Iqtisodiy axborotlarni jadval redaktorlari vositalaridan foydalangan holda qayta ishlash dasturlari
Download 222.2 Kb.
|
Iqtisodiy axborotlarni jadval redaktorlari vositalaridan foydala
Iqtisodiy axborotlarni jadval redaktorlari vositalaridan foydalangan holda qayta ishlash dasturlariExcel elektron jadvali haqida tushuncha Excel dasturida jadvallar bilan ishlash Excel menyusi bilan ishlash Excel dasturida faylni saqlash va ishga tushirishAgar foydalanuvchi dastlab Excel dasturida ma’lumotlarni qayta ishlashda Файл nomini kiritmagan bo’lsa, u holda kompyuter yangi faylni Kniga1 nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi. Foydalanuvchi dastlab jadvaldagi ma’lumotni qayta ishlashi, keyin esa uni ixtiyoriy nom bilan Файл ko’rinishda diskda saqlashi mumkin. Foydalanuvchi faylga yangi nom kiritmoqchi bo’lsa, menyudan Fayl®Soxranit kak... buyrug’i tanlanadi va ekranda muloqat oynasi paydo bo’ladi. Oynaning Imya fayla darchasiga Файл nomi kiritiladi hamda Soxranit tugmachasi bosiladi va natijada jadval yangi nom bilan diskda saqlanadi. Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan. 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o'z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yo'qki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko'rgazmaliroq ko'rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini o'zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko'rish mumkin. · Boshida Excel nomi bilan bog'liq muammo paydo bo'ldi, negaki boshqa kompaniya shu nomdagi dasturlar paketi bilan savdo qilardi va Microsoftni sudga beradi. Shu sababli bundan buyon Microsoft har qanday hujjatlarda dastur nomini Microsoft Excel deb yuritishga majbur bo'ladi. Keyinchalik Microsoft kompaniyasining shu nomdagi dasturlarni sotib olishi natijasida muammoga barham berildi. Kompaniya dasturning qisqartmasi sifatida XL harflaridan foydalanishga qaror qildi va bu hozirgacha davom etmoqda, Excel faylarini kengaytmasi esa — .xls. Birinchi jadval muharrirlari bilan taqqoslaganda Excel foydalanuvchiga keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Windows uchun versiyalar 1988-yil — Excel 2.0 1990-yil — Excel 3.0 1992-yil — Excel 4.0 1993-yil — Excel 5.0 (Office 4.2 va 4.3, faqat Windows NT uchun 32 bitli versiyasi ham bor) 1995-yil — Excel 7 Windows 95 uchun (Microsoft Office 95 paketiga qo'shilgan) 1997-yil — Excel 97 (Microsoft Office 97 paketiga qo'shilgan) 1999-yil — Excel 2000 (9) — Microsoft Office 2000 2001-yil — Excel 2002 (10) — Microsoft Office XP 2003-yil — Excel 2003 (11) — Microsoft Office 2003 2007-yil — Excel 2007 (12) — Microsoft Office 2007 2010-yil — Excel 2010 (14) — Microsoft Office 2010 2013-yil — Excel 2013 (15) — Microsoft Office 2013 2015-yil — Excel 2016 (16) — Microsoft Office 2016
Download 222.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling