Iqlimshunoslik


T og‘li xududlarda q or qoplam i vertikal taqsimotining m uhim  xarakteris-  tikasi  qor chizig'i


Download 7.8 Mb.
Pdf просмотр
bet9/17
Sana15.12.2019
Hajmi7.8 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17

85

T og‘li xududlarda q or qoplam i vertikal taqsimotining m uhim  xarakteris- 
tikasi  qor chizig'i hisoblanadi. Yil davomida tog‘larda qo r qoplam i saqlanib 
turadigan  balandlik  qor chizig'i  deb  ataladi  (ko'pyillik  o 'rta c h a   hisobda).
Q or chizig'i nafaqat  h aro rat  rejimiga, balki  qattiq  atm osfera yog'inlari 
m iqdoriga  ham   bog'liq.  Q utbiy  kengliklarda  qor  chizig'i  past joylashgan, 
chunki u yerda, xatto yozda ham ,  manfiy haroratlar kichik balandliklardan 
yoki  dengiz  sathidan  b oshlanad i.  M atochkin  S harida  (76°  sh.k.)  qor 
chizig'ining  balandligi  700  m ,  Shpisbergenda  —  300—500  m,  F rans-Iosif 
Y erinining  shimolida  —  50— 100  m  ga  teng  bo'ladi.  Janubiy  yarimsharda 
yoz  nisbatan salqin bo'lganligi u ch u n  qor chizig'i  pastroq joylashadi;  Jan ­
ubiy  Georgiya  orolida  (54° j.k .)  —  500  m  balandlikda,  Janubiy  Shetland 
orollari  (62° j.k.)  esa  doim o  q o r bilan  qoplangan.
T ropik  kengliklarga  yaqinlashgan  sari  qor  chizig'i  ko'tariladi;  tropik 
yaq inida  u  o'rtacha  5300  m,  ayrim   tog'  tizmalarida  6000  m  balandlikda 
joylashgan.  Ekvatorga  yanada  yaqinlashganda  yog'inlar  ko'payadi  va  qor 
ch izig 'i  o 'rtach a 4600  m  gacha  pasayadi.
Iq lim   k o n tin e n ta llig in in g   o rtis h i  bilan ,  y a ’n i  yozgi  h a ro ra tla r 
ko'tarilganda,  yog'inlar  esa  kamayganda,  qor  chizig'i  balandligi  oshadi. 
Alp tog'larida qor chizig'i 2500—3200 m, Kavkazda 2700—3900 m,  Pomirda 
4500—5500 m, Qoraqurumda 5500—5900 m balandlikda joylashgan.  Kavkaz­
da,  Q ora  dengizdan  uzoqlashgan  va  yog'inlar  kam aygan  sari,  g'arbdan 
sharq  tom onga  qor  chizig'i  balandligi  tez  ko'tariladi.  Kavkaz  tog'larining 
g 'a rb id a  u 2700—2900  m balandlikda joylashgan,  D og'istonda esa  3500— 
3650  m   gacha  ko'tariladi.
T og'lam ing janubiy yonbag'irlarida shimoliylariga nisbatan q or chizig'i 
odatd a  balandroq joylashgan  bo'ladi.
M uz  qoplaminig  albedosi  30—40  %  ga  teng,  y a’ni  ko'pchilik  tabiiy 
sirtlam ing va tuproqlarning albedosidan taxminan ikki baravar katta.  Muzda 
yutilgan  issiqlik uning  yerishiga  sarflanadi,  natijada  m uz sirtining  harorati 
nol  gradusdan  ortmaydi.  S huning  uchun  ham  m uz  qoplam i  yaqinidagi 
havo  haroratini  sezilarli  kam aytiradi.  Bundan  tashqari  m uz  sirtining  past 
harorati bug'lanishni kam aytiradi, tabiiyki,  suvbug'i m iqdorini  ham.  M uz- 
ning issiqlik o'tkazuvchanligi qom ikidan katta.  Suvdan kelib m uzdan o'tgan 
issiqlik  oqim i  hisobiga  qor qoplam i  ostida  bo'lgan  suv  havzalari  atrofidagi 
havoga  isituvchi  ta ’sir  ko'rsatadi.  Masalan,  muz  bilan  qoplangan  Baykal 
k o'li  qirqog'ida  qishda  havo  harorati  ko'ldan olis joylardagidan  taxm inan 
5°  balandroq  bo'ladi.
B a ’zid a,  q o r  sirtid a  hosil  b o 'lg a n   muz  q o plam i  u n in g   ostidagi 
o'sim liklarning  nobud  bo'lishiga  olib  keladi.
M a ’lum hududlarning iqlimiga abadiy muzliklaming ta ’siri alohida o'rin 
egallaydi.  Bu  yozda  ham   erim aydigan,  tuproq  qatlam inig  qalinligi  1—2
86

m etrdan yuzlab m etrgacha yetadi. Abadiy m uzliklam ing qalinligi qator om il- 
larga bog‘liq: tuproq xossalari, o ‘simlik qoplam i, to g ‘  yon bag'irlari ekspoz- 
isiyasi,  yer  harorati  rejimi,  qor  qoplami  qalinligi  va  boshqalar.  M asalan, 
Shimoliy  Ural  to g ‘  oldiga  yaqin  joylashgan  V ork u tad a  u  80—130  m etr, 
Vaygach ko‘li yaqinida 400 m etr,  Nerdvikda  600  m e tr atrofida, Yakutskda 
210—220 m etr,  Baykalortida 70—80 metr.
Muzlagan  tuproq  qatlami  suvni  yomon  o ‘tkazadi.  Shu  sababli,  yom g'ir 
suvlari  va  erigan  suvlar  tuproqning  ustki  qatlam ida  ushlanib  qoladi,  ular 
yozda eriydi, bu esa botqoqlanishga olib keladi.  B oshqa  tom ondan, yer ish- 
lari uchun bu abadiy muzlik  ijobiy omil bo‘lib  xizm at  qilishi mumkin.  M a ­
salan,  Sharqiy  Sibirda.  Bu  yerda  yog'inlar  kam.  M uzlagan  tuproq  suvni 
ushlab  qoladi  va  uning  erib borishi  bilan  tuproq  q o ‘shim cha  miqdorda  suv 
oladi.
Abadiy muzlik yer ishlarida, ayniqsa,  shaharsozlikda m uam m olarni yu- 
zaga  keltiradi.  Abadiy muzlik ustida  qurilgan  b in o la r zam in  erishi  natijas- 
ida  cho'kishi  va  qulashi  mumkin.  Shu  m unosabat  bilan  iqlim ning  k u ti- 
layotgan  isishi  abadiy  muzlik  bilan  qoplangan  h u d u d lam i  o'zlashtirishga 
sezilarli  ta ’sir ko'rsatishi  mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI
1
.  Suvning issiqlik sig'imi va sho‘rligi suv va havo orasidagi issiqlik alm ashin- 
ishiga  qanday  ta ’sir  ko'rsatadi?
2.
  Dengiz va  kontinental  iqlim lar  qaysi  sabablarga  k o ‘ra  shakllanadi?
3.
  Iqlim ning  shakllanishida  okean  oqim larining  roli  qanday?
4.
  Iqlim ning  shakllanishida  E l-nino  hodisasi  q an d a y   aham iyatga  ega?
5.  Iqlim ning  shakllanishida  orografik  ta ’sirning  koMamlari  qanday?
6.  Radiasiya  balansining  shakllanishida  orografiyaning  roli  qanday?
7.
  Orografiya  havoning  harorati  va  nam ligiga  q an d a y   ta ’sir  ko'rsatadi?
8.  Orografiya  bulutlilik  va  yog'in  rejimiga  q an d a y   ta ’sir  ko'rsatadi?
9.  Tog‘  hududlarida  qanday  mahalliy  sirkulyasiyalar  yuzaga  keladi?
10.  Yer sirti harorat rejimining shakllanishida u ning albedosi va issiqlik-fizikaviy 
xossalarining  roli  qanday?
11.  Tuproq  issiqlik  balansi  tashkil  etuvchilarining  sutkalik  o'zgarishi  qanday 
xususiyatlarga  ega?
12.  Q or qoplam ining  iqlim  shakllanishiga  ta ’siri  qanday?
13.  M uz  qoplam i  va  abadiy  muzliklar  iqlimga  q a n d a y   ta ’sir  ko ‘rsatadi?
87

VI  BOB. 
IQLIMLAR TASNIFLARI.
M EZ O - VA M IKROIQLIM
6.1.  Iqlimlami tasniflash va hududlashtirish tamoyillari
Yer shari yuzida iqlim lam ing xilma-xilligi kuzatiladi.  Bu iqlim larning u 
yoki bu alom atlaiga yoki ulam ing kelib chiqishi sharoitlariga qarab bo‘linishi 
iqlimlar tasnif deb ataladi.  Ixtiyoriy masshtabdagi joyni  (fizikaviy-geografik 
provinsiya,  m am lakat  yoki  lining  bir  qismi,  q it’a  yoki  uning  bir  qismi, 
okean  va  boshq.)  u  yoki  bu  darajadagi  biijinsli  iqlimiy  sharoitlari  yoki 
um um an iqlimiy alom atlariga qarab mintaqalar va hududlarga bo'lish iqlimiy 
hududlashtirish  deb  ataladi.  Shunday  qilib,  iqlimiy  hududlashtirish  iqlim  
turlarini  ajratishga,  y a’ni  ularni tasniflashga  im kon beradi.
Iqlim   tasniflari  u m u m an   o'sim liklar,  tup ro qlar,  daryo  tarm og ‘i,  relef 
yoki landshaftning  tarqalishiga, yoki global iqlim iy tizim ning lokal iqlim - 
laridan  kelib chiqqan  iqlim shakllanishi qonuniyatlariga asoslangan bo'ladi.
Iqlim larni  hududlashtirish  inson  faoliyatining  m a’lum  sohalariga  te- 
gishli (qishloq xo'jaligi,  aviasiya,  transport,  tibbiyot, qurilish va boshqalar- 
ga  xizm at  k o ‘rsatish)  am aliy  masalalami  yechishga  yo'nalgan.  Bunda  u 
alohida  ob ’ektlar  u ch u n   detallashgan  bo‘lishi  m um kin.  M asalan,  qishloq 
xo'jaligiga xizmat  ko'rsatish maqsadida hududlashtirish agrotexnik, geografik, 
gidrologik,  tuproq  va  boshqa  sharoitlarni  hisobga  oigan  holda  m uayyan 
qishloq  xo‘jalik  ekini  uchun bajarilishi  mumkin.
Iqlim larn in g   u  yoki  bu  tasniflari  yoki  hududlashtirish  am alga  o shi- 
rilganda  quyidagi  talablarn i  hisobga  olish  lozim .  U lardan  birinchisiga 
tasniflashni  (h u dudlashtirishni)  qo'llash  chegaralari,  m aqsadlari va vazi- 
falarini  fizik  n u q ta i  n azardan  aniq  belgilash  m asalalari  kiradi.  Ikkinchi 
talab,  zam o n av iy   ilm iy  saviyaga  va  kuzatish  m a ’lum otlarining  m avjud- 
ligiga m uvofiq,  ta s n if vazifalarini t o ‘g‘ri  tan lash  bilan  bog'liq.  X ususan, 
ko‘rilayotgan  h u d u d   iqlimiy sharoitlarini  o b ’ektiv xarakterlaydigan  yetar- 
licha sinalgan   m e z o n la r va yangi  ishlab  chiqilg an  m iqdoriy  m ezonlarni 
q o'llash   lozim .  Bu  parametrlarni  hisoblash  reprezentativ,  an iq   va  oson 
olinadigan  m eteo ro lo g ik   m a’lum otlarga  asoslangan  b o ‘lishi  kerak.  Bu 
ayniqsa,  b u g ‘lan u v ch an lik   va  yog'inlar  m iqdori  kabi  kattaliklarga  te- 
gishli.
Q o‘llanilayotgan  mezonlarga bog‘liq holda iqlim tasniflarini to ‘rtta gu- 
ruh  botanik,  gidrologik,  tuproq  va genetik  tasniflarga b o ‘lish  m um kin.

6.2.  Iqlimning botanik tasniflari
6.2.1.  Kyoppen tasnifi
Yer sharida  o ‘simliklarning  iqlim   bilan  bog‘liqlikdagi  dastlabki  rayon- 
lashtirilishi  1872  yilda  Grizebax  tom o n id an   o ‘tkazilgan.  O 'sim liklarning 
tabiiy  geografik  zonalligi  va  uning  iqlim   bilan  bog‘liqligi  1874  yilda  de 
Kondol tom onidan qayd etilgan.  U   beshta  zona ajratgan  b o ‘lib,  u lar haro- 
rat  rejimi  va  nam lanish  sharoitlaiga  bog'liq.  D e  K ondol  prinsipini  rivo- 
jlantirib,  K yoppen o ‘z  tasnifini yaratgan.
Kyoppenning iqlimlar tasnifi harorat  va yog‘inlar rejim larini  hisobga  ol- 
ishga  asoslangan.  Kyoppen beshta  kengliklar  bo'yicha jo ylashgan  iqlimiy 
zonalarni ajratadi:
A — qish bo‘lmaydigan tropik yom g'irlar zonasi, barcha oylarda o ‘rtacha 
havo  harorati  +18°C  dan  yuqori;
B  —  to ‘liqsiz  xalqa  ko‘rinishda  yer  sharini  qam rab  oigan  ikkita  quruq 
zonalar (h ar bir yarimsharda b itta d an ), eng iliq  oyning h aro rati  +10°C dan 
yuqori,  bu  zonada  ikkita  zona  osti ajratiladi:  BS  —  c h o ‘l,  BW   —  sahro;
C —  nom untazam  qor qoplam i kuzatiladigan ikkita  m o " ta d il iliq zo n ­
alar,  eng  sovuq  oyning  o ‘rtacha  harorati  +18°C  dan  past,  lekin  -3°C  dan 
yuqori;
D   — yaqqol ifodalangan qish va yoz kuzatiladigan  boreal iqlim  zonasi, 
eng  iliq  oyning ^ ‘rtacha  harorati  +10°C  dan  yuqori,  eng  sovuq  oyning 
harorati  -3 °C   (fan  past;
E  —  qorli  iqlimning  ikkita  qutbiy  hududlari,  ular o ‘z  nav batida  ikkita 
podzonalarga  bo'linadi;  ET  —  tu n d ra  iqlimi,  E F   —  abadiy  ayoz  iqlimi, 
eng  iliq  oyning o 'rtacha harorati  +10°C  dan  past,  E F  u c h u n   0°C  dan  past. 
C  va  D  zonalar uchun  qo‘shim cha  b o iin ish la r  kiritilgan;
a  —  eng  iliq  oyning  harorati  +22°C  dan  yuqori;
b  —  eng  iliq  oyning  harorati  +22°C  dan  past,  lekin  kam ida  to 'rt  oy 
uchun  o 'rta c h a   harorat  +10°C  dan  yuqori;
c  —  1  oydan  3  oygacha vaqt  m obaynida  o 'rta ch a  h a ro ra t  +10°C   dan 
yuqori;
d  —  eng  sovuq  oyning  o‘rta c h a   h arorati  -38°C   dan   past.
Q uruq  zonalar uchun  bu  harflar  q o ‘llanilm aydi,  u lar  o ‘rn ig a jaziram a 
(o 'rtach a  yillik  harorat  +18°C  d an   yuqori)  va  salqin  (o ‘rta c h a   yillik  h aro ­
rat  +18°C  dan  past)  sahrolar  h aq id a  m a’lum otlar  q o'llan ilad i.  ,,h “  harfi 
jaziram a  hududlarga,  ,,k“  —  sovuqroq  quruq  hududlaiga  mos.
N am lanishni xarakterlash u c h u n  mavsumiy nam lanishni  hisobga oigan 
taqdirda  yog'inlar  (rr  sm)  va  yillik  haro rat  (t °C)   orasidagi  m unosabatlar 
qo'llaniladi:
89

BS 
BW
qishki yog‘inlarda 
rr  < 2tr 
rr  <  tr
yozgi  yog'inlarda 
tr  + 14  < rr  < 2(tr  + 14) 
rr  < tr  +14
b ir tekis  nam lanishda 
tr  + 7   < rr  < 2{tr  + 7) 
rr  <  tr  + 7
Q urg‘oqchilikning  kelish  payti  (A,  S  va  D  zonalarda)  quyidagi  harflar 
bilan  ajratiladi: w — qishki qurg'oqchilik,  s — yozgi qurg‘oqchilik,  f  — bir 
tekis  nam lanish.
Asosiy  harflam i  hisobga  oigan  holda  o‘simliklar  bilan  bog'liq  holda 
K yoppen  yer sham ing  quyidagi  iqlim lar tizim ini yaratdi  (26-rasm ):
1.  Af —  tropik  o 'rm o n lar  iqlim i;
2.  Aw  —  savanna  iqlimi  (As  iqlim   atmosfera  sirkulyasiyasining  yillik 
o ‘zgarisliiga  mos  kelmaydi  va  deyarli  kuzatilmaydi):
3.  Bs  —  cho'llar  iqlimi;
4.  Bw  —  sahrolar  iqlimi;
5.  Sw  —  quruq  qish  bilan  m o ” tadil iliq  iqlim  (m usson  hududlarda);
6.  C s  —  quruq  yoz  bilan  m o °ta d il  iliq  iqlim  ( 0 ‘rtayer  dengizi  yoki 
eteziy  iqlimi):
7.  C f — bir tekis nam lanish bilan m o"tadil iliq iqlim (baland tog'lardagi 
tekisliklarda  (plato)  S  iqlim lar  A  iqlimlar bilan  almashadi):
8.  D w  —  quruq  qish  bilan  boreal  iqlim  (musson  hududlarda):
26-rasm. 
Y er shari  iqlim lari.  Kyoppen  bo'yicha. 
90

9.  D f —  bir tekis  nam lanish bilan boreal  iqlim .
D   iqlim lar uchun  „ a “  va  ,,b“  yaproqli  o 'rm o n la r iqlimlari,  ,,s“  va  ,,d “ 
tayga  iqlimlarini  berishi  ahamiyatli.  Tekisliklarda  D s  iqlim  uchram aydi, 
chunki  o ‘rm onlar  sovuq  qishdan  keyin  yozgi  quig'oqchilikka  chiday  o l- 
maydi, lekin bu iqlim turi  tog'larda kichik m aydonlarda uchraydi, o 'rm o n lar 
(m asalan,  H isor  tog'larida  yong‘oq)  yozda  balan d   togMardan  tushgan  suv 
hisobiga  sug‘oriladi;
10.  ET  —  tundra  iqlimi;
11.  E F   —  abadiy  ayoz  iqlimi.
Kyoppen m eteorologik ko‘rsatkichlardan kelib chiqib baland tog‘la r va 
tekisliklar iqlim lam i farqlamaydi.  Shuning u ch u n   ham  ichki tropik zon asi- 
da  A  iqlimlar  yuqoriga  ko'tarilgan  sari  C ,  E T   va  E F   iqlimlar  bilan  al- 
m ashadi,  Tibetda  b a’zida  EB  -  quruq  tundrasim on   iqlim   ajratiladi.
Ba’zi iqlim lar —  Bs,  Bw, C w,  D f,  Dw —  k o 'p in c h a  quruqlikda  kuzatila- 
di, ulardan b a ’zilari okeanda ham   kuzatiladi  (m asalan,  passatlar zonasida- 
gi  quruq  iqlimlar).  Quruqliklarda  eng  katta  m aydonlarni  D f,  Bc  va  Bw 
iqlim lar  egallaydi,  okeanlarda  esa  —  A,-,  C f,  E j   va  A^,.
U m um an  yer  shari  bo'yicha  iqlimlar  quyidagi  m aydonlarni  egallaydi 
(butun  yer  shari  m aydoniga  nisbatan):  Af  —  30% ,  A^  —  13,1%,  Bs  — 
6,7% ,  Bw -  3,9% ,  C w -  2,5%,  C s  -  2,6% ,  C f -  22,1% ,  D f -  5,8% ,  D w 
-   1,5%,  E T -   13,4%,  E F - 5,4%. 
'
Bu  tasnif ba ’zi kamchiliklardan  holi  emas:
  Bs va  Bw turlar uchun nam lanish  m ezonlari qoniqarsiz,  chunki  yil- 
lik  harorat  yog‘inlar m iqdori  bilan  yaxshi  m oslashm aydi;
—  V  zonani  batafsillash  uchun  asosiy  term ik  k o ‘rsatkichlar  q o ‘llanil- 
magan;
—  tekislik va  baland  tog'lar uchun  iqlim lar ajratilm agan;
—  rayonlashtirishning botanik  tam oyiliga  to ‘g ‘ri  kelmaydigan  m usson 
iqlimlari  ajratilgan.
Biroq, bunga  qaram asdan  iqlimlarning bu  tasnifi  eng yaxshi va bata;sil 
iqlim lar tasnifi  deb  hisoblanadi.  Iqlimiy zon alar  chegaralarining  m iqdoriy 
meteorologik  m ezonlar bilan  farqlanishiga  y o ‘l  q o ‘yilganligi  bu tasnifning 
ob ’ektivlik  darajasini  pasaytiradi.
6.2.2.  L.S.Berg bo‘yicha iqlimlarning 
landshaft-botanik tasnifi
T asnif geografik  tam oyilda  tuzilgan,  un d a  yer  sharining  landshaft  z o - 
nalari  hisobga olingan.  Ba’zi zonalar m iqdoriy chegaralarining  Kyoppen  va 
boshqa tasniflardan eng katta farqi uning landshaft  nuqtai nazaridan tu zili- 
shida.  Shu  bilan  birga  iqlimlarning  zam onaviy  chegaralari  landshaft  alo -
91

matlari bo‘yicha emas, balki meteorologik alomatlar bo'yicha belgilanadi.Yer 
sharining iqlimlari  pastliklarva baland tog‘lar iqlimlariga bo'linadi.  Ularga 
qisqacha  tavsif beram iz.
Pasttekisliklar  iqlimlari.
1.  Tundra  iqlim i.  Eng  issiq  oyning  o ‘rtacha  harorati  10— 12°C  dan 
past,  lekin  0°C  dan  yuqori.  Ikkita  podtip  mavjud:  a)  shimoliy  yarim shar 
tundrasi  (quruqlikda)  va  b) janubiy yarim shar tundrasi  (okeanik).
2.  Tayga  (Sibir)  iqlimi.  Iyul oyining o ‘rtacha  harorati  10—20°C,  yillik 
amplitudasi  10°C  dan  kam   emas,  yog‘inlar  m iqdori  300—600  mm.  Podti- 
plar: a) g'arbiy,  bulutli va qorli qish bilan:  b)  Sharqiy Sibir,  ochiq quruq va 
nihoyatda  sovuq  qish  bilan.
3.  M o"tadil zona o 'rm o n lar iqlimi  (dub iqlim i).  Iliq davrdagi 4 oyning 
harorati  10—22°C.  Yozgi  yog‘inlar  ustunlik  qiladi.  Bunga  o‘rm on-dasht 
ham   kiradi.
4.  M o” tadil  kengliklardagi  musson  iqlimi  —  oldingi  iqlimning  bir turi 
bo'lib,  ochiq  sovuq  quruq  qish,  nam   yoz  va  sham ollarning  mavsumiy  al- 
mashinuvlari  bilan  ajralib  turadi.
5.  Dasht  iqlimi.  Yoz  iliq  yoki  issiq,  yog‘inlar  m inim um i  yozda.  Iqlim 
turlari:  a)  dasht  iqlim i  —  salqin  qish,  yog'inlar  m iqdori  200—450  m m , 
quruq  sham ollar  (m o ” tadil  kengliklardagi  dashtlar);  b)  iliq  qishlar  bilan 
ajralib  turadigan  dasht  iqlimi  (subtropik va tropik  dashtlari).
6.  0 ‘rtayer  dengizi  iqlimi.  Subtropik  hududlar.  Yoz  issiq  va  quruq, 
qish iliq va  nam , yog‘inlar kuzda, qishda va bahorda yog'adi.  Iqlim turlari: 
a)  eteziya  iqlimi;  b)  subtropik  cho'llar  iqlimi;  v)  salqin  yozgi  0 ‘rtayer 
dengizi  iqlimi.
7.  Subtropik  o ‘rm onlar  zonasi  iqlimi.  Eng  sovuq  oyning  o ‘rtacha  h a­
rorati  +2°C  dan  yuqori.  Yoz  issiq  va  yog‘inlarga  boy,  qishda  yog‘inlar 
nisbatan  kam  yog‘adi.
8.  M aterik  ichidagi  sahrolar  iqlimi  (m ol’tadil  zona).  Barcha  mavsum- 
larda  yog‘inlar  kam   (300  mm  dan  kam),  ayniqsa  yozda.  Qish  salqin,  eng 
sovuq  oyning  o 'rta c h a   harorati  +2°C  dan  past,  qisqa  davrda  b o ‘Isa  ham , 
qor yog‘adi.  Iqlim ning alohida  bir turi  —  nisbatan  salqin yoz bilan  ajrala- 
digan  Patagoniya  sahro  iqlimi.  0 ‘rta  Osiyoning  katta  qismidagi  iqlim  ay- 
nan  shu  iqlim  turiga  kiradi.
9.  Subtropik  sahrolar  iqlimi  (passatlar hududi),  yog'inlar nihoyatda  oz, 
ayniqsa yozda. Yoz issiq, yog‘insiz, qish ham iliq, eng sovuq oyning o ‘rtacha 
harorati  +10°C  dan  past  emas.  Havo  haroratining sutkalik amplitudasi juda 
katta.  Iqlimning  alohida  bir  turlari  —  Peru,  Chili  shimolidagi  va  Janubiy 
Afrikaning  18° sh.k.  kacha cho'zilgan g‘arbiy qirg'oqlaridagi sahro iqlimlari.
10.  Savanna  yoki  tro p ik   o 'rm o n -d ash t  iqlim i.  Eng  sovuq  oyning 
o ‘rtacha harorati  18°C dan  yuqori, yog‘inlar ko‘p,  lekin  200—250 sm dan
92

ortm aydi,  qishga  va  bahorga  to ‘g‘ri  keladigan  y aq q o l  ifodalangan  q u ru q  
davr  mavjud.
11. 
N am   tropik  o 'rm o n lar  iqlimi.  Y og'inlar  k o ‘p,  yilga  150  sm  d an 
kam   emas,  quruq  davr qisqa yoki  um um an  kuzatilm aydi.  Eng  sovuq  o y n - 
ing  o 'rtacha  harorati +18°C  dan  past  emas,  h aro ratn in g  yillik  am plitudasi 
kichik  (1—6°C).
Baland plato  iqlimlari.  Platolarga  dengiz  sath id an   1000  m  dan  yuqori 
joylashgan  yassi  tepaliklar  kiradi.  Iqlimning asosiy  turlari:
1.  Qutbiy  muzli  plato  iqlimi  —  o ‘rtacha  oylik  haroratlar  bo ‘yicha  — 
abadiy ayoz;
2.  M o‘’tadil  m intaqadagi  baland dasht  va  y arim c h o ‘Har  iqlimi;
3.  M o” tadil  kengliklardagi  sahrolar  iqlimi;
4.  Tibet  iqlimi, yoz salqin,  haroratning katta yillik va sutkalik am plitu- 
dalari;
5.  Subtropik  dashtlar  iqlimi  (yoki  Yeron  iqlim i);
6.  Tropik  plato yoki  baland  savannalar  iqlim i.  H aroratning  yillik  a m ­
plitudasi  kichik,  yozning  ikkinchi  yarmida  y o g 'in la r  m aksim umi,  qish  va 
bahorning bir qism ida  —  quruq  davr.
U m um an,  Kyoppen tasnifiga qaraganda B ergning  iqlim lartasnifi  land- 
shaft  zonalari bilan  yaxshiroq bog'liq.  Berg  tasnifi  iqlim ,  relef,  tuproq  q o - 
plami va o'sim liklar orasida katta bog'liqlik va o 'z a ro  ta ’sir borligini yàqqol 
ko'rsatadi.  Berg  tasnifm ing  kam chiliklaridan  biri  —  u   okeanlarda  iqlim iy 
zonalar taqsim otini  ko'rsatm aydi.
6.3.  Iqlimning genetik tasniflari
Bu  tasniflar  iqlim ning  shakllanish  q o n uniyatlarini  q o ‘llashda  yaratil- 
gan.  Ulardan  asosiylarini  ko‘rib  chiqamiz.
6.3.1.  Sirkulyasion alomatlarga asoslangan  tasniflar
Ilk bor iqlim xususiyatlarini atmosfera bosim ining yillik taqsimoti bo'yicha 
tushuntirib berishga  P.I.B rounov (1904)  harakat qildi.  U  ustunlik qiladigan 
shamol yo'nalishlarini ajratadigan o'qlarni aniqladi va bu alomatga asoslanib 
shimoliy yarimshar uchun  to‘rtta asosiy va ikkita  ikkinchi darajali zonalarni 
ajratdi. A.A.  Kaminskiy (1932) asosida harorat ko'rsatkichlari va nisbiy namlik 
yotgan o ‘z tasnifini  yilning iliq yarmi  uchun  sham olni  ajratuvchi chiziqlar 
bilan  to'ldirdi.B.P.  Alisovning  iqlim lar genetik  tasnifi  asosida  m a’lum  ge- 
ografik  tipdagi  havo  massalarining  ustunlik  qilishida  ifodalangan  atm os- 
feraning um um iy sirkulyasiya sharoitlariga mos ravishda yer sirtining iqlim ­
iy zonalar va mintaqalarga bo‘linishi yotadi. Qishda va yozda iqlimiy frontlam-
93

ing joylanishiga  qarab  zonalar orasida  chegaralar o'tkaziladi.  Y ettita  bosh 
iqlimiy zonalar ajratiladi:  ekvatorial,  ikkita  tropik,  ikkita m o‘’tadil, arktik va 
antarktik  zonalar.  Bosh  iqlimiy  zonalar  oraliq  zonalar  bilan  to'ldiriladi: 
qishda  tropik,  yozda  ekvatorial  havo  ustunlik  qiladigan  ikkita  ekvatorial 
mussonlar zonalari;  qishda m o” tadil kengliklar, yozda tropik havo ustunlik 
qiladigan ikkita subtropik zonalar;  qishda arktik, yozda m o°tadil kengliklar 
havosi ustunlik  qiladigan  subarktik va  unga o'xshash  subantarktik zonalar. 
Bu zonalarning qisqacha tavsifi 6.1-jadvalda,  ularni yer shari bo‘yicha taqsi- 
moti 27-rasm da keltirilgan.
Ekvatorial  z o n a d a  yil  m obaynida  ustunlik  qiladigan  havo  massasi  — 
ekvatorial  havodir.  Bu  havo  passat  bilan  kelgan  tropik  havoning  transfor- 
masiyasi  natijasida  yuzaga  keladi.  Havoning  transformasiyasi  uning butun 
qalinligi bo'yicha kuchli  namlanishidadir. N am lanish okeanlarda va quruq- 
liklarda bir xil  kuzatiladi,  chunki  quruqliklarning  katta  maydonlarini  nam  
tropik  o 'rm o n lar  egallaydi.
Havoning  nisbiy namligi  katta,  o ‘rtacha oylik qiymatlari  70%  dan  past 
emas.  Ekvatorial  havo  zonasi  iqlimi  nam  tropik  o 'rm o nlar iqlimiga  (Berg 
bo'yicha)  to ‘g‘ri  keladi.
27-rasm .  B.P. A lisov  b o 'y ic h a   kengliklar  iqlimiy  m intaqalarining  karta-sxemasi.  1  — 
ekvatorial,  2  —  ek v ato rial  m usson,  3  —  tropik,  4  —  subtropik,  5  —  o 'rta   kengliklar,  6  — 
su b ark tik   (subantarktik),  7  —  arktik  (antarktik).
Каталог: storage -> web -> source
source -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi t. S. Xudoyberdiyev, B. P. Shaymardanov
source -> O’zbekiston respubikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi barayev f. A
source -> O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy va o‘rtа mахsus tа’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
source -> S. gazinazarova. I. Aхmedov. B. Muхamedgaliyev. A. Хojiyev
source -> Referat mavzulari «Irrigatsiya va melioratsiya»
source -> O'zbekiston respubukasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
source -> Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
source -> В. tojiboyev, D. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va saqlash jarayonlarini
source -> Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling