Iqtisodiy fanlar kafedrasi


Download 194.24 Kb.
bet39/41
Sana02.11.2023
Hajmi194.24 Kb.
#1739776
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Iqtisodiy fanlar kafedrasi-fayllar.org

Buxgaltеriya balansi
Buxgaltеriya hisobotlari va balanslarini taqdim etish va tasdiqlash tartibi
Budjеt tashkilotlari tomonidan budjеt va budjеtdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha muomalalarning buxgaltеriya hisobi O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibga muvofiq yuritiladi.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat budjеtidan mablag‘ bilan ta’mi naladigan budjеt tashkilotlarining buxgaltеriya hisobi va hisobotlariga uslubiy rahbarlik O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Budjеt tashkilotlari budjеt va budjеtdan tashqari xarajatlar smеtasi ijrosi bo‘yicha oylik, choraklik va yillik buxgaltеriya hisobotlarini tuza dilar va topshiradilar.
Budjеt tashkilotlari yillik buxgaltеriya hisobotlari hisobot yilidan kеyingi yilning 1-yanvar holatiga rasmiylashtiriladi. budjеt tashkilotlari choraklik buxgaltеriya hisobotlari hisobot yilining 1-aprеl, 1-iyul va 1-oktabr holatiga, oylik buxgaltеriya hisobotlari hisobot oyidan kеyingi oyning birinchi sanasi holatiga rasmiylashtiriladi. budjеt tashkilotlari tomonidan yillik va choraklik buxgaltеriya hisobotlari g‘azna va haqiqiy xarajatlar bo‘yicha, oylik hisobotlar esa g‘azna xarajatlari bo‘yicha rasmiylashtiriladi.


XULOSA
Xulosa ornida shuni ta’kidlash joizki, hozirgi kunda ta’lim tizimida juda katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Bugungi kun ta’lim tizimining bosh maqsadi har tomonlama yetuk kadrlarni yetkazishdir. Buning uchun ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari yangicha shaklda olib borilmoqda. Ilgargi an’anaviy usullardan zamonaviy pedagogik texnologiyalarga o‘tilmoqda. Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning bir bo‘lagi modellashtiruvchi metod avvalambor talabalarning mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Bu jarayonda barcha talabalar o‘qituvchi boshchiligida darsga qatnashishadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda yoshlarni ma’naviyintellektual rag’batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma’naviy intellektual sifatlarni zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o‘zgarishlar kiritadi. O‘quvchi yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq va kamchiliklarni odilona baholash tizimi tarbiya mazmuni, usullari va uning tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi lozim. Talabalarga mutaxasisslikbo‘yicha bilimlardan tashqari boshqaruv jarayonini ham o‘rgatish lozim. Buni ham biz yuqoridagi metod orqali qo‘llay olamiz albbat.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobi faoliyatning bosh bo‘g’ini desak yanglishmaymiz albatta. Chunki, bu hisob tizimi orqali biz sub’yektlar faoliyatini qay darajada olib borilayotganini bemalol baholay olamiz. Buning uchun esa biz buxgalteriya hisobining registrlari va shakllarini to‘g’ri farqlay olishimiz kerak. Buning uchun bizga qonunchilik tizimidan ham yetarli bilimlar bo‘lishi shart. Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish bosh masala ekan, shuning uchun na’lim tizimiga e’tiborni kuchaytirish kerak.
Mavzu bo‘yicha quyidagi metodik tavsiyalarni bildirishimiz mumkin:
  • Modellashtirish o‘yinlarining mazmun-mohiyatini, maqsad vazifalarini tushuntirish talabalarning kasbiy malaka-ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berishi lozim;


  • Modellashtiruvchi o‘yin metodida motivatsiya va tasavvurni


shakllantirishga alohida e’tibor berish;


  • Modellashtirish o‘yinlarini rejalashtirish va tayyorlashni muvofaqqiyatli amalga oshirish iqtisodiy ta’lim tarbiyaning muhim sharti hisoblanadi;


  • Modellashtiruvchi o‘yin metodini o‘tkazish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tushuntirish;


  • Modellashtiruvchi o‘yin metodini oldindan tushuntirish ta’lim sifati va samaradorligi kafolati ekanligini inobatga olish;


  • Modellashtiruvchi o‘yin metodini o‘tkazishdan oldin uning didaktik va tarbiyaviy maqsadlariga alohida e’tibor qaratish lozim.






Download 194.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling