Iqlimshunoslik


Download 7.8 Mb.
Pdf просмотр
bet8/17
Sana15.12.2019
Hajmi7.8 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17

76

Tropik va  subtropik  kengliklardagi  tog‘li  hududlarda  havo  h arorati  va 
boshqa m eteorologik kattaliklaming yillik o'zgarishlari tekislanadi.  Bu y er- 
da  yom g'irlar  va  qurg‘oqchil  davrlar  uzayadi,  havo  haroratining  sutkalik 
tebranishlari  esa  yillik  am plitudalarning  ekstrem um laridan  katta  b o ‘ladi. 
Tropik  iqlim sharoitida baland tog‘lardagi  stansiyalarda haroratning s u tk a ­
lik  amplitudasi  yillik  amplitudalardan  biroz  k a tta   bo'lishi  m um kin.  M asa - 
lan, ekvator yaqinida (12° j.k.) dengiz sathiga nisbatan  2850 m b alandlikda 
joylashgan  K itoda  (Ekvador)  haroratning  yillik  am plitudasi  0,2°  ga  ten g  
("abadiy bah o r“  ataluvchi  iqlim).  Havo  haro ratin in g   sutkalik  am plitudasi 
esa  20°  gacha  yetishi  mumkin.
Yana bir xususiyat.  Havo haroratining ekstrem um lari  kechroq m u d d a t- 
larga  siljiydi.  O datda,  800  m  balandlikdan  boshlab  yilning  eng  iliq  oyi  - 
avgust,  eng  sovuq  oyi  esa  —  fevral  b o ‘ladi.  1500  m  dan  balandda  b a h o r 
kuzga qaraganda  sovuqroq bo‘ladi.
TogMar  havoning  namlik  darajasiga sezilarli  ta ’sir  o'tkazadi.  B alandlik 
bo'ylab m utlaq  nam lik  kamayadi,  chunki  havo  harorati  kamayadi,  u b ilan  
esa  havodagi  bug‘  miqdori  chegaralanadi.  M utlaq  nam likning  eng  k a tta  
qiymatlari  —  Quyoshning  chiqish  paytida  kuzatiladi.
Tog‘larda  nisbiy  namlik  kam  o ‘zgaradi,  unin g   maksimal  qiy m atlari 
bulutlarning  quyi  chegarasi  sathida  kuzatiladi.  Sutkalik  o ‘zgarishda  nisbiy 
nam likning  m inim um i  yozda  ertalab  va  tu n d a   kuzatiladi,  kunduzi  u   suv 
bug'ining  vodiy  sham oli  bilan  ko‘chishi  natijasida  kattaroq  bo‘ladi.  Yillik 
o'zgarishda o 'rta  kengliklardagi tog‘larda nisbiy nam likning eng  katta q iy ­
matlari  yozda,  eng  kichiklari  —  qishda  kuzatiladi.
Tog‘larning  yonbag'irlarida  havoning  nam ligi  doim o  o ‘sha  b alan d lik - 
dagi  erkin  atm osferadagi  sathlardagidan  o 'rta c h a   10%  ga  katta  bo ‘ladi.
TogMarda  b u lu tlilik n in g   taqsim oti  tu rlic h a .  U n in g   m iq do ri  va  tu r i 
joyning  den g iz  sath ig a  nisbatan  b a la n d lig ig a ,  re le f  shakliga,  u s tu n lik  
qiladigan  sham olga  nisbatan  to g ‘  y o n b a g 'irla ri  va v od iylarn in g  e k s p o - 
zisiyasiga  bogMiq.  B unda  hal  qiluvchi  o m il  —  bu  to g ‘larn in g   n a m lik  
olib  keluvchi  havo  oqim lariga  n isb atan  jo y la sh ish id ir.  T o g‘  m assiv lari 
va  tizm alarin in g   sham olga  qaragan  to m o n la rid a   havo  m a ssa la rin in g  
k o ‘tarilishi  m ajb u riy   konveksiyaga  olib  k elad i  va  n am   hav on in g  a d ia - 
batik sovishi  kuzatiladi.  Shuning u chun  harn  to g ‘larning sham olga  q a r a ­
gan  to m o n id a   b u lu tla rn in g   m iqdori  o rta d i,  sham o lg a  teskari  b o ‘lg an  
to m o n id a  esa,  a k sin ch a ,  kam ayadi.  Y iln in g   iliq  davrid a  b u lu t  t i z i m -  
larining  k attalash ish i  va  konvektiv  b u lu tla r  m iq d o rin in g   o rtish i  k u z a ­
tiladi.  V odiy  sirkulyasiyasi  norm al  riv o jla n g a n d a   konvektiv  b u lu tla r  
to g ‘  tizm asi  b o 'y la b   ch o 'zilib   jo y la sh a d i.  T o g ‘la r  o d a td a   q o r  b ila n  
q o p langan  y iln in g   sovuq vaqtida  o ch iq   h a v o   yoki  fro n ta l  x a ra k te rd a g i 
bulutlilik  u stu n lik   qiladi.
77

Tog'dagi  orografik  to'lq inlarda  bulutlarning  o'ziga  xos  shakli  —  yas- 
miqsimon  bulutlar paydo  bo'lishi  mumkin  (Ac  lent,  C e  lent).
T og‘  relefi yog‘in larn in g  vaqt-fazo bo'yicha taqsim otiga va asosiy xu- 
susiyatlariga  (turi,  m iq d o ri,  davomiyligi, jadalligi)  k atta  ta ’sir  ko‘rsatadi. 
Balandlik b o ‘yicha  y o g 'in la r m iqdorining ortishi, geografik  sharoitga,  yil 
fasliga, yog'inlar hosil  b o'lishining m eteorologik sharoitlariga,  sirkulyasi- 
ya jarayonlariga  bog‘liq  b o 'lg an   m a’lum  sathgacha  kuzatiladi.  M asalan, 
H im olay tog'larida  yozda  bu  sath  1300  m  balandlikda,  qishda  —  undan 
balandroqda joylashgan  b o ‘ladi.  Bavariya  A lplarida  u  qishda  600— 1000 
m  balandlikda,  yozda  esa u n d an  balandroq joylashgan bo ‘ladi.  Kavkazda 
yog'inlar miqdori  2500—3000 m balandlikkacha ortib boradi, keyin  kam a- 
yadi.  G 'arbiy Pom irda va 0 ‘rta Osiyoning boshqa to g ‘ tizimlarida yog'inlar 
m iqdori  4000  m   balandlikkacha,  ba’zida  u n d a n   ham   balandroqqacha 
ortadi.
Yog‘inlarning  m iqdori  va  ularning  maksimumi  tog‘  yonbag'irlarining 
nam   olib  keluvehi  oqim larga  nisbatan joylashishiga  bog‘liq.  G ‘arbiy  G at 
(H indiston)  tog'larining  shamolga  qaragan  yonbag‘irlarida  yozgi  musson 
vaqtida yog'inlarning o ‘rtacha yillik miqdori 2000—3000  mm gacha, b a’zi 
joylarda  6700  m m   g ach a yetishi va  undan  ortiq  b o ‘lishi  mum kin.
Chilining janubiy qism ida And tog‘larining T inch okean tom oniga qara­
gan  yonbag‘irlarda,  yiliga  3000—5000  mm  yog'in lar  yog‘adi.  Shamolga 
teskari yonbag‘irlarda,  Patagoniyada, xuddi shu kengliklarda yog'inlar m iq­
dori  yiliga  faqat  150—250  m m   ni tashkil etadi.
O.A.  Drozdov  to m o n id a n   orografiya  ta ’sirida  yog'inlar  m aydonining 
u ch  xil xarakterli transform asiya zonalarining yuzaga kelishi aniqlanilgan.
B irinchi  zonaga,  to g ‘  etagida,  ayrim  hollarda  to g '  tizm asidan  anch a 
uzoq da  y o g 'in larn in g   m aksim um i  kuzatiladigan  havoning  k o'tarilish  
hududi  kiradi.  Bu  effekt,  to g '  massiviga  yaqinlashgan  havo  oqim ining 
sekinlashishi  bilan  izo h lan a d i.  Havoning  k atta  nisbiy  nam ligida  o ro ­
grafik  konveksiya q o 'sh im c h a  kondensasiya va y o g 'in lar yog'ishiga sabab 
b o 'lad i.  T ropik ken g lik lard a bu zonada yog 'inlarning   eng k atta  m iqdori 
kuzatiladi.  T og'  y o n b a g 'irla rid a   yog'inlar  kam ayadi.  O 'rta   kengliklarda 
ko 'tarilish   zonasida  va  to g '  yonbag'irlarida  y o g 'in la r  m iqdorining  o rti­
shi  deyarli  bir  xil.
Ikkinchi zonaga,  sham olga  qaragan  tog'  yonbag'rida nam  havo massa- 
larining  majburiy ko'tarilish ida yuzaga kelgan yog'inlarning ortishi  hududi 
kiradi.
Uchinchi zonaga,  shim olga teskari tog' yonbag'rlarida yoki tog'  havza- 
larida,  havoning pastga  harakatlanuvchi oqimlarida suv bug'ining to'yinish 
holatidan uzoqlashishi bilan bog'liq bo'lgan yog'inlarning kamayishi hududi 
kiradi.
78

Atmosfera yog‘inlari tog'larda qor to 'plan ishi va muzliklam i  „o ziqlanti- 
rishning“  asosiy m anbai  deb  hisoblanadi.  ü ‘z  navbatida,  muzliklar suv z a - 
hiralari,  suv  oqim i  va  katta  hududlam ing  suv  balansini  belgilaydi.  0 ‘rta  
Osiyoda  ular xo‘jalik  faoliyatining  m uhim   om ilidir.
Tog'li  hududlarda  mahalliy  sirkulyasiya  yuzaga  keladi.  Ular,  b irin ch i 
navbatda tog‘-vodiy shamollari,/vo«, bora, dovon shamollari va boshqalardir.
Tog‘-vodiy  sirkulyasiyasi  yilning  iliq  davrida  yaqqol  ifodalanadi.  U  
sham olning  davriy  alm ashishida  k o 'rin a d i.  V odiy  sham oli  tekislik d an  
tog‘larga  nam roq  havoni  olib  keladi.  N am   havo  to g ‘  tizimlari  y o n b ag 'ri- 
larida ko'tarilib, konvektiv bulutlar va yog‘inlarni hosil qiladi. Tog‘ sham oli 
havoning pastga harakatlanuvchi oqim idir.  H avoning adiabatik isishi  h iso - 
biga haroratning tungi pasayishini sekinlashadi.  Shuning uchun ham  v o d i- 
ylarda  havo  haroratining  sutkalik  am plitudalari  atrofdagi  tekisliklardagiga 
nisbatan  kichikroq  bo'ladi.
Fyon  —  bu  to g ‘  massivi yoki  tizm asining  sham olga  teskari  bo'lgan  to -  
m onida yuzaga  keladigan havoning  pastga harakatlanishi oqibatida  p ay d o  
b o ‘ladigan  iliq  quruq  shamol.  Fyonda  havo  haroratining  ortishi va  n a m li- 
kning  kamayishi  m ezo-,  m ikrom asshtablardagi  iqlim ni  shakllantiruvchi 
sezilarli  omil b o ‘lishi  mumkin.
Bora  —  baland  b o im ag an   tog‘  tizm alaridan  dengiz tom onga  esadigan 
kuchli  sovuq  sham oldir.  Novorossiyskdá  b ora  bir  yilda  o ‘rtacha  46  m a rta  
kuzatiladi.  Bora,  fyon  kabi,  m ezo-,  m ikrom asshtabdagi  iqlim   sh ak llan ­
tiruvchi  omil  hisoblanadi.
T og‘li  hududlar  u ch u n   asosiy  xususiyat  —  bu  iqlim ning  vertikal  z o - 
nalligi,  ya’ni yuqoriga  k o ‘tarilgan  sari  iqlim iy zon alarning   ketm a-k et  a l- 
m ashishidir. Y uqoriga  ko'tarilgan sari  iqlim nin g o ‘zgarishi  bilan o 's im lik  
va  hayvonot  olam i  ham   o'zgaradi.  B alandlik  sari  iqlim iy  zo n a la rn in g  
almashishi kengliklar o'zgarishi yo‘nalishidagiga o ‘xshash bo'ladi. Tog‘lard a 
iqlimiy  zonalar  joylashishining  o'zgarishi  tezro q   kuzatiladi  va  y u zlab  
m etrlarda  o ‘lchanadi.  Kengliklar  o ‘zgarishi  y o 'n alish id a  xuddi  s h u n d a y  
m asshtabdagi  o'zgarishlar  m inglab  k ilo m etrlard a  o ‘lchanadigan  m a s o - 
falarda  kuzatiladi.
TogMi  hududlarn in g   o'zlashtirilishi  b ir  q a to r  tabiiy  ofat  va  n o x u sh  
gidrom eterologik  hodisalarning  hisobga  o lin ish i  bilan   bog‘liq.  B u larg a 
q o r  ko‘chkilari,  sellar,  suv  to sh q in lari,  k u ch li  sh am o llar  va  b o sh q a la r 
kiradi.
5.3.  Tuproq va o‘simlik qoplamining iqlimga ta’siri
Yer  sirtida  Quyosh  energiyasining  yutilishi  birinchi  navbatda  u n in g  
qaytarish  qobiliyati  bilan,  ya’ni  albedosi  bilan  belgilanadi  (5.1-jadval).
79

T abiiy  sirtlarning  albedosi 
(V.L.Ga.vevskiy  va  M .I.  Budiko  b o 'y ich a)
5 .1-jadval
Sirt
 

Albedo
Sirt
 

Albedo
Y alane  tuproq
Y oe‘och 
0
‘simliei
Q ora  tuproq
0 ,0 5 - 0 ,1 5
Ninabargli  o 'rm o n
0 ,1 0 -0 ,1 5
N am   qo‘ng‘ir  tuproq
0 ,1 0 -0 ,2 0
Yaproqli  o 'rm o n
0 ,1 5 -0 ,2 0
Q uruq  loy  va  q o ‘n g ‘ii 
tuproq
0,20  -  0,45
Tabiiv  sirtlam ine  asosiv  turlari 
uchun  o ‘rtacha  aivm atlar
Q uruq oq  qum loq 
tuproq
0,25  -  0,45
Ninabargli  o ‘rm on
0,14
D ala,  vavlov.  tu n d ra
Tundra,  dasht,  yaproqli 
o ‘rmon,  yilning  nam  
vaqtidagi  savanna
0,18
Suli  va  bug'doy dalasi
0,10 -  0,25
Kartoshka  m aydoni
0,15  -  0,25
Paxta  dalasi
0,20  -  0,25
Yilning  quruq  vaqtidagi 
savanna  va  ch alacho‘1
0,25
Yaylov
0,15  -  0,25
Q uruq  dasht
0,20  -  0,30
C h o ‘l
0,30
T undra
0.15  -  0.20
Yalang tuproqning albedosi  keng chegaralarda o'zgaradi:  qora tuproqlar 
uchun 0,05 dan  quruq oq  qumloq  tuproqlar uchun 0,45 gacha. Tabiiy land- 
shaftlaming albedosi ko‘p o ‘zgarmaydi.  Ignabargli o‘rmonlar eng kichik albe- 
doga,  sahrolar  eng  katta  albedoga  ega.  0 ‘simliklar,  ulam ing  zichligi  va  yil 
fasliga  bogMiq  holda,  albedosining  qiymati  5—10%  ga  o'zgarishi  mumkin.
Albedoning  qiym ati  radiasiya  balansining  qisqa  to ‘lqinli  qismiga t a ’sir 
ko'rsatadi. T uproqning kunduzgi  isish darajasi unga bogMiq.  Kechasi  m an- 
fiy  radiasiya  balansi  tuproqning  sovishiga  olib  keladi.
Tuproqning  issiqlik  rejimi  radiasion  om illardan  tashqari,  uning  issiq- 
lik-fizikaviy  xususiyatlariga,  y a’ni  tuproqning  issiqlik  sig‘imiga  va  issiqlik 
o'tkazuvchanligiga  bogMiq.
Tuproqning  issiqlik  sigMmi  uning  namligi  bilan  aniqlanadi.  N am   tu p ­
roqning  issiqlik  sig‘im i  quruq  tuproqnikidan  ancha  katta  boMadi.  N am  
tuproqlar sekinroq  isiydi  va  mos  holda,  sekinroq  soviydi.
Tuproqning  issiqlik o'tkazuvchanligi uning namligi, g'ovakligi va kimyo- 
m ineral tarkibiga bogMiq.  Havoning issiqlik o ‘tkazuvchanligi suvning issiq­
lik o ‘tkazuvchanligidan  25 baravar kichik boMganligi uchun,  kunduzi quruq 
tuproq  nam   tu proqqa  nisbatan  kuchliroq  isiydi.  N am   tuproqning  issiqlik 
o'tkazuvchanligi  k atta boMganligi sababli,  qizigan yuza qatlam idan  issiqlik 
chuqurroq joylashgan  qatlam larga  tezroq  o'tadi.  Aynan  shu sababli  tunda 
nam   tuproqning  yuza  qatlam i  quruq  tuproqqa  nisbatan  kamroq  soviydi. 
Tuproq  issiqlik-fizikaviy xossalarining uning nam ligiga bogMiqligi  5.2-jad- 
valda  keltirilgan.

Turli  darajada  namlangan  tuproqning  issiqlik-fizikaviy 
xossalarining xarakterli qiymatlari
5.2-jadval
Tuproqning
namlanish
darajasi
Hajmiy issiq­
lik sig‘imi,
c hajmio-«
J / m 3 • grad
Issiqlik o'tkazuv- 
chanlik 
koeffisiyenti,
X :
 J /m   • c  ■ grad
Harorat o'tkazuv- 
chanlik 
koeffisiyenti,

 
10‘4 
m 2/s
Q u ruq
1,34
0,21
0,16
K am   nam langan
1,59
0,46
0,28
0 ‘rtacha  namlangan
1,93
0,84
0,43
Kuchli  nam langan
2,43
1,47
0,60
Zieh tuproq yum shoq tuproqdagiga nisbatan  havo m iqdorining k o 'p roq  
bo'lganligi uchun,  kichikroq issiqlik o ‘tkazuvchanlikka ega.  Shuning u ch u n  
ham   yumshoq  tuproqning  sirti  kunduzi  yuqoriroq,  kechasi  pastroq  h aro - 
ratga ega.  M os holda yum shoq tuproqning sirtida zieh tuproqnikiga nisba­
tan  haroratning  sutkalik  am plitudalari  kattaroq.  Shudgorlangan  tuproqda 
zieh  tuproqqa nisbatan haroratning yillik am plitudalari  ham  kattaroq.
Tabiiyki,  tuproqning yuqorida  sanab o ‘tilgan  isish va  sovish xossalari, 
ham da  chuqurliklarda  issiqlik  alm ashinuvi  tu p ro q   issiqlik balansi  tashkil 
etuvchilarining  su tk alik   o 'z g a ri- 
shiga  ta ’sir  ko'rsatishi  kerak.  S ut- 
kaning  iliq vaqtida  issiqlik balansi 
ta sh k il  e tu v c h ila rin in g   su tk alik  
o'z g arish lari  yaxshi  ifodalan gan 
ko'rinishga  ega  (23a-rasm ).  0 ‘rta 
kengliklarda kunduzi  radiasiya ba- 
lansining nisbatan  katta musbat qi­
ym atlari bug‘lanishga,  issiqlik tu r­
bulent  uzatilishiga va tuproqda  is­
siqlik aylanishiga sarflanadi.  Bunda 
tu p ro q q a   issiqlik  o q im i  b o sh q a 
turdagi  y o ‘qotishlarga  sarflangan 
issiqlik  m iqdoridan  an ch a  kichik.
Sutkaning  kattaroq  qism ida  issiq­
lik oqimi tuproqning chuqurliklari- 
dan  uning  sirti  to m o n   yo'nalgan 
b o 'lad i.  T u n d a  m anfiy  radiasiya 
balansi  asosan  tuproqning  issiqlik 
u z a tis h i  h i s o b id a n   q o p la n a d i
(kom pensasiyalanadi). 
c h a la c h o 'ü a ri.  iyui.
81
i________ i________ i
.
i
 
i________ i

4- 
8  
12 
16 
20
  soat
2 3 - r a s m .   Issiqlik  balansi  tashkil 
e tu v c h ila rin in g   sutkalik  o ‘zgarishi. 
a)  S a n k t-P e te rb u re ;  b)  O 'rta   O siyo

Kunduzi chalacho'lda issiqlikning asosiy oqim i atmosfera tom on va tup- 
roqning  chuqurliklari  tom on  yo‘nalgan bo'ladi  (23b-rasm ).  Bunda  issiqli­
kning  turbulent  oqim i  tuproq  chuqurligiga  yo'nalagan  issiqlik  oqim idan 
ancha katta bo‘ladi. T unda issiqlikning radiasion yo‘qotishlari birinchi holdagi 
ka)Si chuqurlikdan  kelgan issiqlik oqimi hisobiga qoplanadi.
/   T a’kidlab o ‘tish kerakki, yilning iliq vaqtida issiqlik balansi tashkil etuv- 
chilarining  sutkalik  o ‘zgarishlari  o ‘rta  kengliklardagiga  o ‘xshash  iqlimiy 
sharoitlar  uchun  issiqlik  balansi  tashkil  etuvchilarining  yillik  o'zgarishiga 
o ‘xshash b o la d i.  M os holda tuproq va uning eng ustki qatlam lari harorati- 
ning sutkalik va yillik o ‘zgarishlari radiasiya balansining davriy o'zgarishlarini 
takrorlaydi.  T uproqning  issiqlik-fizikaviy xossalari  va  albedosi  tuproqning 
mutlaq  haroratiga,  uning  sutkalik  va  yillik  am plitudalari  qiymatlariga  o ‘z 
hissasini  q o ‘shadi.  Bu  t a ’sirlar quyidagicha.
Birinchidan,  kunduzi  quruq  va  yumshoq  tuproqlarning  harorati  nam  
va  zieh  tuproqlarning  haroratidan  doimo  yuqori  bo‘ladi.  Kechasi,  aksin- 
cha  quruq  va  yum shoq  tuproqlar nam   va  zieh  tuproqlardan  kuchliroq  so- 
viydi. Bunga  m uvofiq quruq va yumshoq tuproqlar haroratlarining sutkalik 
va  yillik  am plitudalari  nam   va  zieh  tuproqlar  am plitudalaridan  kattaroq 
bo'ladi.
Ikkinchidan,  o ‘sim liklar qoplami  kunduzi  tuproq  sirtini  qisqa  to'lqinli 
radiasiya  oqim lari  orqali  isishidan  him oya  qiladi,  kechasi  esa  nurlanish 
orqali issiqlik yo‘qotishidan saqlaydi.  Shu sababli o ‘simliklar qoplami ostidagi 
tuproq yalang tuproqqa qaraganda kunduzi salqinroq,  kechasi iliqroq boMadi.
Tuproq harorati  va unga yaqin joylashgan  havo qatlam larining harorati 
orasida kuchli bogMiqlik b o ‘lganligi uchun, tuproqning turi,  uning nam ligi 
va  tuzilishi  m a’lum   iqlimiy  ta ’sir o'tkazadi.
5.4.  Qor va muz qoplamining iqlimga ta’siri
Yer sirtiga yoqqan  qor uzoq vaqt  davom  etgan  havoning  manfiy  haro- 
ratlarida  qor  qoplam ini  hosil  qiladi.  K o‘rilayotgan  hududda  yer  sirtining 
50%  dan  ko‘prog‘ida  qor  yotgan  b o lsa,  bu  joyda  qor  qoplami  bor  deb 
hisoblanadi.  K o'rilayotgan joy  iqlimining shakllanishida  qor qoplami  alo- 
hida  ahamiyatga  ega.
Birinchidan,  q o r  qoplam i  yer  sirtining  radiasion  xususiyatlariga  katta 
ta ’sir  ko‘rsatadi.  Q om in g   yuqori  albedosi  (80-90% )  va  uning  infraqizil 
spektrdagi  kuchli  nurlanishi  qor sirtining  kuchli  sovishiga olib  keladi.  Shu 
bilan  birga  q o m in g   kichik  issiqlik  o'tkazuvchanligi  yer  sirtining  sovishiga 
yo‘l  qo'ym aydi  va  natijada yer sirtining  harorati  yetarlicha baland  boMadi. 
Qishda  qor qoplam i  qancha  yupqa  bo ‘lsa,  tuproq  sirti  shuncha  kuchliroq 
muzlaydi.
82

Ikkinchidan,  qor qoplami  u n in g  ustidagi  havo qatlam ini  sovitadi,  nati- 
jada qor qoplami ustida haroratning  kuchli va chuqur radiasion  inversiyalari 
yuzaga keladi. Bahorda qor qoplami haroratning qor inversiyasi paydo boMishiga 
olib keladi.
Uchinchidan, suv zahiralarining shakllanishida qor q oplam ining aham i- 
yati  nihoyatda  katta.  Aynan  q o r  qoplam i  Yevroosiyoda  daryo  suvlarining 
50%  ni  ta ’minlaydi.  0 ‘rta  Osiyoda  b arch a  yirik  daryolar  suv  bilan  q o r va 
m uzliklar erishi  hisobiga ta ’m inlanad i.  Q o r qoplami shu regiondagi barcha 
m uzliklarning  nam  zahiralarini  shakllantiradi.
Q or  qoplam ining  bahordagi  erishi  tekisliklardagi  daryolarda  suv  tosh- 
qiniga  olib  keladi.  K o‘tarilgan  suv  sathining  balandligi  nafaqat  q or  zahi- 
ralariga,  balki  qorning  erish  tezligi  va  yer sirtining  xususiyatlariga  bog'liq. 
Agar  kuzda  q o r  muzlagan  yer  sirtiga  yoqqan  bo‘lsa,  u  holda  suv  toshqini 
nihoyatda kuchli boMadi. Ekstrem al  hollarda suv toshqini  fojiali xarakterga 
ega  bo'lishi  m umkin.
To'rtinchidan, qor qoplami, ayniqsa tog‘larda, shuningdek yozda Arktika 
va Antarktikada  tarqoq  radiasiya  m iqdorini  oshiradi.  N atijada,  buyum larn- 
ing  yoritilganligi  oshadi,  bu esa alpinistlarda  ko‘z  tinishiga  olib  keladi.
Qor  qoplamining  qalinligi  va  davomiyligi  (qor  qoplam i  m avjud  bo'lgan 
kunlar soni)  asosiy xarakteristikalar  deb  hisoblanadi.
M ànfiy haroratlarda qancha k o ‘p q o r yog‘sa va qishda  iliq  havo qancha 
kam   kuzatilsa,  qor qoplamining qalinligi  shuncha katta b o ‘ladi  (24-rasm ).
83

R ossiyada  k o ‘p  yillik  m a’lu m o tlarg a  ko ‘ra  eng  qalin  q o r  qoplam i  K am - 
c h a tk a d a   (100 sm gacha),  u n in g  janubi-sharqiy qirg'oqlarida yanada  q a­
lin  q o p lam   (pana joylarda  —  150  sm   gacha,  tog‘larda  —  300  sm  gacha) 
k u zatilad i.  H uddi  shunday  q o r  qoplam i  Saxalinda  ham   kuzatiladi.  Shi- 
m oliy  U rald a va  0 ‘rta  Sibir yassi  to g ‘ligining  G ‘arbiy to g ‘  etaklarida  qor 
q o p lam i  90  sm  gacha  yetadi.  Bu  hududdan janubga  va  g'arbga  q or  qo- 
p lam in in g   qalinligi  kam ayadi.  R ossiya  Yevropa  qism ining  k o ‘p  hudud- 
larid a u  50 sm dan ortiq b o 'lad i.  M oskvada  m artning b irinch i dekadasida 
q o r  q oplam i  60  sm  ga  yetadi.  Ja n u b   tomon  qor  qoplam ining  qalinligi 
kam ay adi.  Q ora,  Azov va  K aspiy dengizlarining  shim oliy  qirg'oqlarida u
10  sm   d an   kam   bo‘ladi.
Q o r ju d a  ko‘p yoqqan  yillarda  Rossiyaning g‘arbida  qo r  qoplam i  ko‘p 
yillik  o ‘rtacha  qalinligidan  4  m arta ,  shimoli-sharqda  esa  —  1,5—2  m arta 
katta  b o ‘ladi.
O 'zbekistonning  tekislik  qism ida  qor  qoplami  har  yili  kuzatilmaydi. 
A yrim   sovuq  qishlarda  q o r  qoplam i  shimoli-g'arbiy  va  m arkaziy  hudud- 
larda  5— 10  sm,  sharqiy  to g ‘  etalariga  yaqin  hududlarda  10—20  sm  va 
u n d a n   o rtiq  qiym atlargacha yetishi  mumkin.
Q or qoplamining taqsimoti joyning orografiyasi va topografiyasiga bog'liq. 
R elefning  past joylarida  qor qoplam i  qalinroq,  chunki u yerga  qor shamol 
bilan  ham   keltiriladi. T epaliklarda,  aksincha,  shamol q om i uchirib  ketadi. 
T og‘larda  shamolga  qaragan  yonbag‘irlarda  va  dovonlarda  qor  qoplami 
a n c h a   qalin bo ‘ladi.  Achishxo to g ‘i yaqinida  (Kavkazorti)  qish oxirida qor 
q oplam i  o 'rta ch a  4—5  m,  b a ’zi  yillarda —  7—8  m gacha yetadi.
O 'rta  Osiyo to g iarid a va dovonlarda qor qoplam ining qalinligi 4—5  m 
va u n d an  ortiq bo'lishi  m um kin.  Bu hududlar ko‘chki xavfi b o ‘lgan hududlar 
hisoblanadi.
Ja n u b i-g ‘arbiy chekkasidan  tashqari Yevropaning deyarli barcha tekis­
lik joylarida qoryog'ishi kuzatiladi.  Masalan, janubiy Italiyada yilda o'rtacha 
bir kun qor yog‘adi va qor qoplam i kuzatilmaydi.  Shimoliy Afrika qirg‘og‘ida, 
Suriya  va  Falastinda  qor  yilda  b ir  m arta  yoki  undan  ham   kam   yog‘adi. 
R ossiyaning  barcha  hududlarida  q o r  yog‘adi.  Rossiyaning  katta  qismida 
q o r yillik yog'inlar m iqdorining 25—30%  ni tashkil qiladi.  Q rim ning ja n u ­
biy sohilida,  Kavkazorti  pastliklarida va Turkm anistonning janubida ayrim 
yillarda  q o r  yog‘masligi  m um kin.  Bu  yerda  turg‘un  qor  qoplam i  kuzatil­
m aydi  yoki  ko‘p turmaydi.  A Q S hda  faqat  Florida va  Kaliforniyaning jan - 
ublarida qor yog‘maydi.  M eksika yassi tog'larida qor  19° sh.k. kacha yog‘adi, 
lekin  q o r qoplam ining janub iy chegarasi bu yerda ham  yuqoriroq  kenglik- 
larda  yotadi.
Y uqori qutbiy kengliklarda (A ntarktida,  Grenlandiya,  Arktika havzasi) 
q o r  qoplam i  yil  mobaynida  saqlanadi.  0 ‘rta va tropik  kengliklarda qor yil

m obaynida faqat baland tog‘larda  kuzatiladi.  0 ‘rta kengliklardagi tekislik- 
larda  qor  qoplam i  kuzda  shakllanadi  va  bahorda  eriydi.
M D H d a  birinchi  qor  qoplami  N ovosibirsk  orollarida  o 'rta c h a   avgust 
oxirlarida,  Rossiya Yevropada qism ining uzoq shim oli-sharqida —  oktyabr 
boshida,  M oskvada — noyabr boshida,  Q rim ning janubiy sohilida va  0 ‘rta 
Osiyoda — yanvam ing birinchi dekadasida hosil bo'ladi. T epaliklarda past- 
liklardagiga  qaraganda qor qoplam i  o ldinroq  yuzaga keladi.  T urli joy larda 
qor qoplam ining paydo bo'lishi sanasidagi tebranishlar 35  k u n d an   85  kun- 
chaga  yetishi  m um kin.  Turg‘u n   q o r  qoplam i  odatda  b irinch i  q o r  bilan 
yuzaga  kelmaydi.  Havoning  ilishida  q o r  qoplam i  erishi,  keyin  y an a  hosil 
bo'lishi  m um kin  va  h.k.  Bahorgacha  saqlanadigan  tu rg 'u n   q o r  qoplam i 
o ‘rtacha  bir  oydan  (M D H   ja n u b i-g 'a rb i)  yetti  oygacha  (shim oli-sharqi) 
kuzatilishi  m um kin.  Shimoliy Yer oroliarining janubiy orollarida  q o r q o p ­
lami  to ‘qqiz  oydan  ko‘proq  saqlanadi.  Q rim ning janubiy  sohilida  q o r  10 
kundan  kam ,  Kaspiyning jan ubi-sharqiy qirg‘og‘ida 4  kund an  kam   yotadi 
(25-rasm ).
0 ‘rta  Osiyoda  qor qoplam ining  davomiyligi  60—70  k u n d an   (shim oli- 
g‘arb)  20  kungacha  (janub)  o'zgaradi.
Janubiy hududlarda qor qoplam ining eng katta qalinligi fevralning bosh- 
larida  kuzatiladi.  Fevralning  oxirida  Q rim ning janubiy  sohilida  va  O 'rta  
Osiyoning janubida qor qolmaydi.  S him oliy Yer orolida qor iyulning bosh- 
larigacha yotadi.
Каталог: storage -> web -> source
source -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi t. S. Xudoyberdiyev, B. P. Shaymardanov
source -> O’zbekiston respubikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi barayev f. A
source -> O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy va o‘rtа mахsus tа’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
source -> S. gazinazarova. I. Aхmedov. B. Muхamedgaliyev. A. Хojiyev
source -> Referat mavzulari «Irrigatsiya va melioratsiya»
source -> O'zbekiston respubukasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
source -> Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
source -> В. tojiboyev, D. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va saqlash jarayonlarini
source -> Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling