Narxlash bosqichi
Bu bosqichda tovarning sotuv narxi belgilanadi. Tovarning sotuv narxi shunday belgilanishi kerakki, tovar o'z vaqtida sotilsin, ya'ni
iste'molchilarning bu tovarni sotib olishga qurbi yetsin. Shu bilan birga, tovarni ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi firma ham ma'lum miqdorda foyda
olsin.
Reklama bosqichida firma va tovar haqidagi ma'lumotlarni axborot vositalari va turli tadbirlar orqali iste'molchilarga yetkazish amalga oshiriladi.
To'g'ri berilgan reklama tadbiri tovarning sotuv hajmini keskin oshirishi mumkin. Reklama tadbirlari turli xil yo'llar va vositalar yordamida amalga
oshiriladi. Reklama bevosita tovar, firma yoki biror tadbir haqida bo'lishi mumkin. Firma, tovar va tadbirlar haqidagi rang-barang ma'lumotlar
radio, televideniye, internet va boshqa aloqa tarmoqlari, gazeta va jurnallar, ko'chalarda o'rnatilgan ustun va bino devorlaridagi lavhalar, e'lonlar,
plakatlar orqali iste'molchilar e'tiboriga havola etiladi. Tovarning nisbatan arzon narxi, bejirim qadoqlanganligi va tovar yorlig'idagi yozuvlar ham
Reklama - iste'molchilarga tovar haqida ma'lumot berish orqali ularning tovarga bo'lgan talabini oshirishga qaratilgan tashviqot tadbiri.
Do'stlaringiz bilan baham: |