“Iqrornoma” romani haqida
Download 217.13 Kb. Pdf ko'rish
|
“Iqrornoma” romani haqida
03
Tahlil Rus adabiyotining milliy shon-sharafiga aylangan Lev Tolstoy yoshi ellikdan o‘tgach, shon-sharafini, boyligini rad etadi, chunki u ichki olamida vayronagarchilik his qiladi. U kimgadir o‘rgatish uchun hech narsasi yo‘q deb o‘ylay boshlaydi. “Hayotingizdan albatta ma’no topishingiz kerak, yo‘qsa biror kun miyangizni yo‘qotib qo‘yishingiz hech gap emas”, deb yozgan edi adib. Uning hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklariga qaramay, buni to‘ldirmaydi; hamma narsa bema’ni, majburlangan; aytaylik, u olib boradigan hayot kino tomosha qilish kabi soxta bo‘lib tuyula boshlaydi. 03 Tolstoy nimani xohlasa, uni tub mohiyatigacha o‘rganishni xohlaydi. Masalan, unga hayot kerak – u hayot mohiyatining suyaklarigacha borishni xohlaydi, faqatgina terisini paypaslab ko‘rish uni qoniqtirmaydi. Oxir-oqibat Lev bilimni tashlab, odamlardan o‘rganishimiz kerak, degan xulosaga keladi. Inson Xudoga ishonsa va undan ma’no topsa, ya’ni izlayotgan haqiqatini Xudodan topsa, o‘z ehtiroslari bo‘g‘ib qo‘ysa, siz iymon bilan oziqlangan dunyoni topasiz – yagona najot-umidingiz iymondan. U buni topdi, chunki unda ellik yil mavjud bo‘lgan ekzistensial og‘ishlardan so‘ng Tolstoy 82 yoshgacha yashadi va diniy masalalarda savollari ko‘payib bordi. 03 Hamma yozuvchilar biladigan dahshatli haqiqat bor, ammo deyarli hech kim asarlarini shon-shuhrat izlab yozilgan deb tan olmaydi. Tolstoy bu kitobida o‘z asarlarini shuhratparastlik va mag‘rurlik uchun yozishni boshlaganini tan olganiga guvoh bo‘lamiz. Endi yaxshilikka va mukammallikka intiladigan hayot bu cheklangan va keraksiz tasavvurga rioya qila olmaydi. Shuning uchun u yozuvchilar doirasiga kirib, shoirlar va san’atkorlarning e’tiqodi, ya’ni ijodning asl ahamiyati va qadriyatiga ishonishni boshlaganda, Tolstoy o‘zida nochorlik, siqilish va bezovtalikni his qiladi, chunki u bu sohada “Men nimani bilaman va boshqalarga nimani o‘rgatishim mumkin?” kabi fundamental savollar berishning hojati yo‘qligini anglaydi. Download 217.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling