Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilasizmi 2. Raqobatni qo‘llab-quvvatlash.
- 4. Qo‘shimcha tashqi ta’sirlarni tartibga solish.
Ijtimoiy ne’matlar
— bozor taqdim eta olmaydigan, davlat tomonidan ishlab chiqariladigan va mamlakat aholisi tomonidan birgalikda iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar. Birgalikda iste’mol qilinish xususiyati — tovar va xizmatlarning ko‘plab odamlar tomonidan bir vaqtning o‘zida iste’mol qilinishi. Iste’molni cheklab bo‘lmaslik xususiyati — haqi to‘lanmagan taqdirda odamlarni bu tovar va xizmatlarni iste’mol qilishdan cheklab qo‘ya olmaslik. http:eduportal.uz 58 Davlatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni haqida turli, bir-biriga zid fikrlar mavjud. Birinchi tomonning fikricha, davlatning roli keskin qisqartirilishi kerak, chunki davlatning iqtisodiyotga keragidan ortiq aralashuvi iqtisodiy erkinlikni cheklab qo‘yishi mumkin. Ikkinchi tomon, davlatning rolini oshirish tarafdori. Chunki shunday muammolar borki, bozor ularni davlatning ishtirokisiz hal qila olmaydi. Bilasizmi? 2. Raqobatni qo‘llab-quvvatlash. Davlat monopoliyaga qarshi kurashadi, raqobatni himoya qiladi va rag‘batlantirib turadi. 3. Ijtimoiy ne’matlar — tovar va xizmatlar bilan ta’minlash. Davlat bozor taqdim eta olmaydigan, lekin jamiyat uchun zarur bo‘lgan atrof-muhitni muhofaza qilish, mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi sohalarda tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradi va aholiga taqdim etadi. 4. Qo‘shimcha tashqi ta’sirlarni tartibga solish. Ma’lumki, har qanday tovar va xizmatlarning bevosita ishlab chiqaruvchisi va iste’molchisi bo‘ladi. Lekin shunday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonlari ham borki, ular nafaqat ishlab chiqaruvchi va iste’molchiga taalluqli bo‘ladi, balki bu jarayonga bevosita aloqasi bo‘lmagan uchinchi tomonga ham ta’sir qiladi. Masalan, zavod mo‘risidan chiqayotgan tutun bu zavoddagi ishlab chiqarish jarayoniga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, zavod atrofida yashayotgan aholi salomatligiga ta’sir qiladi. Bu holat iqtisodiyotda qo‘shimcha tashqi ta’sir deb yuritiladi. Bunday tashqi ta’sirlarni tartibga solish ham davlat zimmasiga yuklatiladi. Agar tashqi ta’sir salbiy bo‘lsa, uning oldini olish choralari ko‘riladi. Agar ijobiy bo‘lsa, bunday ishlab chiqarish qo‘llab-quvvatlanadi. Masalan, davlat atrof-muhitni ifloslantirib, tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalarga jarima va soliqlar belgilaydi, ta’limni rivojlantirib, butun iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi muassasalarga esa moliyaviy imtiyozlar beradi. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling