Iqtisodiy o`sish


IQtisodiy o`sishga omillari va tiplari


Download 217.32 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi217.32 Kb.
#1603968
1   2   3   4   5
Bog'liq
IQTISODIY O`SISH

IQtisodiy o`sishga omillari va tiplari

  • Real ishlab chikarish xajmlarining uzok muddatli o`sishi sur`atlarini, ko`lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi xodisa va jarayonlar iktisodiy o`sish omillari deyiladi.
  • Iktisodiy o`sish omillari ikki guruxga ajratiladi.
  • Birinchi gurux omillari ixtisodiy o`sishni fizik (ashyoviy) jixatdan ta`minlaydi. Bu guruxga ishlab chikarish omillari kiritiladi:
  • · tabiiy resurslar soni va sifati;
  • · mexnat resurslari soni va sifati;
  • · asosiy kapital xajmi;
  • · texnologiyalar va ishlab chikarishni tashkil etish;
  • · jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..
  •  Ikkinchi guruxga omillari jamiyatdagi iktisodiy o`sish potentsialini yuzaga chikarish imkonini beruvchi omillar – talab va taksimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi:
  • · bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
  • · iktisodiyotdagi solik muxiti;
  • · kredit-bank tizimi samaradorligi;
  • · iste`mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi;
  • · eksport xajmining o`sishi;
  • · iktisodiyotda ishlab chikarish resurslarini kayta taksimlash imkoniyatlari;
  • · daromadlarni taksimlashning shakllangan tizimi.
  • Agar o`sish ko`shimcha resurslarni jalb etish xisobiga ta`minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o`rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iktisodiy deb ataladi.
  • ekstensiv iktisodiy o`sish yangii korxonalar, yo`llar, elektrostantsiyalar kurish , yangi erlarni o`zlashtirish, mexnat va tabiiy resurslarni ko`shimcha jalb etish kabilar xisobiga ta`minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning ma`lum bir boskichida ekstensiv iktisodiy o`sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli kilib ko`yadi.
  • YAIMning o`sishi iktisodiyotda band bo`lganlar sonidan yukori sur`atga ega bo`lsa intensiv ixtisodiy o`sish ro`y beradi.
  • “Iktisodiy o`sishning intensiv tipi ishlab chikarish samaradorligining oshishiga boglik. U foydalanilayotgan resurs birligiga to`gri keladigan maxsulot ishlab chikarishni ko`paytirishni, ishlab chikarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni ko`zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo`ladi:
  • fan va texnika yutuklaridan foydalanish va ishlab chikarishni yangilashda;
  • xodimlar malakasini oshirishda;
  • ishlab chikarilayotgan maxsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda”*
  • Iktisodiy o`sishning bu ikki tipi sof xolda ro`y bermaydi. Iktisodiy o`sish uni ta`minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga karab ko`prok ekstensiv, yoki ko`prok intensiv bo`lishi mumkin. 

Download 217.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling