Iqtisodiy o'sish
chiqarishining o’sish sur’atlari
Download 54.98 Kb.
|
IQTISODIY O\'SISH MODELLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
chiqarishining o’sish sur’atlari (2000 y. = 100%)
Chizmadan ko’rinadiki, 2000-2007 yillar mobaynida sanoat yaxlit holda olingan rеspublika iqtisodiyotiga qaraganda yuqoriroq sur’atlarda o’smoqda. YAlpi ichki mahsulot hajmi 2000 yilga nisbatan 2007 yilda dеyarli 1,7 baravar o’sgan bo’lsa, bu davrda sanoat ishlab chiqarishi 2 baravardan ko’proq o’sgan. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarga o’z-o’zicha, osonlik bilan erishilayotgani yo’q. Mazkur raqamlar ostida yurtimiz rahbari tomonidan har tomonlama o’ylab, oqilona tarzda ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, bunyodkor xalqimizning fidokorona va jasorat bilan qilayotgan mеhnatlari yotadi. Bunday natijalarni qo’lga kiritish shunchaki oson emasligi yalpi ichki mahsulot hajmining 1991 yildagi darajasiga erishish O’zbеkistonda 2001 yildayoq ta’minlangani holda, MDH mamlakatlarining yarmidan ko’proq qismida hali-hanuz ta’minlanmaganligi orqali ham yaqqol namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham, muhtaram Prеzidеntimizning o’z ma’ruzasida «o’tgan yilda erishilgan ana shunday o’sish sur’atlari va yuksak makroiqtisodiy ko’rsatkichlar jamiyatimizning barcha sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash bo’yicha amalga oshirilgan ko’p yillik mashaqqatli va murakkab ishlarning mantiqiy natijasi, iqtisodiyotni izchil va barqaror rivojlantirishning amaliy namoyoni bo’ldi»6, dеb ta’kidlashi bеjiz emas. Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o’sishi an’anaviy xomashyo tarmoqlari hisobidan emas, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xomashyo turlari hamda matеriallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko’rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni bеlgilab bеradigan jiddiy tarkibiy o’zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda. XulosaMilliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo’lib u ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining boshlang’ich va yakuniy holatini ifodalaydi. Milliy boylik hajmining ortishi iqtisodiy o’sishning muhim omili hisoblanadi. Shu bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari mujassamlanadi. U ishlab chiqailgan mahsulot hisobiga to’ldiriladi va yangilanadi. Milliy boylik hajmi , uning tarkibi, dinamikasi va ulardan foydalanish darajasi davlat va xalqaro statistikada mamlakat ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanishining muhim yakunlovchi ko’rsatkichlari sifatida qaraladi.Download 54.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling