Iqtisodiy nazariya fanining mohiyati va mazmuni. Vujudga kelishi va rivojlanishi


Download 0.9 Mb.
bet1/3
Sana05.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1168032
  1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari


Mavzu: Iqtisodiy nazariya fanining mohiyati, ta’rifi, vujudga kelishi va rivojlanish hamda asosiy yo’nalishlari va nomlari.
1. Iqtisodiy nazariya fanining mohiyati va mazmuni.


2 Vujudga kelishi va rivojlanishi.


3. Asosiy yo'nalishlari va nomlari.
Reja:
Kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hamda ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va turli darajadagi muassasalarning ma’lum darajada tartibga solingan tizimidir. Boshqacha aytganda iqtisodiyot - bu zaruriy hayotiy ne’matlar yaratish yo’li bilan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi xo’jalik tizimlari majmuasidir. Har qanday iqtisodiyot bir qator zaruriy bo’g’inlar va umumiy tarkibiy tuzilmalardan iborat bo’ladi. Bular ichidan ishlab chiqarishning texnologik usuli, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashish, jamiyatning iqtisodiy resurs salohiyati va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib ko’rsatish mumkin.
Iqtisodiy nazariya fanining mohiyati va mazmuni.
Iqtisodiy hayot sirlarini bilishga qiziqish juda qadim zamonlardayoq mavjud bo’lgan. Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo muttafakkirlari asarlarida ham uchraydi. Iqtisodiy fan shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib ko’payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi «merkantilizm», deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (puldan, oltindan iborat boylik) savdoda, asosan tashqi savdoda–muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi, savdoda band bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntiradi. Fiziokratlar merkantilistlardan farqli o’laroq, boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’payadi, degan g’oyani olg’a surdilar. Ularning vakili bo’lgan F.Kene tomonidan mashhur jadval ishlab chiqildi. Ularning vakili bo’lgan F.Kene tomonidan mashhur jadval ishlab chiqildi. Keyinchalik iqtisod fanining klassik maktabi namoyondalari bo’lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning onasi er, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki, A.Smitning «ko’rinmas qo’l» printsipi hozirgi kunda juda ko’p tilga olinmoqda.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling