Iqtisodiy indekslar
Ishlab chiqaruvchilar baholari indekslari
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy indekslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq ho`jalik mahsulotlari bahosi indeksi
Ishlab chiqaruvchilar baholari indekslari
Ishlab chiqaruvchilar baholari indekslari sanoat, qishloq ho`jalik, qurilish va boshqa mahsulotlar narxlari indekslaridan tarkib topadi. Ular kuzatish uchun tanlab olingan tayanch sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan tovar - vakillar narxlarini muntazam qayd qilib borish natijalariga asoslanadi. Indekslarni tuzishda vazn qilib o`tgan yilda ishlab chiqarishning sanoat tarmoqlari bo`yicha tuzilishi olinadi. Odatda qayd qilish uchun joriy oyda ishlab chiqarilgan va yuklab mamlakat bozoriga jo`natilgan mahsulotlarning haqiqiy baholari qo`shilgan qiymat, aktsizlar va boshqa soliqlarsiz olinadi. Ro`yxatga olinadigan narxlar tarkibiga mahsulotni tashish va ulgurji bahoni belgilashda hisobga olinmaydigan boshqa xarajatlar kiritilmaydi. O`zbekistonda bu indekslar 280 asosiy sanoat mahsuloti turlaridan tuzilgan tovar - vakillar to`plami bo`yicha hisoblanadi. Qishloq ho`jalik mahsulotlari bahosi indeksi Bu indekslar qishloq ho`jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlatga va boshqa iste`molchilarga sotilgan mahsulot vakillari to`plami bo`yicha o`rtacha bozor baholarining o`zgarishini ta`riflaydi. O`zbekistonda tovar - vakillari to`plami 37 qishloq xo`jaligi mahsulot turlarini o`z ichiga oladi. Davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan mahsulotlar bo`yicha baholar indeksi tayyorlov tashkilotlaridan olinadigan ma`lumotlarga asoslanadi. Barcha sotish yo`llari bo`yicha baholar indeksini aniqlash uchun o`rtacha bozor baholari hisoblanadi. Bunda transport, ortish - tushirish, tayyorlash xarajatlari inobatga olinmaydi. Umumiy baholar indekslari Paashe formulasi asosida hisoblanadi. Asosiy tushuncha va atamalarIndeks, hududiy indekslar, xalqaro indekslar, yakka indekslar, guruhiy indekslar, umumiy indekslar, zanjirsimon indekslar, o`zgaruvchan asosli indekslar, o`zgarmas asosli indekslar, o`rtacha indekslar, agregat indekslar, vazn, vaznsiz umumiy indekslar, joriy vaznli Paashe indekslari, bazis vaznli Laspeyres indekslari, Fisher indeksi, o`zgaruvchan tarkibli indekslar, o`zgarmas tarkibli indekslar, analitik indekslar tizimi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling