Iqtisodiy geografiyani bosh tushunchalari,mehnat taqsimoti,geografik o’rin,iqtisodiy rayon reja: 1


Iqtisodiy geografiya fani rivojlanishining asosiy tendentsiyalari(yo’nalishlari)


Download 77.5 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1514782
1   2   3   4
Bog'liq
IQTISODIY GEOGRAFIYANI BOSH TUSHUNCHALARI,MEHNAT TAQSIMOTI,GEOGRAFIK O’RIN,IQTISODIY RAYON

Iqtisodiy geografiya fani rivojlanishining asosiy tendentsiyalari(yo’nalishlari)

Xar qanday mamlakat iqtisodiyotining soloxiyati, avvolo, uning tarkibidagi sanoat ishlab chiqarishning rivojlanganligi bilan belgilanadi. Shu sababdan ham iqtisodiy geografik tadqiqotlarda sanoatni O’rganish alohida urin tutadi. O’z navbatida, sanoat shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, urbanizatsiya jarayoni, transport hamda, hududiy ishlab chiqarish majmualarning shakillanishida asosiy omil bO’lib xizmat kursatadi. Chunki sanoat iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun moddiy - texnika vositalarini tuxtovsiz takror ishlab chiqarish manbai sifatida har qanday hududiy iqtisodiy


imkoniyatni, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini, tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning xolatini belgilab beradi.
Jamiyat tarakkiyoti bilan istemol buyumlari va maxsulotlariga bO’lgan talab - extiyoj asta-sekin ortib boradi. Natijada, qishloq xO’jaligi-chorvachilik yoki dexkonchilik maxsulotlari etishmay qoladi. Bu avval xunarmandchilik va kosibchilikni, keyinchalik esa sanoat ishlab chiqarishi va undagi kooperatsiya shakillarining dastlabki kO’rinishi manafakturaga zamin yasaydi. Manafakturaning rivajlanishi xozirgi zamon industriyasiga kuchdiki, bu jamiyat tarakkiyotida yangi davrga muvafik keladi, Sanoatning bunday tarixiy, ananaviy rivojlanib borishi asosan tukimachilik tarmogi negizida amalga oshadi. Kolgan tarmoqlar, jumladan, mashinasozlik va metallurgiya sanoatining daslabki shakillanishi kO’proq anashu tukimachilik sanoatining talablari bilan boglik bo’lgan.
Shu urinda aytish lozimki, milliy iqtisodiyotning shakillanishi va uning bozor munosabatlariga utish davrida tukimachilik sanoatining ustivor darajada rivojlantirilishi muxum axamiyatga ega. Buning qator sabablari mavjud: mazkur sanoat ishlab chiqarish jarayoni uncha murakkab emas, uning shakillanishiga katta kapital malag sarflanmaydi (ishlab chiqarish fondlarining kiymati nisbatan past), bunday korxonalar tez kuriladi, ularning rivojlanishi uchun xom ashyo va ishchi kuchi barcha joylarda mavjud. Bulardan tashqari, tukimachilik sanoatining yana bir ajoyib xususiyati shuki: uning maxsuloti hamma uchun va hamma vaqt kerak, ularning narxi ancha arzon. Shu bois ham ushbu sanoat tarmogining aylanishi, daromat xosil qilish imkoniyati keng bO’ladi.
Iqtisodiy va sotsial geografiyada sanoatni O’rganish ikki, bir - birini tuldiruvchi yo’nalishlarda olib boriladi. Birinchisi bu tarmoqlar yO’nalishi bO’lib, unda kO’proq sof iqtisodiy masalalarga etibor karatiladi, hamda, tarmoqlarning tahlili ularning hududiy tashkil etishini yoritilishi bilan uygunlashtiriladi. Demak, bu erda tadqiqot «tarmoq - hududiy» tarkibda amalga oshiriladi.
Ikkinchi yO’nalish iqtisodiy geogrofiya va ayniksa uning rayon yO’nalishiga mos tushadigan hududlar doirasinda amalga oshirilishdir. Bu erda geotizm oldingi urinda turadi va tadqiqot «hudud - tarmoq» yO’nalishda olib boriladi.
Sanoat ishlab chiqarish geografiyasi tam manoda uning hududiy tarkibi va tuzilmasidir. Shuning uchun sanoat ishlab chiqarishning hududiy tashkil etishini, rayon va shaharlar bO’yicha taksimlanishini O’rganish izlanuvchi faoliyatining markaziy urinlaridan joy oladi. Agar abekt mamlakat bO’lsa, sanoatning hududiy tarkibi viloyatlar kesimida, agar u viloyat bO’lsa - tuman va shaharlar doirasida tadqiqot olib boriladi.
Sanoatning hududiy tizimi uning joylashtirilishini natijasidir. U tarmoqlar tarkibiga nisbatan biroz inert, barqaror va kam uzgaruvchan, ammo tarmoqlar tizimidagi yangiliklar ertami kech hududiy geografik siljishlariga olib keladi.
Hududiy tahlilda sanoatning urbanistik tarkibiga alohida etibor beriladi. Sababi sanoatning hududiy tarkibi bu, eng avvolo,uning turli yiriklikdagi shaharlarda mujassamlashuvidir. Shuning uchun shaharlarning sanoati ulardagi sanoat tarmoqlarining turlanishi (diversifikatsiyasi), ixtisoslashuvi, iqtisodiy samaradorligi va boshqa masalalari urganiladi.
Xar qanday tadqiqotda bO’lganidek, sanoat geografiyasini O’rganish ham uni rayonlashtirish, sanoatda shakllangan ishlab chiqarish majmualari - sanoat tugunlari va sanoat aglomeritsiyalarining tahlili bilan yakunlanadi.
Sanoatni rivojlantirishni va uni hududiy tashkil qilishda xilma-xil sharoitlar va omillar katnashadi. Ularni ikki guruxga ajratish mumkin: iqtisodiy geografik omillarga va tabiiy geografik omillarga ajratiladi.
Itisodiy-geografik omillarga mehnat resurslari bilan taminlanganlik xolati va ularning xususiyatlari, ishlab chiqarish ijtimoiy tashkil qilish shakillari, energetika, transport sharoitlari, infratuzilma xolati ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi, fan-texnika tarakkiyoti darajasi, geografik urin, kabi omillarini kursatish mumkin.
Tabiy-geografik omillarga esa tabiiy sharoit (relef, iklim xususiyatlari, tuprok omillari) va tabiiy resurslar (birinchi navbatda meniral xom ashyo va suv resurslari) bilan taminlanganlik darajasi kiradi.
Shunindek, sanoatni rivojlantirishda ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi katta axamiyat kasb etadi. Jamiyatning moddiy-texnika bazasi moddiy ishlab chiqarish sharoitlarining majmui bO’lib, texnik-ishlab chiqarish kurollaridan tashkil topadi. Mehnat resurslari sanoatini rivojlantirish va joylashtirishda muhim omil hisoblanadi. Mehnat resurslarining hududiy joylashuvi, aholi, kupayish kursatkichlari, migratsiya jarayonlari va urbanizatsiya sanoatni hududiy tashkil etishga bevosita tasir kursatadi.
Sanoat tarmoqlarining rivojlanish va joylanish xususiyatlari, uning ijtimoiy tashkil etish shakillari, mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatlashni turli sanoat tarmoqlaridagi O’ziga xos xususiyatlarini chukur aglab olmok zarur. Shu maqsadda mujassam-lashuvning karxona, shahar va hududiy darajasidagi kursatkichlar, uning bir shaklini kolganlari bilan munosibati va muvofiqlashuvi, ushbu obektiv jaroyonning ijobiy va salbiy tomonlarini bilishni talab etadi. Ixtisoslashuvining uch kO’rinishi, uning kooperatsiya va kombinatlash bilan alokodorligi, hamda sanoat ishlab chiqarishning texnik - iqtisodiy asoslarini ham O’rganish lozim. Bu xususida tor iktisoslashuv yakka xokimlikning kamchiliklari, turli hududiy kulamda kompleks (xar tomonlama) rivojlanish qonuniyatlari va afzalliklarini farq qilishi zarur.
Sanoatni hududiy tashkil etish va joylashtirishda transport ham muhim axamiyatga ega. Chunki sanoatni xom ashyo va boshqa vositalar bilan taminlashda, korxonalar urtasida ishlab chiqarish aloqalarini yO’lga kuyishda, mehnat resurslarining erkin xarakatida, ishlab chiqarilgan maxsulotlarni istemolchilarga etkazishda, transport tizimi sezilarli tasir kursatadi.
Xozirgi paytda sanoat ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishdagi ananaviy omillarning tasiri sezilarli tarzda susayadi va buning evaziga infrastruktura, ekologiya va ayniksa, istemol omillarining roli yanada oshdi. Binobarin, u yoki bu joyda malum sanoat korxonasini joylantirish faqatgina mavjud sharoitlarigina emas, balki ularning maxsulotiga, erkin bozordagi talabi bilan belgilanadi.



Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling