Alohida hisoblash - bu boshqaruv va moliyaviy hisobda schyotlarni alohida ochishni ko‘zlovchi hisob tizimi bo‘lib, bu holda xarajatlar schyotlariga moliyaviy muomalalar haqida yozuvlar qilinmaydi. SHartnoma bo‘yicha tannarx kalkulatsiyasi - ishlab chiqarilishi uzoq siklli bo‘lgan yirik buyumlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish tizimi hisoblanadi .Jarayonli, buyurtmali tannarx hisoblash usullari (davomi)
Hisobot sanasiga bo‘lgan foyda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Foyda
|
=
|
Ko‘zda tutilgan foydaning 2/3 qismi
|
x
|
Buyurtmachidan olingan summalar
Topshirilgan ishlarning qiymati
|
«Standart kost» va «Direkt kosting» usullari Me’yor-standartlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishning boshlanishigacha standart kalkulatsiyalarni tuzish va to‘plam sifatida tizimlashgan standartlardan chetga chiqishlarni ajratish bilan haqiqiy xarajatlarning hisobi "standart-kost" tizimi nomini oldi. "Standart"- mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan moddiy va mehnat xarajatlarining miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish birligini ishlab chiqarish uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini; "kost"- mahsulot birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining pul ko‘rinishini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |