MARKETING TADQIQOTI
Firmaning butun ishlab chiqarish faoliyati marketing tadqiqotlariga tayangan holda tashkii qilinishi kerak. Marketing tadqiqotidan ko'zlangan
maqsad firma oldida turgan nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qanday narxda sotish, kim uchun ishlab chiqarish, qaysi bozorga
yetkazish va sotish lozim degan savollarga javob topishdir. Marketing tadqiqotlari asosan to'rt: mahsulotni (bozorni) o'rganish, narxlash, reklama
qilish, bozorda o'rnashish bosqichlariga bo'linadi.
Mahsulotni o'rganish bosqichi
Bu bosqichda iste'molchilarning qanday va qaysi tovarlarni sotib olishga xohishi borligi aniqlanadi, bozor o'rganiladi, anketa so'rovlari, og'zaki
savol-javoblar kabi tadqiqotlar o'tkaziladi, iste'molchilar ehtiyojini qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarish rejalashtiriladi va rivojlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |