- Real ishlab chikarish xajmlarining uzok muddatli o`sishi sur`atlarini, ko`lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi xodisa va jarayonlar iktisodiy o`sish omillari deyiladi.
- Iktisodiy o`sish omillari ikki guruxga ajratiladi.
- Birinchi gurux omillari ixtisodiy o`sishni fizik (ashyoviy) jixatdan ta`minlaydi. Bu guruxga ishlab chikarish omillari kiritiladi:
- · tabiiy resurslar soni va sifati;
- · mexnat resurslari soni va sifati;
- · asosiy kapital xajmi;
- · texnologiyalar va ishlab chikarishni tashkil etish;
- · jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..
- Ikkinchi guruxga omillari jamiyatdagi iktisodiy o`sish potentsialini yuzaga chikarish imkonini beruvchi omillar – talab va taksimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi:
- · bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
- · iktisodiyotdagi solik muxiti;
- · kredit-bank tizimi samaradorligi;
- · iste`mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi;
- · eksport xajmining o`sishi;
- · iktisodiyotda ishlab chikarish resurslarini kayta taksimlash imkoniyatlari;
- · daromadlarni taksimlashning shakllangan tizimi.
- Agar o`sish ko`shimcha resurslarni jalb etish xisobiga ta`minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o`rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iktisodiy deb ataladi.
- ekstensiv iktisodiy o`sish yangii korxonalar, yo`llar, elektrostantsiyalar kurish , yangi erlarni o`zlashtirish, mexnat va tabiiy resurslarni ko`shimcha jalb etish kabilar xisobiga ta`minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning ma`lum bir boskichida ekstensiv iktisodiy o`sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli kilib ko`yadi.
- YAIMning o`sishi iktisodiyotda band bo`lganlar sonidan yukori sur`atga ega bo`lsa intensiv ixtisodiy o`sish ro`y beradi.
- “Iktisodiy o`sishning intensiv tipi ishlab chikarish samaradorligining oshishiga boglik. U foydalanilayotgan resurs birligiga to`gri keladigan maxsulot ishlab chikarishni ko`paytirishni, ishlab chikarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni ko`zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo`ladi:
- fan va texnika yutuklaridan foydalanish va ishlab chikarishni yangilashda;
- xodimlar malakasini oshirishda;
- ishlab chikarilayotgan maxsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda”*
- Iktisodiy o`sishning bu ikki tipi sof xolda ro`y bermaydi. Iktisodiy o`sish uni ta`minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga karab ko`prok ekstensiv, yoki ko`prok intensiv bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |