“Iqrornoma” romani haqida


Download 217.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana13.05.2023
Hajmi217.13 Kb.
#1457410
1   2   3
Bog'liq
“Iqrornoma” romani haqida

03


Tahlil
Rus adabiyotining milliy shon-sharafiga aylangan Lev Tolstoy yoshi
ellikdan o‘tgach, shon-sharafini, boyligini rad etadi, chunki u ichki
olamida vayronagarchilik his qiladi. U kimgadir o‘rgatish uchun
hech narsasi yo‘q deb o‘ylay boshlaydi. “Hayotingizdan albatta
ma’no topishingiz kerak, yo‘qsa biror kun miyangizni yo‘qotib
qo‘yishingiz hech gap emas”, deb yozgan edi adib. Uning hayoti,
moddiy va ma’naviy boyliklariga qaramay, buni to‘ldirmaydi;
hamma narsa bema’ni, majburlangan; aytaylik, u olib boradigan
hayot kino tomosha qilish kabi soxta bo‘lib tuyula boshlaydi. 
03


Tolstoy nimani xohlasa, uni tub mohiyatigacha o‘rganishni xohlaydi.
Masalan, unga hayot kerak – u hayot mohiyatining suyaklarigacha
borishni xohlaydi, faqatgina terisini paypaslab ko‘rish uni qoniqtirmaydi.
Oxir-oqibat Lev bilimni tashlab, odamlardan o‘rganishimiz kerak, degan
xulosaga keladi. Inson Xudoga ishonsa va undan ma’no topsa, ya’ni
izlayotgan haqiqatini Xudodan topsa, o‘z ehtiroslari bo‘g‘ib qo‘ysa, siz
iymon bilan oziqlangan dunyoni topasiz – yagona najot-umidingiz
iymondan. U buni topdi, chunki unda ellik yil mavjud bo‘lgan ekzistensial
og‘ishlardan so‘ng Tolstoy 82 yoshgacha yashadi va diniy masalalarda
savollari ko‘payib bordi.
03


Hamma yozuvchilar biladigan dahshatli haqiqat bor, ammo deyarli hech kim
asarlarini shon-shuhrat izlab yozilgan deb tan olmaydi. Tolstoy bu kitobida o‘z
asarlarini shuhratparastlik va mag‘rurlik uchun yozishni boshlaganini tan olganiga
guvoh bo‘lamiz. Endi yaxshilikka va mukammallikka intiladigan hayot bu
cheklangan va keraksiz tasavvurga rioya qila olmaydi. Shuning uchun u
yozuvchilar doirasiga kirib, shoirlar va san’atkorlarning e’tiqodi, ya’ni ijodning asl
ahamiyati va qadriyatiga ishonishni boshlaganda, Tolstoy o‘zida nochorlik, siqilish
va bezovtalikni his qiladi, chunki u bu sohada “Men nimani bilaman va boshqalarga
nimani o‘rgatishim mumkin?” kabi fundamental savollar berishning hojati yo‘qligini
anglaydi.

Download 217.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling