Iqtisodiy indekslar
Iste`mol baholari indeksi
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy indekslar
Iste`mol baholari indeksi
Indeksning asosiy vazifasi iste`mol tovarlari narxlarining o`zgarishlarini baholashdir. Shu bilan birga iste`mol baholari indeksi inflatsiya darajasini tavsiflovchi muhim ko`rsatkichlardan biri sifatida davlat moliya siyosatini amalga oshirishda, iqtisodiyotda narx - navolar shakllanish jarayonini tahlil qilish va istiqbolini bashorat qilishda, milliy valyuta real kursini tartibga solib turishda, aholi daromadlarini indekslashda, uy ho`jaliklari pirovard iste`moli hajmini o`zgarmas narxlarda baholashda qo`llanadi. IBI hisoblash uchun asos bo`lib iste`mol mahsulotlarining chakana baholari va pulli xizmatlar tarifining yakka indekslari xizmat qiladi. Ular iste`mol savatlarini shakllantiruvchi tovar(xizmat)lar -vakillari bo`yicha har haftada va har oyda baho va tariflar ustidan o`tkaziladigan kuzatish ma`lumotlari asosida hisoblanadi. IBI hisoblash o`tgan oyga (yoki davrga) o`tgan yilning dekabr oyiga (yoki chorak yilga), o`tgan yilning tegishli oyiga (yoki davriga) nisbatan amalga oshiriladi. Iste`mol baholari va tariflari ustidan kuzatish barcha viloyatlar markazlarida, Toshkent shahrida va tanlab olingan tuman markazlarida olib boriladi. Kuzatish uchun tanlab olinadigan savdo shaxobchalari barcha mulk turlari va tashkiliy-huquqiy shakllardagi savdo va maishiy xizmatlar korxonalari hamda aholiga tovarlarni sotish va xizmatlarni ko`rsatish joylarini o`z ichiga oladi. Ular orasida shaharning markaziy qismida ham, uning chetlarida ham joylashgan yirik, o`rtacha va mayda savdo va maishiy xizmat ko`rsatuvchi korxonalar bo`ladi. Baholar va ta`riflarni qayd qilish uchun tovar va xizmatlarning iste`mol savati shakllantiriladi. Uning tarkibiga ommaviy ehtiyoj uchun ishlatiladigan asosiy tovar va xizmatlar - vakillari va ayrim ommaviy foydalanilmaydigan tovar va xizmatlar reprrezentativlikni ta`minlaydigan darajada kiradi. Iste`mol savatlari har xaftalik kuzatish uchun 80 dan ortiq nomli eng ommaviy iste`mol tovarlari va xizmatlaridan jumladan oziq - ovqat va nooziq - ovqat mahsulotlari va pullik xizmat turlaridan, har oylik kuzatish uchun esa 300 dan ortiq nomli tovar va xizmat turlaridan tarkib topadi. Ular oziq - ovqat mahsulotlari (15 guruhdan iborat 100 ga yaqin mahsulot turlari), nooziq- ovqat tovarlari (21 guruhdan iborat 150ga yaqin mahsulot turlari), maishiy uy-joy kommunal ho`jalik, transport va aloqa va boshqa xizmatlarni (11 guruhdan iborat 55 xizmat turlari) o`z ichiga oladi. Haftalik kuzatish joriy haftaning seshanba, oylik kuzatish esa joriy oyning 15-20 kunlari davomida o`tkaziladi. IBI bir necha bosqichlarda hisoblanadi. Avvalambor har bir tovar va xizmat turi uchun o`rtacha baho aniqlanadi. Joriy davr o`rtacha bahosini bazis davr o`rtacha bahosiga bo`lib muayyan tovarning shahar (yoki tuman markazi)bo`yicha yakka baho indeksi aniqlanadi. So`ngra kuzatishda qatnashayotgan hududlar (shahar, tuman) bo`yicha ayrim tovarlar (xizmat) bahosining yakka indekslari asosida viloyat va respublika bo`yicha ayrim tovarlar, tovar va xizmatlar guruhlari uchun agregat baho indekslari aniqlanadi. Hududiy vazn sifatida joriy yil boshiga muayyan (ya`ni tekshirilayotgan) hudud (shahar, tuman) aholisining viloyat, respublika aholisi sonidagi salmog`i, (ulushi) olinadi. O`rtacha baholarni oyma - oy yoki boshlang`ich oy (o`tgan yil dekabr`)bilan taqqoslab yakka zanjirsimon va bazisli baho indekslar hisoblanadi: (63) bu yerda Inn-1 , Inn0 - ayrim tovar (xizmat)lar bahosining viloyatlar miqyosidagi zanjirsimon va bazisli indekslari; - i - mahsulot (xizmat) ning n - davrdagi viloyatlar bo`yicha o`rtacha bahosi; i - mahsulot (xizmat) ning o`tgan (n -1) va boshlang`ich (n0) davrdagi viloyat bo`yicha o`rtacha bahosi. Bu usul viloyat miqyosida bir jinsli tovarlar (xizmatlar) narxi indekslarini hisoblashda qo`llanadi. Turlicha sifatga ega bo`lgan tovarlar (xizmatlar) dan tuzilgan ayrim tovar guruhlari uchun esa viloyat miqyosida umumiy indekslar yakka indekslardan tortilgan arifmetik o`rtachani hisoblash yo`li bilan aniqlanadi. Bu holda agregatlashtirish vazni qilib hududda (shahar, tuman) muayyan guruh tarkibiga kiruvchi ayrim tovar (xizmat)lar bahosini viloyat aholisi sonida muayyan hudud salmog`iga ko`paytmasi olinadi: (64) bu yerda Pk,n, Pk,n-1 - k -hududda n - oy va n-1 oydagi ayrim mahsulot (xizmat)lar bahosi - boshlang`ich davrda k -hududda ayrim mahsulot (xizmat)lar bahosini, muayyan hududning viloyat aholisi sonidagi hissasiga ko`paytmasi - viloyat miqyosida ayrim tovar (xizmat) guruhlari bo`yicha zanjirsimon umumiy indekslar. Bazisli umumiy indekslar (o`tgan yil dekabr oyiga nisbatan) hudud (shahar, tuman) bo`yicha bazisli yakka indekslardan ( ) o`tgan yil dekabr oyidagi baholarni muayyan hudud (shahar, tuman)ning viloyat aholisi sonidagi salmog`iga ko`paytmasi bilan tortilgan o`rtacha arifmetik indeks hisoblashga asoslanadi. (65) bu yerda ik,nn0 ik,10* ik,22....... ik,nn-1 ya`ni zanjirsimon yakka indekslar ko`paytmasi. Shunday tartibda tovarlar yoki tovar (xizmatlar) guruhlari bo`yicha aniqlangan umumiy indekslar respublika darajasida umumiy agregat indeksga birlashtiriladi, bu holda vazn qilib ayrim mahsulot (xizmat) lar guruhining aholi umumiy iste`mol xarajatlaridagi salmog`i (ulushi) olinadi, bu ko`rsatkich esa uy ho`jaliklari budjeti ma`lumotlari asosida hisoblanadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling