Darsning borishi: yangi mavzuni bayoni.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Aytaylik, siz uch xil qandolat mahsulotlari ishlab chiqarib, o'z do'koni orqali sotadigan firmaning rahbarisiz. Qo'l ostingizda 30 ta xodim
ishlaydi. Firmangizning tuzilmalari joylashishi 8.1-chizmada keltirilgan. Undan foydalanib, korxonada ishlab chiqarish jarayoni qanday tashkil
qilinishi haqida so'zlab bering.
1. Firma nechta va qanday bo'limlardan iborat bo'ladi?
2. Har bir bo'limda nechta ishchi ishlaydi?
3. Bu bo'limlardagi ishchilarni kimlar boshqaradi?
4. Bo'lim boshliqlari kimga bo'ysunadi?
5. Kim kimga qanday ketma-ketlikda bo'ysunishini ko'rsatuvchi, 8.2-chizmaga o'xshash "boshqaruv pillapoyasi"ni chizing va sharhlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |