Iqtisod-moliya


Seminar darsini texnologik yondashuv asosida tashkil etish


Download 1.64 Mb.
bet189/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

6.3. Seminar darsini texnologik yondashuv asosida tashkil etish 
Seminar darsini mfvzuning xususiyatdan kelib chiqib, turli 

metodlarni qo‘llab tashkil etiladi. Darsni samarali o‘tishi uchun avval


to‘xtab o‘tganimizdek, uning loyihasi, ya’ni texnologik xaritasini ishlab 
chiqishimiz zarur. Unda seminar darsida muhokama qilinishi zarur
bo‘lgan barcha savollar qanday tartibda olib borilishi rejalashtiriladi. 
O‘qituvchi va talabalarning qanaday vazifalarni bajarishi ko‘rsatiladi.
Darsning maqsadi, o‘quv faoliyatining natijasi belgilanadi. O‘qitishning 
metodlari va o‘rganish texnikasi, o‘qitish vositalari aniqlanadi. Mazkur
darsni o‘tgungacha talabalar bilishi lozim bo‘lgan bilim va malakalar 
ko‘rsatiladi. Har bir savolning muhokamasi qanday tartibda o‘tilishi,
qanday topshiriqlar berilishi ko‘rsatiladi. 
Texnologik yondashuv asosida seminar darsiga tayyorgarlik ko‘rish
va o‘tkazishni, darsni loyihalashtirish, ya’ni texnologik xaritasini ishlab 
chiqishni nazarda tutadi.
Seminar darsi mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, turli 
metodlarni qo‘llab tashkil etiladi. Darsni samarali o‘tishi uchun avval
to‘xtab o‘tganimizdek, uning loyihasi, ya’ni texnologik xaritasini ishlab 
chiqishimiz zarur. Unda seminar darsida muhokama qilinishi zarur
bo‘lgan barcha savollar qanday tartibda olib borilishi rejalashtiriladi. 
O‘qituvchi va talabalarning qanday vazifalarni bajarishi ko‘rsatiladi.
Darsning maqsadi, o‘quv faoliyatining natijasi belgilanadi. O‘qitishning 



252
metodlari va o‘rganish texnikasi, o‘qitish vositalari aniqlanadi. Mazkur 
darsni o‘tgungacha talabalar bilishi lozim bo‘lgan bilim va malakalar
ko‘rsatiladi. Har bir savolning muhokamasi qanday tartibda o‘tilishi, 
qanday topshiriqlar berilishi ko‘rsatiladi.
Seminar (amaliyot) darsi texnologik xaritasi qo‘llash ko‘zda tutilgan 
metod va tayyorlangan topshiqlarga ko‘ra farqlanadi. Ma’ruza darsining
texnologik xaritasida uzviy savol muhokamasidagi da’vat, tushunish, 
tafakkur fazalarini ajratilmaydi. Bunga hojat yo‘q. Chunki, darsning bu
shaklida o‘quvchi-talabalar unga qanday tayyorgarlik ko‘rganlari, 
egallagan bilimlarini namoyish etishadi va muvofiq ravishda
baholanishadi. O‘qituvchi esa darsni tashkil etuvchi va unda 
qatnashganlarni reyting mezjonlariga ko‘ra baholashni amalga
oshiruvchi, qaror qabul qiluvchi hakam sifatida qatnashadi.
Ko‘rinib turibdi, bu yerda dars o‘tish uchun metod tanlash,
topshiriqlar tayyorlash, ularni bajarilganini baholashning mezonlarini 
ishlab chiqish nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Tanlangan metod va topshiriqlarga ko‘ra texnologik xarita ham 
farqlanadi. Savollar muhokamasi individual, kichik guruhlarda ishlash,
ilmiy doklad, referat muhokamasi va boshqalardagi farqlar aks etishini 
quyidagi texnologik xaritalar orqali ko‘rish mumkin:

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling