Valuta kursi nega o’zgaradi: Valuta kursining o‗zgarishiga, odatda, unga bo‗lgan talab va taklifning o‗zgarishi sabab bo‗ladi. Agar
Rossiyaning O‗zbekiston tovarlariga bo‗lgan talabi O‗zbekistonning Rossiya tovarlariga bo‗lgan talabidan kamaysa, Rossiya
rublining O‗zbekiston so‗miga nisbatan kursi ko‗tariladi. Ya‘ni, bir rubl oldin 40 so‗m turgan bo‗lsa, endi 42 so‗m bo‗ladi. Aksincha
boisa, rublning kursi tushadi. Ba‘zida, davlat tashqi savdoni tartibga solish, mamlakat ichki bozorini himoya qilish maqsadida, valuta
kurslarini rasmiy ravishda oshirishi yoki kamaytirishi ham mumkin. Bunga, muomaladagi milliy valutani ko‗proq chiqarish yoki
kamaytirish orqali ham erishish mumkin. Masalan, muomalaga ko‗p miqdorda milliy valuta chiqarilsa, uning chet el valutasiga
nisbatan hajmi ko‗payib, milliy valuta kursi tushadi. Chet el valutasining kursi esa ko'tariladi. Ba‘zida davlat milliy valuta kursini
ko‗tarish maqsadida, markaziy bank zaxirasidagi chet el valutasini ko‗p miqdorda ichki bozorga chiqaradi. Bu holda, bozorda bir
birlik milliy valutaga mos kelgan chet el valutasining miqdori oshadi, ya‘ni chet el valutasining kursi tushadi. Demak, xuddi tovarlar
kabi bozorda chet el valutasi ko'paysa, uning narxi - ya‘ni kursi tushar ekan. Davlat milliy valutasining kursi, mamlakat
iqtisodiyotining ko‗zgusi hisoblanadi. Uning bir tekis, asta-sekin o'zgarishi mamlakat iqtisodiyotining sog‗lom rivojlanayotganligidan
darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |