsatilgan  sharoitlarda  suv bug‘ining  aylanishi vaqti  57,9  sutka.
4.2-jadval
Yer  shari  atm o sferasid a  nam lik  aylanishi________________________
1.
Y og'inlar  r,  m 3/yil
577  -  1012
2.
A tm osferadagi  nam lik 
W,
  m 3
12,9  •  10'2
3.
BugManish  mavjudligida atm osferada  suv  bug'ining 
alm ashinishi  soni,  N = P /W
45
4.
B ug'ning  bir  m arta  almashishi  davom iyligi,  sutka
8,1
5.
Suv  bug‘i  zonal  ko‘chishining  o ‘rtach a  tezligi  9 V,  km /sutka
220
6.
Suv  bug'ining  Y er shari  atrofida  bir  m a rta  aylanishiga  sarf- 
langan  vaqt, 
t
=1/3x,  (/=24 •  103  km   —  kenglik  doirasining 
o 'rta ch a  uzunligi),  sutka
109,4
7.
Adveksiya  va  bug'lanish  natijasida  atm osferada  paydo  b o 'l- 
gan  nam likning  o 'rta   parallel  (/= 2 4 0 0 0   km )  bo'yicha  bir 
m arta  aylanishidagi  nam  alm ashishlari  soni, 
k=x •  N/365
13,5
8.
O keandan  kelayotgan  havoning  nam ligi,  %
80
9.
Y og'inlar  hosil  bo'lishiga olib  kelm aydigan  havoning 
nam ligi,  %
40
10. Bug'lanish  bo'lm aganda  atm osferada  b u g 'n in g   almashishlar 
soni  (bitta  alm ashish  -  8,1  sutka), 
N ’=  P / 0 , 5 N
0,5
11. Y og'inlar  hosil  bo'lishi  sharoitlarini  belgilaydigan  havo  nam - 
liklarining  nisbati  (bug'lanish  bo 'lm ag an d a)
0,5
12. Faqat  suv  bug'i  adveksiyasi  natijasida  atm osferada  paydo 
bo'lgan  nam likning  o 'rta   parallel  ( /= 2 4 0 0 0   km )  bo'yicha  bir 
m arta  aylanishida  almashishlar  soni  (bugManish  y o ‘q)
0,5
13. Real  bug'lanishni  hisobga olinganda  yog 'in larn in g   bugManish 
yo'q  deb  qabul  qilingandagi  yog'inlarga  nisbati  (o 'rta   parallel 
bo'yicha  bitta  aylanish  davomida  / = 24000  km)
27
BugManish va adveksiya hisobga o lingan holda o ‘rta parallel b o 'y lab  bir 
aylanishda suv bug‘ining alm ashishlar soni 
k =
 
13,5  koeffisiyenti  bilan  ifo- 
dalanadi.  YogMnlar  to'xtaydigan  nisbiy  nam likning  (40%)  o k ea n la rd an  
qit’aning  sham olga  qaragan  tom oniga  kelgan  havo  m assalarining  nisbiy 
namligiga (80%) nisbati 0,5 teng bo'Isin. Bu bugManish boMmaganida, o kean -
69

lardan yetib  kelgan  havodan  50%  namlik ajralishini bildiradi.  Keyinchalik 
havoning o'zgarm as h aroratida suv bug'ining  ko'chishi  yog‘insiz  kuzatila- 
di.  S hunday  qilib,  b ir  aylanish  davom ida  bug‘lanish  y o g 'in larn i  suv 
bug'lanishi  boMmaydigan  holatdagidan  27 barobar kuchaytiradi  (havo  ha- 
rorati  o'zgarm as  bo‘lganida).
B archa  qit’alarda  suv  aylanishi  tashkil  etuvchilarining  hisob-kitoblari 
quyidagini ko‘rsatdi.  Bir yilda okeanlardan quruqlikka  100600  km3 hajm d- 
agi  nam lik keladi.  Lekin,  nam likning barchasi q it’alarda yog‘ib tushmaydi. 
U m um iy hajmdan  34%  (34500  km 3) quruqliklardan  o ‘tib yana okeanlarga 
yetib  boradi.  Turli  q it’alard an   tran zit  bo‘lib  o ‘tayotgan  namlik  hajmi  har 
xil  b o ia d i.  Masalan,  Osiyo,  Shimoliy va Janubiy Am erikalardan  okeanlar 
nam ligining  20%,  A frikadan  —  38%,  Yevropadan  —  48%,  Avstraliyadan
—  76%  tranzit  bo‘lib  o ‘tadi.
Janubiy Amerikada yog'inlarning  eng  katta  m iqdori  kuzatiladi,  ularn- 
ing  katta  qismi Atlantika  okeanidan  kelgan  suv bug'idan  hosil  bo'ladi.
Y og'inlar  hosil  bo'lishi  u ch u n   eng  noqulay sharoitlar Avstraliyada  yu- 
zaga  keladi.  Bu yerda q it’a d a n   tashqariga chiqib  ketayotgan  suv bug'ining 
m iqdori  yog‘inlar m iqdoridan  3  barobar katta  bo‘ladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.  A tm osferaning  u m u m iy   sirkulyasiyasi  yuzaga  kelishining  asosiy  om il- 
lari  qaysilar?
2.  Atmosfera ta ’sir  m arkazlari  nim a va ular atm osfera sirkulyasiyasida qan- 
day  rol  o ‘ynaydi?
3.  Iqlim iy  frontlar  n im a?  T u rli  mavsumlarda  u larning  geografik joylashi- 
shi  qanday?
4.  Subtropik  antisiklonlar  hosil  b o ‘lishining  sababi  nim a?  U lar  qancha  va 
qayerda joylashgan?
5.  Passatlar  nim a?  U larn i  tushuntirib  bering?
6.  Ekvatorial  botiqlik  q an d a y   sabablarga  ko‘ra  yuzaga  keladi?  Tropik  ichi 
konvergensiya  zonasi  nim a?
7.  M ussonlam i  atm osferaning  um um iy  sirkulyasiyasi  o b ’ekti  sifatida  tush­
untirib  bering?
8.  Yozgi  va  qishki  O siyo  m ussonining  xususiyatlari  qanday?
9.  Tropik siklonlarning  to 'liq  xarakteristikasini bering (paydo bo'lishi,  rivo- 
jlanish  bosqichlari  va  boshqalar).
10.  0 ‘rta kengliklar troposferasidagi g ‘arbi-sharqiy ko'chishning hosil boMishi 
sabablari  nim ada?
11
.  N otropik kengliklardagi  sirkulyasiyaning asosiy turlarini  xarakterlab ber­
ing?
70

V  BOB.
  IQLIMNING GEOGRÄFIK OMILLARI
5.1.  Quruqlik va dengizning iqlimga ta’siri
D engiz va quruqlikning iqlimga ta ’siri  turlicha.  Bu birinchidan,  u la m - 
■ ing  issiqlik  sig'im i  va  issiqlik  o'tkazuvchanliklarining  bir-biridan  k eskin 
farq qilishi bilan bog'liq. Ikkinchidan, quruqlikda va suvda issiqlik alm ashinu- 
vi va namlik aylanishi turlicha bo'ladi. V a nihoyat,  okean oqim lari  suvning 
term ik  holatiga  ta ’sir etadi.
Okeanlar va qit’alar iqlimiga yuqorida sanab o'tilgan om illam ing t a ’sirini 
ko'rib  chiqaylik.
Suvning  issiqlik  sig'imi  katta  boMganligi  u ch u n   u  quruqlikka  n isb atan  
sekinroq  isiydi  va  soviydi.  Turbulent  issiqlik  alm ashinuvi  natijasida  suv 
havzalarida katta chuqurliklargacha suv m assalarining  isib borishi  k uzatila- 
di.  Shu  sababli,  suv  haroratining  sutkalik  va  yillik  o ‘zgarishlari  k a tta  
bo'lm aydi.  O kean,  dengiz  va  katta  k o ‘llar  issiqlik  regulyatorlari  rolirii 
o ‘ynaydi.
Suvning sho‘rligi issiqlikning chuqurroq qatlam larga uzatilishida m a ’lum  
ahamiyatga  ega.  S ho‘r  suvning  sirtidan  kuchli  bug'lanishda  uning  y u q o ri 
qatlamlari soviydi va ular zichroq b o ‘lib qoladi.  N atijada,  ular pastga tu s h - 
ib,  ularning  o ‘rniga  chuqurlikdan  issiqroq  suv  k o ‘tariladi.  K onvektiv  x a - 
rakteiga  ega  b o ‘lgan  suvning  aralashishi  yuzaga  keladi.  C huchuk  suvda 
bunday jarayon  suvning  harorati  4°C  ga  yetguncha  davom  etadi,  c h u n k i 
aynan shu haroratda suv eng katta zichlikka ega.  Suvning harorati 0°C g ach a 
pasayganda  u  muzlaydi.
Sho‘r  suvda  sho'rlik  qancha  katta  b o ‘lsa,  muzlash  harorati  sh u n c h a  
past boMadi.  D engiz suvining o ‘rtacha sh o ‘rligi  taxm inan 30—35 p ro m ille - 
ga  teng  bo‘ladi.  D engiz  suvining  b un d ay   konsentrasiyasida  u  m aksim al 
zichlikka tahm inan -2°C  teng bo'lgan  h a ro ra td a  erishadi,  bu harorat  m u z - 
lash  harorati  deb  ataladi.
Sho‘rligi 25 promilledan katta b o ‘lgan dengiz suvining muzlash xossalari 
yuqori kengliklardagi dengiz iqlimiga ega m am lakatlar uchun katta aham iyat 
kasb etadi. Yilning sovuq vaqtida manfiy haroratlarda ham suv havoga o ‘zidan  
katta  issiqlikni  berishda  davom  etadi.  S h uning  u ch u n   suv sirtida  m u z  q o - 
plam ining  paydo  boMishi  sekinlashib,  yuqori  kengliklardagi  b a ’zi  jo y la rd a  
qish mobaynida dengiz va okeanlarning k atta qismlari  m uzdan holi b o 'Iad i.
71

Buning hammasi yuqori kengliklarda qirg'oqdagi hududlaming iqlimiga isitu- 
vchi va yumshatuvchi ta ’sir o'tkazadi.
Yilning  iliq vaqtida  yirik  suv havzalari  ko‘p  m iqdorda  issiqlikni  yig‘ib, 
yilning sovuq vaqtida u n i atm osferaga uzatadi. N atijada  havo haroratining 
yillik  am plitudalari  sezilarli  kamayadi.  Dengizga yaqin joylashgan  hudud- 
larda bahor va yoz dengizlardan uzoq joylardagiga nisbatan salqinroq,  kuz 
va  qish  esa  iliqroq  b o ‘ladi.
Tuproqda  issiqlik  alm ashinuv jarayonlari  boshqacha  kechadi.  Tuproq- 
d a  issiqlik  u z a tilis h in in g   asosiy  m exanizm i  —  m o lek u ly ar  issiqlik 
o'tkazuvchanlikdir.  Shu  bilan  birga  quruqlikning  issiqlik  sig'im i  suvning 
issiqlik sig'im idan  an ch a  kichik.  Shu sababli, quruqlikning isishi va sovishi 
suvdagiga nisbatan  an ch a kichikroq chuqurliklarga tarqaladi.  Quruqlikning 
isishi  va  sovishi  suv  sirtlaridagiga  nisbatan  tezroq  sodir  bo'ladi.  Shuning 
uchun ,  quruqlik  ustidagi  harorat  tebranishlari  katta va  bunga  muvofiq yer 
sirtiga  yaqin  joylashgan  havo  harorati  amplitudalari  ham   katta  bo‘ladi. 
B undan  tashqari,  quruqlikda  bug‘lanishga  sarfianadigan  issiqlik  miqdori 
ancha kam bo'ladi.  N atijada, yuqorida sanab o ‘tilgan omillar ta ’sirida quruq- 
liklar  ustidagi  havo  h aroratining  sutkalik  va  yillik  o ‘zgarishlari  suv  sirti 
ustidagiga  nisbatan  a n c h a  k atta  bo‘ladi.
Suv  va  quruqliklar  ustida  issiqlik  va  namlik  rejimlari  shakllanishidagi 
farqlar,  dengiz va okeanlar,  orollar va  qirg‘oqbo‘yi  hududlarda dengiz yoki 
okean iqlimi
 
deb ataluvchi  o ‘ziga xos iqlim turlarining shakllanishiga sabab 
bo'ladi.  Quruqliklar  ustida  shakllanadigan  iqlim  q it’a  yoki  materik  iqlimi 
deb  ataladi.
Iqlim ning k o ntinentallik darajasi suv va quruqliklarning nisbiy taqsim - 
otiga bog‘liq bo‘lib, q it’alar ichkarisiga kirib borgan sari ortib boradi. Qirg‘oq 
chiziqlarining kuchli notekisligi iqlimning kontinentallik darajasini  kamayti- 
radi.  K ontinentallik darajasi  nafaqat harorat rejimida,  balki yog‘inlar m iq- 
dorida  ham   nam oyon  bo'ladi.  Okeanlardan  uzoqlashgan  sari  yog'inlar 
miqdori  kamayadi.  M asalan,  Sibirning  shimoli  sharqida joylashgan  Verx- 
oyanskda bir yilda  130  m m  yog‘inlar yog'adi.  Aynan shu paytda,  taxm inan 
shu  kenglikda joylashgan G relandiyaning Janubi-sharqiy qirg‘og‘ida (Ang- 
machsalik)  bir  yilda  870  m m   yog‘in  yog'adi.  0 ‘rta  kengliklardagi  konti­
nental  iqlim  sharoitida  (O stona,  Qozog'iston)  b ir  yilda  330  m m   yog'in 
yog‘adi.  Xuddi  shu  kenglikda,  faqat  dengiz  iqlimda  (Killarniy,  Irlandiya) 
yillik yog'inlar  m iqdori  1440  m m   ga  yetadi.
Iliq  va  sovuq  okean  oqim lari  iqlimga sezilarli  ta ’sir ko'rsatadi.
Yuqori kengliklarga yo'nalgan iliq oqimlar (Golfstrim,  Kurosio), ular yu- 
vib turadigan qirg‘oqlarda haroratning kichik yillik amplitudalari va o ‘ta iliq 
qish bilan xarakterlanadigan iqlimni yuzaga keltiradi.  Bu yerda yog‘inlar miq­
dori katta bo'Iib, ko‘p hollarda momaqaldiroqlar bilan birga kuzatiladi. Golf-
72

strim suvlari  10  ming  km  masofani  o ‘tib,  Floridadan  Shpisbergan va Yangi 
Yer orollarigacha kirib boradi. Bu oqim  sho'rligi va zichligi turli bo‘lgan ulkan 
suv massalarini ko'chiradi.  Eni  120 km  gacha, qalinligi 2 km  g acha etadigan 
Golfstrim oqim ida ko'chirilgan suvlarning hajm i Yer sharidagi barch a dary- 
olar suv  hajm idan  22  marotaba  katta.  G ‘arbiy Yevropa  qirg‘oqlari  yaqinida 
oqim ning harorati yozda  13°—15°C,  qishda 8°C issiq b o ‘ladi. G olfstrim   Shi- 
moliy Yevropa qirg‘oqlarini yuvib  o ‘tib,  Barens va  Kar dengizlari  havzalar- 
igacha yetib borib, g'arbiy Arktika iqlim ini ancha ilitadi.
Baffin  dengizidan  Golfstrimga  qaram a-qarshi  yo'n alg an   sovuq  katta 
L abrador oqim ijanubga chiqib, u  L abrador yarim orolini  sh arq d an  aylanib 
o ‘tadi.  A Q Sh  qirg‘oqlari  yaqinida  u   G olfstrim   oqim i  bilan  deyarli  to ‘g‘ri 
burchak ostida uchrashib, subqutbiy gidrologikfrontini hosil qiladi.  Bu oqim lar 
uchrashgan  joyda  suvning  haro rati  noldan  +16°C  gacha  tebranad i.  Bu 
atm osferaning  termodinam ik  holatiga  katta  ta ’sir  ko'rsatadi.  A ynan  shu 
joyda  siklonlar yuzaga  keladi.
T inch  okeanida sharqiy ekvatorial  passat  oqim ining  shim oliy  tarm o g'i 
Filippin  orollari yaqinida shimolga  buriladi.  Tayvan  orolidan  shim olroqda 
u kuchayib,  Kurosio iliq  oqim ini  hosil  qiladi.  Yaponiya qirg 'o q larin i yuvib 
o ‘tuvchi bu  oqim  41°  sh.k.  dan  sh im olroqda  kuchsizlanib,  sh arq qa  burila­
di.  Shimoliy Amerika qirg‘oqlariga yetib, u ikkiga ajraladi.  Shim olga Alyaska 
va  Aleut  orollarining  nihoyatda  sovuq  iqlim ini  yum shatuvchi  iliq  Aleut 
oqim i ketadi. Janubga esa sovuq  oqim ga aylangan  K aliforniya  oqim i keta- 
di.  U ning  ta ’sirida  AQSh  va  M eksikaning  g'arbiy  qirg'oq larida  nisbatan 
salqin yoz  kuzatiladi.
Oxirgi  yillarda  El-Ninyo  hodisaning  o ‘rganilishiga  k atta  e ’tib o r  ber- 
ilmoqda.  Bu  Tinch  Okeanining  sharqiy  qismidagi  sho‘rligi  kichik  bo'lgan 
suv yuqori qatlamilarining mavsumiy iliq oqimidir. Odatda,  u Janubiy yarim - 
sharning yozida  (dekabr yanvar)  Jan u b iy  Amerika  qirg‘oqlari  bo'ylab   5-7° 
janubiy  kengliklargacha  tarqadi.  B a’zida  bu  oqim   kuchayib,  uzoq  janub  
(15°  j.k.)gacha  kirib  boradi.  T in ch   okeanining  tropik  hududlaridagi  ;uv 
harorati  anom aliyalari  shu oqim   bilan  bog'liq.
E l-N inyo  ikki  sababning  ta ’siri  ostida  yuzaga  keladi.  B irin chidan ,  bu 
oqim , passatlar kuchsizlangan davrda,  okeanning g‘arbida iliq suv sirtining 
qalinligi ortib,  keyinchalik bu suv m assalari ekvatorial to ‘lqinlar ko 'rinishda 
sharqqa ko'chganida kuzatiladi.  Ikkin chidan,  uning paydo b o ‘lishi ekvato­
rial  g‘arbiy  sham ollam ing sharqqa  kengayishi  bilan  bog‘liq.  B uning  nati- 
jasida T in ch   okeanining  sharqiy  qism ida  (janubiy yarim sharda)  suv  haro- 
ratining katta anomaliyalari shakllanadi.  Bu davrda bu yerda, boshqa payt- 
da  um um an  kuzatilmaydigan,  kuchli  yom g‘irlar yog‘ishi  m u m kin .
Ikki El-Ninyo hodisalari orasidagi vaqt oralig‘i 2 dan  10 yilgacha o ‘zgarishi 
m um kin. Ayniqsa kuchli  E l-N ino hodisasi  1982— 1983 yillarda kuzatilgan.
73

1982 yilning dekabrida Tinch okeanining katta m aydonida suv sirti harorat- 
ining anom aliyasi 6°C dan oshgan edi.  El-Ninyo hodisasi yuz berganda suv 
h aro rati,  bosim  va  sham ollar  m aydonlaridagi  o'zgarishlar  ulkan  m aydon- 
larda yog‘in miqdoridagi katta tebranishlar bilan birga kechadi. Tropik keng- 
liklardagi,  odatda,  qurg‘oqchil  qirg‘oqlarda  (Peru,  Chili va  boshq.)  kuchli 
yog‘inlar suv toshqinlarga olib  keladi.  El-Ninyo iliq suvlari  okeanning  suv 
yuqori qatlam lari ostiga  kislorod kelishini kamaytirib,  o ‘z atrofidagi okean 
flora va faunaga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib,  El-N inyo hodisasi  nafaqat muhim iqlimiy, balki ekologik 
va  iqtisodiy  ahamiyatga  ega.
Xulosa  qilib,  ta ’kidlab  o ‘tish  kerakki,  dengiz  oqim lari  iqlim ni  shakl- 
lantiruvchi  qudratli  omildir.  U   bevosita  atrofdagi  hududlar  iqlimiga  va 
atm osfera sirkulyasiyasi orqali okeanlardan olisda joylashgan hududlar iqlim­
iga t a ’sir k o ‘rsatadi.
5.2.  Relefning iqlimga ta’siri
Q uruqlikning  tahm inan  35%  m aydonini  m orfom etrik  xususiyatlari  va 
iqlim i  turli  bo'lgan  tog‘  hududlari  egallaydi.  Iqlimga  relef ta ’sirining  ko‘p 
qirraliligiga  qaram ay ikkita  xarakterli  xossani  ajratish  m um kin.
B irinchidan,  tog1  tizim lari  havo  massalarining  ko'chish jarayonlarini, 
shuningdek,  atmosfera harakatlarining umumiy sirkulyasiya tizim ini buza- 
di.  S hu sababli  M.A.  Petrosyans atmosfera jarayonlariga  orografik ta ’sirlarni 
uch sinfga bo'lgan.  Birinchi sinfga orografiyaning planetar sirkulyasiya tiz­
im lari va havo oqimlari um um iy iqlim iy taqsimotining shakllanishiga yirik 
m asshtabli ta ’sirlari  kiradi.  Ikkinchi sinfga'relefning sinoptik masshtabdagi 
jarayonlarga, jum ladan  tog‘ yaqinida siklon va antisiklonlar paydo b o ‘lishi, 
rivojlanishi va  harakati,  atm osfera  frontlarining keskinlashishi va  yemirili- 
shiga  (orografik  siklo-  va  frontogenez)  ta’siri  kiradi.
Ikkinchidan, tog‘ tizim larining ichida relef xossalarining ta ’sirida iqlimn- 
ing  o 'z ig a  xos  xususiyatlari  yuzaga  keladi.  Ular,  M .A .Petrosyans  tasnifi 
b o ‘yicha,  uchinchi  sinfga  kiradi.  Bu  relefning  uzunligi  katta  bo'lm agan 
m uayyan  shakllarida  (vodiy,  to g '  yonbag‘ri,  tog*  havzasi,  dovon  va  h.k.) 
m eteorologik  kattaliklarning  taqsim otida  turli  xususiyatlaiga  olib  keladi- 
gan,  lokal  orografik  ta ’sirlardir.
G eografik  kenglik  va  atm osfera  sirkulyasiyasidan  tashqari,  tog‘larda 
iqlim ni  shakllantiruvchi  asosiy  omillarga  tog‘  yonbag'irlarining  tikligi  va 
ekspozisiyasi,  relef shakli,  dengiz  sathiga  nisbatan  balandligi  va  relefning 
boshqa  xossalari  kiradi.  Y uqorida  sanab o'tilgan  om illarning  atmosferaga 
va radiasion jarayonlarga ta ’siriga qarab tog‘larda iqlim ning o'ziga xos turi
—  tog ‘ iqlimi  shakllanadi.
74

Tog‘larning  atm osfera jarayonlariga  ta ’sir  m asshtablari,  u larning   g o ri- 
zontal  ch o ‘zilganligiga,  balandligiga  va  kenglikka  nisbatan  joylashishiga 
bog‘liq.  M asalan,  yirik  tog‘  tizm alarining  (Kavkaz,  Pom ir,  H im o lay   va 
boshq.) ta ’siri  10—12 km  balandlikkacha sezilishi m um kin.  Kavkaz to g ‘lari, 
kengliklar  bo'yicha  ch o ‘zilganligi  sababli,  havo  m assalarining  sh im o ld a n  
janubga  erkin  o'tishiga to ‘sqinlik qilib,  Shim oliy Kavkazdagi  q uruq   salq in  
iqlim ni  Kavkaz  ortidagi subtropik,  n a m  iliq  iqlim dan  ajratib  turadi.
T o g ‘  relefi  radiasion  balansning  shakllanish  jara y o n larin i  sezilarli 
o'zgartiradi.  Balandlik  bo ‘yicha  havo  zichligi  va  namligi,  h am d a  aerozo l 
konsentrasiyasining kamayishi bilan, atm osfera shatfoüigining ortishi  h iso - 
biga  500—4200  m   balandliklar  o ralig'ida  ochiq  havoda  gorizontal  yuzaga 
yetib  kelgan sutkalik to ‘g‘ri radiasiya m iqdorlari  dengiz sathidagilarga  n is­
batan  40%  gacha ortishi  mumkin.
Sutkalik  to ‘g‘ri  radiasiya  m iqdorlariga  ufqning  yopiqligi  k atta  t a ’sir 
ko'rsatadi,  u  sutkalik m iqdorlam i  sezilarli  darajada  kam aytirishi  m u m k in . 
Relefning ba’zi shakllarida (tog‘ havzalari, kengliklar yo‘nalishda c h o ‘zilgan 
tor vodiylar) qishda, ba’zida o'tish m avsumlarida, to ‘g‘ri radiasiya yig‘indilari 
nolgacha  kam ayishi  mumkin.
Yonbag‘irlam ing  ekspozisiyasi va  tikligi  quyosh  radiasiyasining  k elish- 
ida  m a’lum  rol  o'ynaydi.  Tikligi  katta*bo‘lmagan  shimolga  q arag an   to g ‘ 
yoribag'irlariga  gorizontal  yuzaga  q araganda  10— 15%  kam ro q  radiasiya 
keladi.  A ksincha,  qiya  bo'lgan jan u b iy   ekspozisiyali  yonbag'irlarga  g o ri­
zontal  yuzaga  nisbatan  ko‘proq  radiasiya  keladi.  Janu bi-g ‘arbiy,  ja n u b iy  
yoki janubi-sharqiy yo'nalishda  c h o ‘zilgan  tik  (30°  dan katta)  y o n b a g 'irla r 
radiasiyaning  eng katta m iqdorlariga  ega bo ‘ladi.  Janubiy va  shim oliy  eks­
pozisiyali yonbag‘irlarga kelgan  radiasiyaning sutkalik m iqdorlari  orasidagi 
i'arq  ularning tikligiga  bog'liq  holda  5— 12%  orasida yotadi.
Bulutlilik ta ’sirida  tog‘larda  to ‘g ‘ri  va  sochilgan  radiasiyalarning  qav ta 
taqsim lanishida  sezilarli  o ‘zgarishlar  yuz  beradi  —  ochiq  havodagiga  n is­
batan  to ‘g‘ri  radiasiya  kamayadi,  sochilgan  radiasiya  5—6  b aro b ar o rtad i. 
B archa tog‘  tizim larida balandlik b o ‘yicha yig‘indi  radiasiyaning  m u m k in  
b o ‘lgan  m iqdorlari  ortadi.  M asalan,  500—4000  m  balandliklar  o rasida 
yig'indi  radiasiyaning  sutkalik  m iqdorlari  bir  yilda  o ‘rtach a  25 —30%   ga 
yuqoriligi kuzatiladi.
T a’kidlash  lozimki,  yuqoriga  k o ‘tarilgan  sari  Quyosh  radiasiyasining 
spektral tarkibi o ‘zgaradi. Tog‘larda pastdagi tekisliklarga nisbatan yorug 'lik  
qisqa  to'lqinli  nurlarga boy  (ko‘k,  binafsha,  ultrabinafsha  ranglar).
TogMarda yuqoriga ko‘tarilgan sari,  suv bug'ining m iqdori tez  kam ayishi 
bilan, joyning balandligi ortgan sari  effektiv nurlanish ham  ortadi.  N a tijad a, 
effektiv  nurlanish  kelgan  qisqa  to ‘lqinli  radiasiyadan  k atta  b o ‘ladi,  y a ’ni 
m a’lum balandlikda radiasiya balansi m anfiy bo'lib qoladi. Masalan,  Kavkazda
75

3200—3400 m balandlikda yillik radiasiya balansining qiym atlari nolga ya- 
qin ,  bundan yuqorida va m uzliklarda u manfiy boMadi.
U m um an,  radiasiya balansining yillik o ‘zgarishi  (Pom ir, T yan-Shan va 
boshq.)  yorqin ifodalangan  mavsum iy o'zgarishga  ega  —  m aksim um  iyul- 
da,  m ínim um   — dekabr yoki  yanvarda  kuzatiladi. Yozda ochiq  havoda va 
tu rg 'u n   qor  qoplami  yo‘qligida  balandlik  bo'yicha  radiasiya  balansining 
biroz  ortishi  kuzatilishi  m um kin.  Qishda  u asta-sekin  kam ayadi,  qor yoki 
m uz  qoplagan  hududlarda  u   m anfiy  boMadi.
T og‘larda yer sirti va havo haroratining taqsimoti nihoyatda rang-barang 
boMadi.  U  joyning  balandligi,  relef shakli,  yonbag‘irlarning  tikligi va  eks- 
pozisiyasi,  to ‘shalgan  sirtning  ko'rinishi  (o'sim lik,  qor,  m uz  va  h.k.)  kabi 
om illarga bogMiq.  B undan tashqari, atmosferadagi sirkulyasion jarayonlar- 
ga  nisbatan  tog‘  tizim i  joylashishining ta’siri  ham  katta.
Iqlim iy hisoblashlarda  havo  haroratini  dengiz sathiga  keltiriladi va  ha- 
roratning o ‘rtacha vertikal  gradiyenti  0,5°/  100  m deb  qabul  qilinadi.
Joyning balandligiga bog‘liq holda havo haroratining o ‘zgarishi eng yorqin 
ifodalangan.  Haroratning taqsim otiga relef shakli ham  katta ta ’sir ko‘rsatadi. 
H avo ochiq boMgan tunlarda, b a ’zida qishda kunduzi ham , tog‘larda harorat 
m a ’lum  balandlikkacha  ko'tariladi, ya’ni baland joylarda harorat vodiy yoki 
to g ‘  havzalaridagiga  nisbatan  yuqoriroq  boMadi.  H arorat  inversiyasi yuzaga 
keladi. Buning sababi shundaki, sovuq havo yonbag'irlar bo'ylab pastga tushib, 
uning  o ‘m iga pastliklardan  siqilib chiqqan  nisbatan  iliq  havo keladi.  M asa- 
lan, Yakutiyada qishda balandroq joylarda past joylardagiga nisbatan sezilar- 
li  iliqroq boMadi. Verxoyanskda (balandlik  120 m) fevralda havoning o'rtacha 
harorati -48,8°C,  1200 m balandlikda (Verxoyansk tog‘  tizmasida) esa havo 
harorati  -30,5°C,  ya’ni  18,3°C  ga  yuqoriroq.
Relefning botiq  shakllarida  (tog ‘  havzasida)  havo haroratining sutkalik 
va yillik  amplitudalari  qavariq  shakldagiga  nisbatan  bir  necha barobar or- 
tiq.  Relefning botiq  shakllarida  haroratning yillik  am plitudalari balandlik- 
ka  sust  bogMiq  boMib,  vodiylar  va  havzalarning  yopiqlik  darajasi  va  chu- 
qurligi  bilan aniqlanadi. Yiriq va chuqur suv havzalari joylashgan tog‘  hav- 
zalarida havo haroratining o'ziga xos rejimi yuzaga keladi. Masalan,  IssiqkoM 
havzasida,  dengiz  sathidan  1600  m  balandlikda yirik  m uzlam aydigan  koM 
joylashganligi sababli,  qish  anch agina yumshaydi.  Bu yerda xuddi  shu ba­
landlikda joylashgan  yopiq  to g ‘  havzalaridagiga  nisbatan  harorat  am plitu­
dalari  ancha  kichik.  IssiqkoM  qirg'ogMda  haroratning  yillik  amplitudalari 
Susam ir  botiqligi  yoki  T yan -S h an n in g   yassi  togMaridagidan  (Sirtoq)  de- 
yarli  ikki  m arta  kichik.
Janubiy ekspozisiyali to g ‘  yonbagMrlari eng iliq boMadi,  shimolga qara- 
gan  yonbagMrlarda  eng  past  haroratlar  kuzatiladi.  Sharqiy  yonbagMrlar, 
od atd a,  g‘arbiy yonbagMrlaridan  sovuqroq  boMadi.
Каталог: storage -> web -> source
source -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi t. S. Xudoyberdiyev, B. P. Shaymardanov
source -> O’zbekiston respubikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi barayev f. A
source -> O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy va o‘rtа mахsus tа’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
source -> S. gazinazarova. I. Aхmedov. B. Muхamedgaliyev. A. Хojiyev
source -> Referat mavzulari «Irrigatsiya va melioratsiya»
source -> O'zbekiston respubukasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
source -> Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
source -> В. tojiboyev, D. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va saqlash jarayonlarini
source -> Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling