232
-
ta’lim oluvchilarning mazmunli va izchil bilim olishini ta’minlash;
-
muammo yechimlarini topish va uning boshqa yechimlari bo‘yicha
ham istiqbolli hal etish yo‘llarini
ishlab chiqish;
-
ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga bo‘linib, muammoli
vaziyatlardan chiqib ketishga o‘rgatish;
-
o‘quvchi, talabalarda shaxsiy mas’uliyat tuyg‘usini uyg‘otish va
mustahkamlash.
Muammoli o‘qitishning to‘rt bosqichdan
iborat mantiqiy sxemasi
quyidagicha:
Talaba javob berolmagan savollarning hammasi ham muammoli
vaziyatni vujudga keltira olmaydi. Masalan, “qanday
harajatlar tashqi
harajatlarga kiradi?” yoki “daromad nima?”, “foydani hisoblang” kabi
masalalar yechimini qo‘yish muammoli vaziyat yoki muammo bo‘la
olmaydi.
Tajribali pedagoglarning fikricha faqat o‘qitish jarayonida qarama-
qarshilik paydo bo‘lgan vaziyatnigina muammoli vaziyat deb ataladi.
Talaba o‘qish, bilish jarayonida qarama-qarshiliklarga duch kelsa, uning
bilimga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Boshqacha qilib aytganda, motivatsiya
paydo bo‘ladi. Masalan, nima sababdan davlat tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlagani holda soxta tadbirkorlikka
qarshi kurashadi, degan savol
muammoli hisoblanadi. Chunki bu savolda qarama-qarshilik bor. U
talabani taqqoslashga, tahlil etishga undaydi. Tadbirkorlikning turlarini,
uning
huquqiy asoslarini, davlatning yuritayotgan iqtisodiy siyosatini
o‘rganishga, tushunishga olib keladi. Metodologik
jihatdan qaraganda
tushunchalar orasidagi qarama-qarshiliklarning asl manbai birlamchi
hisoblanadi.
Muammoli ma’ruzada qo‘yilgan
maqsadni amalgam oshirishda
o‘quv jarayonida muammoni qo‘yish qoidalariga amal qilish maqsadga
muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: