Iqtisod fakulteti 1-eks-22 guruh talabasi


Download 17.63 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi17.63 Kb.
#1468212
Bog'liq
Iqtisod 2-topshiriq


Iqtisod fakulteti
1-EKS-22 guruh talabasi
YUSUPOV FARHOD AKBAROVICH
47 – variant

  1. Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning har biriga xos belgilarini ko`rsating.

  2. Monopoliyaga qarshi siyosat va monopoliyaga qarshi qonunchilikning mohiyati qanday?



  1. Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi raqobat oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.

Raqobat isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. Raqobatda ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. Raqobat asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. Raqobat mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining, maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli raqobatning asosiy sohasi bozor hisoblanadi.
Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar raqobat kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya raqobatga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. Raqobat kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom raqobatga boʻlinadi. Halol raqobat bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom raqobatda taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol raqobatni tan oladi. Raqobat iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. Raqobatdan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.
Raqobat olib borish usuliga koʻra, narx bilan raqobat va narxsiz raqobatga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz raqobatga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, raqobat eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi raqobatning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistax raqobat, monopoliya va oligopoliyatrraqobatning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shartsharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi, monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi.
Davlatning raqobatga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iktisodiy taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning manfaatlarini ximoya qilishga xizmat qiladi.


  1. Monopoliyaga qarshi siyosat — davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum cheklangan miqdoridan ortigʻiga ega boʻla olmasligi belgilab qoʻyiladi. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi.

Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib boʻlgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Bozorda monopoliyani oʻrnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiisteʼmol qilishni taqikdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman qonuni AQShda 1890-yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilikq. va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choratadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Rivojlangan barcha davlatlarda sogʻlom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli koʻrinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Masalan, AQShda monopoliyaga qarshi davlat siyosati — Federal savdo komissiyasi va Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada — Monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash vazirligi, Yaponiya va Janubiy Koreyada — Halol raqobat boʻyicha komissiya, Yevropa Ittifoqida esa — Raqobat boʻyicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonda monopoliyaga qarshi organ 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Monopoliyaga karshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996-yil 15-mayda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzurida Mo-nopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. 2000-yil 2 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi.
Oʻzbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy oʻrin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk oʻz egalari qoʻliga topshirilsa, ikkinchidan, koʻp ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi.
Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak boʻlgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodi-yotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli, narxlarni erkin qoʻyib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda Oʻzbekistonda "Monopolistik faoliyatini cheklash toʻgʻrisida"gi qonun (1992-yil 3 avgust) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga karatilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga koʻra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni mo-nopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga toʻsqinlik qilish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolist korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi (oziqovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan).
Respublikada monopoliyalar roʻyxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan: a) monopol mav-qedagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik chegarasini belgilab qoʻyish; b) oʻz monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan monopolik birlashmalarni bulib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilarning hu-qukdarini himoya qilish tugʻrisida" (1996-yil 26-aprel) qonuni asosida gʻirrom raqobatga, shu jumladan, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistax faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 27 dekabr) monopolistlar tomonidan hukmronlik mavqeini suiisteʼmol qilishning oldini olish va mo-nopoliyadan chiqarish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini koʻzlaydi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqdarida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda, "tabiiy monopoliyalar" deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida"gi qonunida (1997-yil 25 apr; yangi tahrirda 1999-yil 19 avgust) respublikada tabiiy mo-nopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslari belgilab berildi. Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda monopoliyalarga qarshi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilib, ularning Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan qonunchilik andozalariga mos kelishi taʼminlab borilmoqda.
Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling