- Moda va mediana
- O’rtacha miqdor o’zgaruvchan miqdorlarning o’rtacha qiymatidir. U to’plam uchun xos bo’lgan umumiy tendentsiyani, qonuniyatni ifodalashi bilan bir qatorda belgining ayrim qiymatlarini niqoblaydi. Vaholanki, bozor iqtisodiyoti hayotiy masalalarni yechishda belgining aniq qiymatlariga tayanishni taqazo etadi. Masalan, kiyim-kechak va poyafzalga bo’lgan talab ularning o’rtacha o’lchami bilan emas, balki har bir o’lchamning aniq soniga nisbatan belgilanadi. SHuning uchun taklif istiqbolini belgilash ham ana shunday ma’lumotlarga asoslanadi. Avtomashina uchun benzinga, butlovchi qismlarga, balonlarga bo’lgan talab ham ularning o’rtacha belgi qiymatlariga binoan emas, balki ularning aniq turlariga qarab aniqlanadi. Taklif ham shunday ko’rsatkichlarga asoslanadi.
Milliy valyutani qadrsizlanishi inflyatsion jarayon kechishi - bozor iqtisodiyotining yo’ldoshi va xususiyatidir. Bu jarayonni o’rganish bozor baholari ustidan muntazam kuzatish olib borishni talab qiladi. Ammo baholar uchun kuchli konyukturaviy tebranish xos bo’lib, ular savdo shaxobchalari, ayrim sotuvchilar va oluvchilar va vaqt sayin keng ko’lamda o’zgarib turadi. Ayni bir xil va bir miqdordagi mahsulot uchun bozorda turli tuman baholar kuzatiladi. SHu sababli ularning hammasini qayd qilib bo’lmaydi, amalda har bir mahsulot uchun bozorda eng ko’p uchraydigan baho darajasi qayd qilinadi, xolos. - Milliy valyutani qadrsizlanishi inflyatsion jarayon kechishi - bozor iqtisodiyotining yo’ldoshi va xususiyatidir. Bu jarayonni o’rganish bozor baholari ustidan muntazam kuzatish olib borishni talab qiladi. Ammo baholar uchun kuchli konyukturaviy tebranish xos bo’lib, ular savdo shaxobchalari, ayrim sotuvchilar va oluvchilar va vaqt sayin keng ko’lamda o’zgarib turadi. Ayni bir xil va bir miqdordagi mahsulot uchun bozorda turli tuman baholar kuzatiladi. SHu sababli ularning hammasini qayd qilib bo’lmaydi, amalda har bir mahsulot uchun bozorda eng ko’p uchraydigan baho darajasi qayd qilinadi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |