Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


Inqrozni bartaraf etish yo’llari va choralari


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet108/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

Inqrozni bartaraf etish yo’llari va choralari:   2008- yilda boshlangan va tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy 

inqirozining ta‘siri va uning salbiy oqibatlari, yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‗llarini izlash - jahon iqtisodiyoti oldida turgan 

eng dolzarb muammolardan biri. Mazkur muammoning O‗zbekiston sharoitidagi yechimi haqida aniq qarashlar va amaliy xulosalar 

Prezidentimiz I.A. Karimovning ―Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‗zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yoMlari va 

choralari‖ deb nomlangan kitobida to‗liq yoritib berilgan. Respublikamiz iqtisodiyotidagi real ahvol va sharoitlami hisobga olib, 

2009 - 2012- yillar mobaynida amalga oshirish ko‗zda tutilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oldini olish, uning ta‘sirini 

kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish boshlab yuborildi. Mazkur dastur quyidagi 

yo‗nalishlar bo‗yicha chora-tadbirlami o‗z ichiga olgan: mamlakat moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimini barqaror hamda 

uzluksiz ishlashini ta‘minlash va uni mustahkamlash; iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalariga yordam ko'rsatish; 

aholini ijtimoiy qollab-quwatlash. ―Inqirozga qarshi choralar dasturi‖ quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan: 

korxonalami modemizatsiya qilish, zamonaviy texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash; eksportga mahsulot chiqaradigan 

korxonalami har tomonlama qo'llab-quwatlash; qat‘iy tejamkorlik tizimini joriy etish, mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga kor- 

xonalar raqobatbardoshligini oshirish; mahalliy ishlab chiqaruvchilami qo‗llab-quwatlash; energiya tejashning samarali tizimini 

joriy etish va energiya iste‘molini kamaytirish. ―Inqirozga qarshi choralar dasturi‖ning puxta ishlab chiqilganligi va uni izchil, 

og‗ishmay amalga oshirishga kirishilganligi 2009- yildayoq o‗zining ilk natijalarini berdi. Jumladan, moliya-bank tizimini 

mustahkamlash borasida quyidagi natijalarga erishildi: 2008-2009- yillarda tijorat banklarning umumiy kapitali 2 barobar ko'paydi; 

davlat tomonidan banklar nizom jamg‗armasiga 500 mlrd. so‗m qo'shimcha mablag1 ajratildi; banklar umumiy kapitali aholi va 

yuridik shaxslar hisob raqamidagi mablag‗laridan 2 barobar ortiq bo‗lib, ulaming to‗lovga qodirlik darajasi oshirildi; 

aholi omonatlari miqdori 2009- yilda 1,7 barobarga oshdi. 


Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling