Iqtisod-moliya
Seminar darsini texnologik yondashuv asosida tashkil etish
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
6.3. Seminar darsini texnologik yondashuv asosida tashkil etish
Seminar darsini mfvzuning xususiyatdan kelib chiqib, turli metodlarni qo‘llab tashkil etiladi. Darsni samarali o‘tishi uchun avval to‘xtab o‘tganimizdek, uning loyihasi, ya’ni texnologik xaritasini ishlab chiqishimiz zarur. Unda seminar darsida muhokama qilinishi zarur bo‘lgan barcha savollar qanday tartibda olib borilishi rejalashtiriladi. O‘qituvchi va talabalarning qanaday vazifalarni bajarishi ko‘rsatiladi. Darsning maqsadi, o‘quv faoliyatining natijasi belgilanadi. O‘qitishning metodlari va o‘rganish texnikasi, o‘qitish vositalari aniqlanadi. Mazkur darsni o‘tgungacha talabalar bilishi lozim bo‘lgan bilim va malakalar ko‘rsatiladi. Har bir savolning muhokamasi qanday tartibda o‘tilishi, qanday topshiriqlar berilishi ko‘rsatiladi. Texnologik yondashuv asosida seminar darsiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishni, darsni loyihalashtirish, ya’ni texnologik xaritasini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Seminar darsi mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, turli metodlarni qo‘llab tashkil etiladi. Darsni samarali o‘tishi uchun avval to‘xtab o‘tganimizdek, uning loyihasi, ya’ni texnologik xaritasini ishlab chiqishimiz zarur. Unda seminar darsida muhokama qilinishi zarur bo‘lgan barcha savollar qanday tartibda olib borilishi rejalashtiriladi. O‘qituvchi va talabalarning qanday vazifalarni bajarishi ko‘rsatiladi. Darsning maqsadi, o‘quv faoliyatining natijasi belgilanadi. O‘qitishning 252 metodlari va o‘rganish texnikasi, o‘qitish vositalari aniqlanadi. Mazkur darsni o‘tgungacha talabalar bilishi lozim bo‘lgan bilim va malakalar ko‘rsatiladi. Har bir savolning muhokamasi qanday tartibda o‘tilishi, qanday topshiriqlar berilishi ko‘rsatiladi. Seminar (amaliyot) darsi texnologik xaritasi qo‘llash ko‘zda tutilgan metod va tayyorlangan topshiqlarga ko‘ra farqlanadi. Ma’ruza darsining texnologik xaritasida uzviy savol muhokamasidagi da’vat, tushunish, tafakkur fazalarini ajratilmaydi. Bunga hojat yo‘q. Chunki, darsning bu shaklida o‘quvchi-talabalar unga qanday tayyorgarlik ko‘rganlari, egallagan bilimlarini namoyish etishadi va muvofiq ravishda baholanishadi. O‘qituvchi esa darsni tashkil etuvchi va unda qatnashganlarni reyting mezjonlariga ko‘ra baholashni amalga oshiruvchi, qaror qabul qiluvchi hakam sifatida qatnashadi. Ko‘rinib turibdi, bu yerda dars o‘tish uchun metod tanlash, topshiriqlar tayyorlash, ularni bajarilganini baholashning mezonlarini ishlab chiqish nihoyatda katta ahamiyatga ega. Tanlangan metod va topshiriqlarga ko‘ra texnologik xarita ham farqlanadi. Savollar muhokamasi individual, kichik guruhlarda ishlash, ilmiy doklad, referat muhokamasi va boshqalardagi farqlar aks etishini quyidagi texnologik xaritalar orqali ko‘rish mumkin: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling