Iqtisodiy noaniqlik Siyosiy noaniqlik Tabiiy noaniqlik Vaqtinchalik noaniqliklar Noaniqlik turlari Tashqi va ichki muhit noaniqligi Ziddiyatli vaziyatlar Bir-biriga mos tushmagan manfaatlar va vazifalar Ko‘p maqsadli vazifalar
Risklarni boshqarish jarayonining umumiy sxemasi
Download 22.16 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
10.1.1-rasm. Risklarni boshqarish jarayonining umumiy sxemasi
Har bir risk turi uni kamaytirishning bir necha an’anaviy yo‘llariga imkon bergani bois, kelgusida ehtimoliy zararni minimallashtirish maqsadida ularning eng yaxshisini tanlash uchun riskka ta’sirning qiyosiy samaradorligini baholash muammosi yuzaga keladi. Taqqoslash turli mezonlar, jumladan, iqtisodiy mezonlar asosida ham bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilish bosqichi talab etilgan moliyaviy va mehnat resurslari aniqlanganda, menejerlar orasida vazifalar qo‘yish va ularni taqsimlash yuz berganda, tegishli xizmatlar bozori tahlil Risk tahlili Pasaytirish Riskka ta’sir qilish Risklar samaradorligini taqqoslashda riskka ta’sir metodlarini tanlash Qaror qabul qilish Aniqlash Baholash Natijalar nazorati Saqlash O‘tkazish 190 qilinganda va mutaxassislari bilan konsultatsiyalar o‘tkazilganda, risklarning butun majmuini boshqarish uchun umumiy strategiyasini shakllantirish imkoniyatini nazarda tutadi. Riskka to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilish jarayoni shartli ravishda uchta asosiy usulda amalga oshiriladi: riskni kamaytirish, saqlash va taqsimlash. Tanlangan strategiyani amalga oshirish natijalarini nazorat qilish va tuzatish menejerlardan olinayotgan yangi axborotlarga asoslanadi. Nazorat xavfsizlik tizimlari faoliyati samaradorligini kuzatish, risk darajasini o‘zgartiruvchi yangi holatlarni aniqlash va ushbu ma’lumotlarni sug‘urta kompaniyalariga yetkazish va hokazolar bilan ifodalanishi mumkin. Risklarni boshqarish jarayonining ko‘rib chiqilgan sxemasi faqat umumiy sxema sanaladi. Yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar va ishlarning xarakteri hamda mazmuni, ularni bajarishda qo‘llaniladigan metodlar tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xosligi va ehtimoliy risklar tabiatiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi moliyaviy qarorlar, masalan, turli xil risklardan sug‘urta shartnomasini qancha summada tuzish masalasi to‘g‘ridan to‘g‘ri riskni boshqarish bilan bog‘liq. Biroq aktivlarning har xil turlari orasida pul resurslarini joylashtirishga nisbatan umumiy xarakterdagi ko‘plab qarorlar, xususan, jamg‘arish va investitsiyalash haqida qarorlar, moliyalashtirish bo‘yicha qarorlar asosan riskli sanaladi. Shuning uchun riskni boshqarish bo‘yicha qarorlar ma’lum darajada ularga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Isbot sifatida himoyalanganlik darajasini oshirish maqsadida qilingan uy xo‘jaligi jamg‘armalarini misol keltiramiz. Buning uchun kelgusida kutilmagan xarajatlar o‘rnini qoplashi mumkin bo‘lgan aktivlar sotib olinadi. Biz moliyaviy tizimning asosiy funksiyasi iste’molning optimal strukturasini shakllantirish va turli aktivlarga uy xo‘jaligi resurslarini joylashtirishga imkon yaratish bo‘lgani tufayli uy xo‘jaligi haqida so‘z yurityapmiz. 42. Real va nominal narxlar farqlangani kabi, real va nominal foiz stavkalari ham farqlanadi. Misol uchun obligatsiya bo‘yicha nominal foiz stavkasi qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va siz bergan pulingiz evaziga olinadigan summadir. Real daromadlilik stavkasi – bu kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishi hisobga olingan holda to‘g‘rilangan yoki 124 o‘zgartirilgan nominal foiz stavkasidir. Misol uchun, agar hisoblangan nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa-yu, inflatsiya darajasi ham 8%ga teng bo‘lsa, bu holda daromadlilikning real stavkasi nolga teng bo‘ladi. Inflatsiya riski asosan, mamlakatda inflatsiya sur’atlari bilan belgilanadi, bu esa fuqarolarning jamg‘armalariga, shuningdek, qat’iy belgilangan daromadli qimmatli qog‘ozlarning qiymatiga salbiy ta’sir qiladi. Misol uchun, 25 yoshligingizda siz 200 sh.b.dagi mablag‘ni ajratib, yiliga 8% stavka bo‘yicha investitsiya qildingiz. Ushbu sarmoyaning – 200 sh.b. dan 60 yoshga to‘lganimizda Rt = 200(1 + 0,08)35 = 2957 sh.b. ga ko‘payishi bizni quvontiradi. Biroq, siz bugungi kunda sotib oladigan narsalaringiz o‘sha vaqtga kelib ancha qimmatlashadi. Misol uchun, agar siz sotib olishni istagan barcha tovarlar va xizmatlar narxlari keyingi 35 yil ichida yiliga 8 foizga oshadigan bo‘lsa, sizning 2957 sh.b. mablag‘ingizga 200 sh.b.dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ularni sotib olishingiz mumkin bo‘ladi, ya’ni bugungi kunga kelib hech qanday yutuqqa ega bo‘lmaysiz. Shu sababli, uzoq muddatli investitsiyalar haqida juda to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun siz foiz stavkasini va inflatsiya darajasini hisobga olishingiz kerak bo‘ladi. Oddiy aksiyalar, dividendlar doimiy qiymatga ega emas, ular inflatsiyadan sug‘urtalanadi, chunki uning stavkalarining o‘sishi bilan dividendlar to‘lanadigan foyda ham ko‘payib boradi. Bundan tashqari, inflatsiyaga qarshi sug‘urta qilishning samarali vositasi aksiyalar shaklida dividendlarni to‘lash hisoblanadi. Bank hisobvaraqlaridagi obligatsiya va jamg‘armalar oddiy aksiyalarga nisbatan kamroq daromad beradi, lekin bu yerda dastlabki sarmoyani yo‘qotish ehtimoli ham ancha past bo‘ladi. Shu bilan birga, investitsiyalarning barcha turlari bo‘yicha inflatsiya ta’siridan kelib chiqqan holda, pulning xarid qobiliyatini kamaytirish riski juda yuqori bo‘ladi. Foiz stavkasi bilan inflatsiya darajasining o‘zaro nisbatini hisobga olish uchun inflatsiyani hisobga olmagan holdagi u yoki bu valutada aks etgan nominal foiz stavkasi in bilan nominalni inflatsiya darajasiga tuzatuvchi real foiz stavkasi ir bilan farqlash lozim. 125 Daromadlilikning real stavkasi, nominal foiz stavkasi va inflatsiya darajasining nisbati aks etgan umumiy formula quyidagi ko‘rinishga ega: 1 + 𝑖 = 1 +in 1 +id (6.2.6) yoki, mos ravishda, 𝑖 = Download 22.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling