Iqtisodiy integratsiya


Download 491.43 Kb.
Sana19.02.2023
Hajmi491.43 Kb.
#1214398

Andijon moshinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti
K 17-22 guruh talabasi Tulanov Yosinbekning Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fanidan tayyorlagan
Amaliy mashg’ulot №4-ishi.
Iqtisodiy integratsiya – turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuza-tiladi. I.i. ishlab chiqarish-texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida birbiriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro toʻsiklarni olib tashlashda namoyon boʻladi. I.i. asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar oʻzaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa bogʻlaydi. Avvalo, korxonalar oʻrtasida I.i yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi, soʻngra I.i. tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik i.ch. majmualari paydo boʻladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa vertikal I.i. yuz beradi. Vertikal I.i.ga agrosanoat majmui misol boʻladi, u qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, kimyo sanoati va b.ni oʻz ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi bilan xoʻjalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli mamlakatlarda korxona va tarmoklar qatnasha boradi, binobarin, mamlakatlararo I.i. yuzaga keladi, buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro I.i. eng yuqori darajadagi va yetakchi integratsiya koʻrinishi hisoblanadi.
1-topshiriq. Integratsiya so’zining ma’nosini izohlang:
Integratsiya –(lotincha “integration” so’zidan olingan bo’lib - qayta tiklash, to'ldirish yoki butunlash) degan ma’noni berid, oldin mavjud bo’lgan har hil qismlarni va elementlarni o’zaro birlashtirish orqali tomonlarni rivojlantirish jarayonini bildiradi.
4-topshiriq.IBS –ABT(Axborotlashgan biling tizimi) va ACP-AHKT (Avtomatlashtirilgan hisob kitob tizimi) ishlash texnologiyasini keltiring.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi bu axborotlarni tezlik bilan qayta ishlashuchun mo’ljallangan iqtisodiy-matematik metodlar, modellar, dasturlar vatexnologik vositalar yig’indisidir.Byudjet jarayonini boshqarishningavtomatlashtirilgan axborot tizimilari real vaqt rejimida byudjet jarayoni (shujumladan, byudjet ijrosi) axborot oqimlarinining kompleks hisobini olib borish vaiqtisodiy tahlilini amalga oshirish imkonini berali, ma’lumotlarning haqqoniyligi va tezkorligini oshiradi va operativ tarzda tegishli oqilona boshqaruv qarorlarini qabulqilishga imkon yaratadi.
Download 491.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling