Iqtisod-moliya


Muammoli o‘qitishning maqsadlari


Download 1.64 Mb.
bet178/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Muammoli o‘qitishning maqsadlari:




232


ta’lim oluvchilarning mazmunli va izchil bilim olishini ta’minlash; 



muammo yechimlarini topish va uning boshqa yechimlari bo‘yicha 
ham istiqbolli hal etish yo‘llarini ishlab chiqish;

-
ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga bo‘linib, muammoli 
vaziyatlardan chiqib ketishga o‘rgatish;

-
o‘quvchi, talabalarda shaxsiy mas’uliyat tuyg‘usini uyg‘otish va 
mustahkamlash.
Muammoli o‘qitishning to‘rt bosqichdan iborat mantiqiy sxemasi
quyidagicha: 

Talaba javob berolmagan savollarning hammasi ham muammoli


vaziyatni vujudga keltira olmaydi. Masalan, “qanday harajatlar tashqi 
harajatlarga kiradi?” yoki “daromad nima?”, “foydani hisoblang” kabi
masalalar yechimini qo‘yish muammoli vaziyat yoki muammo bo‘la 
olmaydi.
Tajribali pedagoglarning fikricha faqat o‘qitish jarayonida qarama-
qarshilik paydo bo‘lgan vaziyatnigina muammoli vaziyat deb ataladi.
Talaba o‘qish, bilish jarayonida qarama-qarshiliklarga duch kelsa, uning 
bilimga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Boshqacha qilib aytganda, motivatsiya
paydo bo‘ladi. Masalan, nima sababdan davlat tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlagani holda soxta tadbirkorlikka qarshi kurashadi, degan savol
muammoli hisoblanadi. Chunki bu savolda qarama-qarshilik bor. U 
talabani taqqoslashga, tahlil etishga undaydi. Tadbirkorlikning turlarini,
uning huquqiy asoslarini, davlatning yuritayotgan iqtisodiy siyosatini 
o‘rganishga, tushunishga olib keladi. Metodologik jihatdan qaraganda
tushunchalar orasidagi qarama-qarshiliklarning asl manbai birlamchi 
hisoblanadi.
Muammoli ma’ruzada qo‘yilgan maqsadni amalgam oshirishda 
o‘quv jarayonida muammoni qo‘yish qoidalariga amal qilish maqsadga
muvofiq. 



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling