Iqtisod-moliya


Iqtisodiyotni o‘rganishning amaliy metodlari


Download 1.64 Mb.
bet122/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

3.8. Iqtisodiyotni o‘rganishning amaliy metodlari
Iqtisodiy fanlarning boshqa fanlardan ajralib turadigan tomoni ham 

shundaki, u faktlar, ma’lumotlar, raqamlar bilan ish ko‘radi.


Iqtisodchidan ana shu faktlar, raqamlar, ma’lumotlar bilan ishlay bilish, 
qo‘ygan maqsadiga ko‘ra ular asosida hisob-kitob, matematik amallar,
kuzatishlarni amalga oshirish, ularning dinamikasi-o‘zgarishi asosida 
xulosalar chiqarish, qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab
qilinadi. 
Bu o‘z navbatida iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganish, imkon qadar
real voqelikka yaqin tajribalar o‘tkazish, nazariy qonun-qoidalarni sinab 
ko‘rishni zarur qilib qo‘yadi. Bu jihatdan iqtisodiy fanlarni o‘rganishda
masala va mashqlardan foydalanishga teng keladigani yo‘q. 
Shuning uchun ham iqtisodiy fanlarning xususiyatlaridan kelib
chiqib, ularni o‘rganishda markaziy o‘rinni masala, mashq yechish 
egallaydi. Sababi:

Birinchidan,
masala, mashq yechish fanni o‘rganishning bosh 
maqsadi - olingan bilimni amaliyotda qo‘llash imkonini ta’minlaydi.

Ikkinchidan
, masala, mashq yechish orqali talabalarning bilim 
olishdagi faolligi ortadi.

Uchinchidan,
masala fikrlashni o‘rgatadi. 
Shuning uchun ham masala so‘ziga faqat hisob-kitob asosida
topshiriqni bajarish, javobini aniqlash emas, balki fikr yuritish obyekti 
sifatida qaralishi bejiz emas. Aytaylik, yechimini kutayotgan masalalar,
hal qilinishi zarur masalalar va hokazo.

To‘rtinchidаn, o‘tilgаn mаvzuni tаkrоrlаsh, mаzmun-mоhiyatini 


аnglаb yеtishdа yuqоri sаmаrа bеrаdi.



156

Masalaning mazmuni 

Ayrim fanlar borki, ularni masala-mashq yechmay o‘rganib 


bo‘lmaydi. Shunday deganda, odatda biz tezda matematika, fizika,


kimyo kabi fanlarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Iqtisodiy fanlarni ham bu 
jihatdan ana shu fanlar qatoriga kiritish mumkin. Chunki iqtisodiy
jarayonlar, bosh maqsad – aholi farovonligi, qisqacha aytganda, barcha – 
iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisob-kitob qilishni taqozo qiladi. Bu esa
o‘quvchi, talabalarda aniq miqdorlar, raqamlar yordamida qonun va 
kategoriyalarni tushunishni osonlashtiradi. Eng muhimi kelgusi ish
faoliyati ham ular bilan bog‘liq.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling