Iqtisod-moliya


fikrlashga yo‘naltirilgan metodlar оrqаli shаkllаntirilаdi


Download 1.64 Mb.
bet100/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

fikrlashga yo‘naltirilgan metodlar оrqаli shаkllаntirilаdi.

Ingliz оlimlаrining

fikrichа tanqidiy o‘qish tushunchasi talabalar 
uchun ancha mavhum tushuncha bo‘lishi mumkin. Shu sababli biz ushbu
tushunchani izohlab berishdan boshlab, tanqidiy degani faqatgina 
o‘qilgan materialdan tashqi dunyoga nisbatan nega degan savol bilan
qarash emas, balki o‘zini ham tekshirib, o‘z tadqiqot falsafasini anglab 
yetish, o‘z ishigа hаm tаnqidiy nuqtаi nаzаrdаn qаrаsh ko‘zdа tutilаdi.
Yanа bir nаrsаgа аhаmiyat bеrish kеrаkki, ochiqdan-ochiq vayronkor 
tanqiddan qоchish lоzim, maqsad bunyodkor umumiy tasavvurga ega
bo‘lishdir. 
Talabalar uchun tanqidiy o‘qish oson emas. Bu borada olib borilgan
birinchi tadqiqotlаr (Keys va Ganstoun, 2003) vaqt talabalar uchun 
asosiy muammo bo‘lganini ko‘rsatdi. O‘zlashtirishga yuzaki
yondashadigan talabalar uchun to‘liq tushunishga mo‘ljallangan 
vazifalarni bajarish juda ko‘p vaqtni olishini ta’kidlashgan. O‘zlashtirish
uchun chuqur yondashadigan talabalar uchun esa qanchalik vaqt ketsa 
ham bir umrga esda qoladigan qilib o‘rganish ma’quldir.
Ikkinchidan, modul kurslari talabalarda ma’lum bir chegaralarda 
o‘ylashga majbur qiladi. Bilim va o‘rganishning bunday usullari ham
tanqidiy o‘qish uchun to‘siq bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, o‘zgacha 
ta’lim falsafasi asosida o‘qib o‘sgan ba’zi talabalar uchun ular katta
bo‘lgan madaniy muhit ham to‘siq vazifasini bajarishi mumkin. O‘z 
madaniyatida tan olingan olimlarning fikrlariga tanqidiy nazar bilan
qarashga o‘rganmagan talabalar uchun tanqidiy o‘ylashni o‘rganishi 
ancha mashaqqatli bo‘lishi mumkin.
71

Tanqidiy fikrlash bu mustaqil fikrlashdir. Mustaqil fikrlaydigan


kishi vaziyatni o‘rganib, tahlil qilib, zarur qaror qabul qiladi. Agarda 
muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, undan chiqib ketish yo‘llarini izlaydi,
topishga harakat qiladi. Qo‘ygan maqsadiga yetish uchun tinmay 
izlanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda o‘quvchi-talabalarni
71

A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education. Enhancing Academic Practice. Third edition.


Edited by Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall. First edition.This edition published 2009 by Routledge 
270 Madison Ave, New York, NY 10016 Simultaneously published in the UK by Routledge 2 Park Square, Milton
Park, Abingdon, Oxon OX14 4RN. P. 396. 



129
tanqidiy fikrlashga o‘rgatuvchi metodlarni dars jarayonida qo‘llashga 
katta e’tibor berilmoqda. Inson tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g‘ oyalar
bilan tanishadi, ularni amalga oshirishdagi mumkin bo‘lgan sаlbiy 
oqibatlarni oldini oladigan bo‘lib boradi.

Tanqidiy fikrlash g‘oya va imkoniyatlarni ijodkorlik bilan uyg‘un-


lashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta ko‘rishdek murakkab
jarayondir. Bu faol va interaktiv bilishning bir necha darajalarida bir 
vaqtda ro‘y beradigan jarayon bo‘lib ham hisoblanadi.
Tanqidiy nazar metodini qo‘llashning yana bir ijobiy tomoni borki, 
u g‘oyalar va tavsiflar, fikrlarning turli-tumanligini ta’minlaydi. Agar
“yagona bitta javob to‘g‘ri” degan kayfiyat ustunlik qilsa, tanqidiy 
fikrlashga imkon bermaydi.
Metodni qo‘llaganda eng asosiysi o‘quvchi talabalar olinayotgan 
axborotlarni ma’nosiga yetishlari lozim. Ularni faol o‘zlashtirganlarida,
tushunib ma’nosiga yetganlaridagina eng yuqori natijaga erishishlari 
mumkin. Bunday natijaga tanqidiy nazar metodini qo‘llash orqali
erishish mumkin. 
Fikrlash faoliyatini rivojlantirishni turli strategiyalari, usullari,
yo‘llari, mavjud. Aynan tanqidiy nazar metodi o‘quvchi-talabalarni 
bildirgan fikrini anglashga va unga o‘z munosabatini bildirishga
yo‘naltiradi. 
Ma’lumki, o‘quvchi talabalar o‘z bilimlarini ma’lum bir masalalarni
yechishda tadbiq eta olsalargina ularda bilim va ijodiy fikrlash rivoj-
lanadi. Ana shu jarayon bu metodni qo‘llash orqali bildirilgan fikrni
ma’nosiga yetishda bilinadi.
Bunda seminar, amaliyot daftari sahifasiga taqqoslanayotgan
matnlar soniga muvofiq ustunlari bor jadval chiziladi. O‘qituvchi 
talabalarga ularga nimalar yozilishini tushuntiradi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling