Iqtisod va qurilish” fakulteti «iqtisodiy-ijtimoiy fanlar» kafedrasi
Download 29.78 Kb.
|
Iqtisod va qurilish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish xarajatlari
- Doimiy xarajatlar
- O`rtacha umumiy xarajatlar
- Qo`shimcha xarajat
- Qisqa muddatli oraliq
Ishlab chiqarish xarajatlari
Ishlab chiqarish hajmining o`zgarishiga bog`liqlik darajasiga qarab doimiy va o`zgaruvchi xarajatlar ham farq qiladi.
Doimiy xarajatlar- ishlab chiqarish hajmining o`zgarishiga bog`liq bo`lmagan, tovarlarning hajmiga ta'sir etmaydigan xarajatlardir. O`zgaruvchi xarajatlar - ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga ta'sir qiladi va ishlab chiqarish hajmi o`zgarishiga bog`liqlikda o`zgaradi. Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o`rtacha umumiy, o`rtacha doimiy va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O`rtacha umumiy xarajatlar yalpi xarajatlarning ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga nisbatiga teng. O`rtacha doimiy xarajatlar- doimiy xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi: O`rtacha o`zgaruvchi xarajatlar o`zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash zarur.Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo`lib, qo`shimcha xarajat tushunchasi xizmat qiladi. Qo`shimcha xarajat deb, keyingi qo`shilgan mahsulotning har bitta birligini ishlab chiqarish bilan bog`liq qo`shimcha xarajatlarga aytiladi. Qo`shimcha xarajatlarni har bir navbatdagi chiqarilgan qo`shimcha mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin. Firmaning ishlab chiqarishi va xarajatlari to`g`risida gapirganda ularni ikki xil vaqt oralig`ida qarash lozim, qisqa muddatli va uzoq muddatli. Qisqa muddatli oraliq - bu shunday vaqt oralig`iki, firma bu oraliqda faoliyat ko`rsatganda, u ishlab chiqarish omillaridan kamida bittasining hajmini o`zgartira olmaydi. Bunday omilga o`zgarmas ishlab chiqarish omillari deyiladi. O`zgarmas omil sifatida firma kapitali - ishlab chiqarish quvvati hisoblanadi. Masalan, firma kapitalidan foydalanish yo`nalishini o`zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod qurish uchun, birinchi navbatda uning loyihasi ishlab chiqiladi, uskuna va texnologik liniyalar sotib olinadi va o`rnatiladi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun ko`p vaqt talab qilinadi (kamida bir yil). Download 29.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling