Iqtisod Nazariyasi 2-semester 1-oraliq nazorati topshsiriqi mmt-76 guruh talabasi Qoraqulov Behruz
Download 71.45 Kb.
|
Iqtisod Nazariyasi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi xarajatlar
Iqtisod Nazariyasi 2-semester 1-oraliq nazorati topshsiriqi MMT-76 guruh talabasi Qoraqulov Behruz 11-variant 1-savol Ichki va tashqi xarajatlar.Doimiy va o’zgaruvch xarajatlar Hozirgi zamon sarf-xarajatlar g'oyasi bo'yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o'z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo'linadi. Tashqi xarajatlar korxona o'zi uchui zarur resurs va xizmatlarga to'lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom-ashyo va materiallar uchui to'lovlar, kredit uchun foiz to'lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to'lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to'lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi. Korxonaning o'ziga tegishli bo'lgan resurslardan foydalanish bilan bog'liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to'lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o'z resurslari qiymatini shunga o'xshash resurslarning bozor baholariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Mazkur korxona doirasida tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo'lgan to'lov-normal (me'yoridagi) foyda ham, renta va ish haqi bilan birga xarajatlariing tarkibiy qismi hisoblanadi. Sarf xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo'llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga bog'liqlik darajasiga qarab doimiy va o'zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi, Ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) bog'liq bo'lmagan tovarlarning hajmiga ta'sir etmaydigan xarajatlar doimiy harajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lmaydi, uning o'sishiga ham bevosita ta'sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo'ladi. Bunga korxonaning to'lov majburiyatlari (zayomlar bo'yicha foiz va boshqa), soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo'riqlash xizmatiga to'lov, uskunalarga xizmat ko'rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. Download 71.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling